Telegram Web Link
Bugun Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Qorako‘l tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

U Yangi O‘zbekiston massivida bo‘lib, u yerda yaqinda qurilgan chiqindi yig‘ish shoxobchasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu hududda “Mening bog‘im” loyihasi asosida barpo etilgan bog‘ni ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Jamol Nosirov hamda tegishli mas’ullar Qorako‘l tumani Do‘rmon mahallasida joylashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘ldilar. U yerda viloyat iqlim sharoitiga mos bo‘lgan chidamli o‘simlik turlarini tanlab ko‘paytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🔥3👍2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekosana #экодата

🐆3-mart — Butunjahon yovvoyi tabiat kuni

2013-yil 20-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida yovvoyi fauna va flora haqida xabardorlikni oshirish maqsadida 3-martni Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/38581

🐆3 марта – Всемирный день дикой природы

В целях повышения уровня осведомленности широкой общественности в вопросах дикой фауны и флоры, 20 декабря 2013 года Генеральная Ассамблея ООН своей резолюцией постановила провозгласить 3 марта Всемирным днём дикой природы.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/38581

🐆March 3 – World Wildlife Day

To raise public awareness about wildlife and flora, on December 20, 2013, the United Nations General Assembly adopted a resolution proclaiming March 3 as World Wildlife Day.
https://gov.uz/en/eco/news/view/38581

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐Zulfiyaxonimning ijodiy merosi e’tirof etildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi..
https://gov.uz/oz/eco/news/view/38618

💐Отмечено творческое наследие Зульфияханум

Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата провело духовно-просветительское мероприятие на тему «Зульфияханум – символ верности и преданности», посвященное 110-летию со дня рождения народной поэтессы Узбекистана.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/38618

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Diqqat e'lon!

Xabar berilganidek, ayni kunlarda "A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" yoʻlida rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon davomida loyiha doirasiga tushgan barcha daraxtlar ekologik talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yangi joylarga ko‘chirib oʻtqazilishi munosabati bilan Buxoro shahar hokimligi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Avtomobil yo'llar bosh boshqarmasi mas'ullari ishtirokida bugun, 4-mart kuni, soat 14:00da Buxoro shahar hokimligi binosida jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tadi.

Jamoatchilik eshituviga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar taklif qilinadi.

Manzil: Buxoro shahar Cho'lpon ko'chasi, 3b-uy.
Mo'ljal: "Ko'hna va boqiy Buxoro" majmuasi.

🌎Veb-sayt   Telegram  Facebook
👍1👏1😁1
#jamoatchilik_eshituvi

Xabar berganimizdek, "A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" yo‘lida rekonstruksiya ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish davomida loyiha doirasiga tushgan barcha daraxtlar ekologik talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yangi joylarga ko‘chirib o‘tqazilishi munosabati bilan jamoatchilik eshituvi tashkil qilindi.

Buxoro shahar hokimligida o‘tgan eshituvda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Avtomobil yo‘llar bosh boshqarmasi, O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi mas’ullari, jamoatchilik faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xurshid Yaxyoyev so‘zga chiqib, bu masalaga yechim topishda jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va barcha tomonlarni tinglashni taklif qildi. Shundan so‘ng ushbu masala bo‘yicha viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Suxrob Hamroyev hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi O‘rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda "Yashil makon" loyihasini tashkillashtirish sho‘basi boshlig‘i Muzaffar Aslanov ma’lumot berib o‘tdi.

Qayd etilishicha, "A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" yo‘lining Buxoro shahridan o‘tgan 11 km qismi rekonstruksiya qilinadi. Ushbu hududdagi 3941 dona turli yoshdagi daraxtlar belgilangan talablar doirasida boshqa hududlarga ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘chirilgan daraxtlar rivojlanishi 2 yil davomida nazorat qilinishi, maxsus o‘g‘itlar yordamida parvarishlanishi, shuningdek, yo‘lning qatnov qismini kengaytirish orqali o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish, yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi kabi ma’lumotlar jamoatchilikka yetkazildi.

Eshituv davomida ishtirokchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob olishdi.

🌎Veb-sayt   Telegram  Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3
Belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlagan 9 nafar fuqaro jarimaga tortildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida tuman va shahar hududlarida doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida fevral-mart oylarida 9 nafar fuqaro chiqindi poligoniga joylashtirilishi lozim bo‘lgan qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagani aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarlik bo‘yicha fuqarolarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 20 250 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Ekologiya boshqarmasi aholini atrof-muhitni asrashga, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarishga hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqiradi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🔥3
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining Pridastgir ko’chasi 3/3 uy oldida “qóshnilarimiz biz ekkan archalarimizni yulib olishyapti. Sabab shuncha joy bòlsa ham mashinalarini aynan bizni archalarimiz ekilgan joyga qôyish ekan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.

Buxoro shahar inspektorlari tomonidan holat o’rganilganda fuqaro G’.T. o’z boshimchalik bilan 3 tup archa daraxtini kesib tashlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib,9 375 000 so’m jarima qo’llanildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🔥2
2025/07/14 19:50:26
Back to Top
HTML Embed Code: