Telegram Web Link
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan B.Naqshaband MFY da “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman shahar mahallalarida o’tkazilmoqda...

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

“Eco Expo Central Asia 2025”: eng yaxshi pavilyon va startaplar taqdirlandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida hududlar, davlat tashkilotlari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar o‘z pavilyonlari bilan ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada jami 65 ta pavilyon tashkil etildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/63594

Eco Expo Central Asia 2025: награждены лучшие павильоны и стартапы

На Международной выставке экологических технологий Eco Expo Central Asia 2025 свои павильоны представили регионы, государственные учреждения, министерства, системы организаций и международные структуры. В общей сложности было организовано 65 павильонов.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/63594

Eco Expo Central Asia 2025: outstanding pavilions and startups honored

At the International Environmental Technology Exhibition Eco Expo Central Asia 2025, various pavilions were presented by regions, government agencies, ministries, affiliated organizations and international institutions. A total of 65 pavilions were organized.
https://gov.uz/en/eco/news/view/63594

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga milliard so‘mlik zarar hisoblandi

Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturida nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Peshko’ tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘ini ovlaganlik holati aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 mlrd 532 mln 500 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz……

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
27-iyun - "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari "kuni bilan barcha jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan qutlaymiz!

Sizlar jamiyatdagi muammolarni yuzaga chiqarib, yechim topishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qaror toptirish, jamiyat va davlat o'rtasida ko'prik vazifasini o'tab, davlatimiz rivojlanishida qo'shayotgan hissangiz beqiyos.

Har bir masalada jurnalistik surishtiruv o'tkazish, muammoga xolisona yondoshib, qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi yuksak faoliyatingiz tahsinga sazovor.

Doimo faoliyatingiz davomida qalamingiz o'tkir, so'zingiz kesgir bo'lsin.

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan, Jamol Nosirov boshchiligidagi Ekologiya boshqarmasi jamoasi
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlanganiga 33 yil to‘ldi — bu davlat mustaqilligining eng muhim ramzlaridan biridir.

Gerb 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida rasman qabul qilingan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining tabiiy boyliklari, tarixiy merosi va milliy qadriyatlari aks etgan.

Gerb kompozitsiyasida yurtimizning go‘zalligi va mo‘l-ko‘lligi tasvirlangan: bug‘doy va paxta tolalaridan iborat guldasta, tog‘lar va daryolar, quyoshning charaqlagan nuri hamda afsonaviy Humo qushining timsoli — erkinlik, tinchlik va baxt ramzi sifatida. Ushbu elementlar tabiat, xalq va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlaydi.

Barchangizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz va har bir vatandoshimizga milliy ramzlarimizdan faxrlanish, tabiatni asrash hamda mamlakatimizning ekologik jihatdan toza va barqaror kelajagini qurishga o‘z hissasini qo‘shishni tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Jamol Nosirov hamda boshqa mas’ullar Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lishdi. Ular bu yerda olib borilayotgan obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari bilan yaqindan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi hamda tegishli tavsiyalar berdi.

Ma’lumot uchun: Buxoro tumanidagi “Bogʻidasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi bog‘da 6 mingga yaqin turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu maskan nafaqat ekologik muvozanatni ta’minlash, balki aholining mazmunli dam olishi uchun ham xizmat qiladi.

Hozirda bog‘ hududida zamonaviy favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, piyodalar yo‘laklari hamda boshqa infratuzilma obyektlari qurilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, ushbu bog‘ aholining madaniy hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ekologik tarbiyani mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy istirohat bog‘iga aylantiriladi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
📢 DIQQAT, E'LON!!

Ertaga, 8- iyul (seshanba) kuni soat 11:00 da Buxoro shahridagi Kasbiy ko'nikmalar (“Ishga marhamat” monomarkazi) markazining majlislar zalida Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi hamda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: “Mahallalarni chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!”

Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari, jurnalist, bloger, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning axborot xizmatlari rahbarlari taklif etiladi va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

📍 Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

📲Bog'lanish uchun telefon raqami: +99897 487 55 75

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/07 06:12:52
Back to Top
HTML Embed Code: