Telegram Web Link
Oʻrmon hududlarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan va egallagan maydonlarni buzish va oʻrmonga qaytarish choralari koʻrilmoqda

Oʻrmon hududlarida reyd tadbirlari olib borilmoqda. Tadbir davomida Qorovulbozor tumanidagi Davlat oʻrmon xoʻjaligi yaylov yeri hududida 0,31 gektar maydonda fuqaro U.X ning noqonuniy qurilish ishlari olib borayotgani aniqlandi.

Fuqaro U.X.ga ushbu noqonuniy qurilmani 3 kun muddatda bartaraf qilish va qurilish ishlari olib borilayotgan maydonni asl holatiga qaytarish uchun tegishli tavsiyalar berildi.

Reyd tadbirlari davom etmoqda va noqonuniy qurilishlar va oʻrmon resurslarining noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashish ishlari mustahkamlanmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigi

Bu yerda nafaqat jayronlar, balki prjevalskiy otlari, yo‘rg‘a tuvaloqlar, turkman qulonlari, Buxoro tog‘ qo‘ylari va hatto, Buxoro bug‘usi kabi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan jonivorlar bor. Ular yarim erkin sharoitda boqiladi, ko‘paytiriladi va so‘ngra ochiq tabiatga qo‘yib yuboriladi hamda hayvonot bog‘lariga beriladi.

Tashrif buyuruvchilarga hayvonlar hayoti bilan yaqindan tanishish, tabiiy muhitda kuzatuv olib borish va 20 kishilik mehmonxonada tunash imkoni yaratilgan.

U Buxoro shahridan 42 km uzoqlikda Buxoro tumanida joylashgan. Kirish 18 750 so‘mdan, talabalar va o‘quvchilarga 50 foiz chegirma beriladi.

📍 Lokatsiya

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining markazida, Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan 32-sonli bolalar bog‘chasi ortida chiqindilar maxsus ajratilmagan joyga tashlab ketilgani haqida murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, chiqindilar 32-sonli bog‘cha ortida noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda tashlab ketilgan. Buxoro shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan bu holat joyiga chiqib o‘rganildi.

Chiqindilar shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan tez fursatda to‘liq olib chiqildi va hudud tozalandi. Ayni vaqtda bunday holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, shu jumladan, hududda video kuzatuv kameralari o‘rnatish va axborot-targ‘ibot ishlari olib borish rejalashtirilgan.

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro viloyatida “Toza havo” oyligi bo‘lib o‘tmoqda

Shofirkon tumanidagi Texnik ko‘rik shaxobchasida boshqarma xodimlari bilan hamkorlikda "Toza havo" oyligi tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad avtotransport vositalarining harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladigan is gazi va tutun qalinligi miqdorini aniqlash, atmosfera havosiga tashlanishini oldini olish va bartaraf etishdan iborat.

"Toza havo" oyligi tadbirining 1-bosqichi joriy yilning 10-apreldan 10-mayga qadar davom etadi.

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ruxsatsiz ko‘chirilgan daraxtlar bo‘yicha fuqaroga 9 million so‘mlik jarima qo‘llanildi

Fuqarolar eʼtiroziga sabab boʻlgan holat Buxoro shahar boʻlimi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Gap shundaki, Buxoro shahrining Pridastgir koʻchasida daraxtlarning kesilishi bilan bogʻliq video murojaat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va jamoatchilik eʼtiborini tortdi.

Oʻrganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro B.A. tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari davomida 4 tup archa daraxtini hech qanday ruhsatnomasiz boshqa joyga koʻchirib, oʻtqazganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga 9 375 000 soʻm jarima qoʻllanildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
📆Bugun, 15-aprel — Ekologik bilimlar kuni

Bu sana 1992-yilda BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida belgilangan. Maqsad ekologik mas'uliyatni oshirish, tabiatga g'amxo'rlik qilish madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida barqaror turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat.

O‘zbekistonda yosh avlodga ekologik ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda katta ishlarni amalga oshirmoqda: 10 mingdan ortiq maktabda 32 mingga yaqin ekologiya-biologiya to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 470 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashmoqda. Shuningdek, 5 ming 200 ta maktabda “ekologik burchaklar” tashkil etilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 132 soatlik ekologik savodxonlik darslari yo‘lga qo‘yildi.

"Green University" — Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetining tashkil etilishi muhim qadam bo‘ldi. U ilmiy institutlar, texnikumlar, maktablar va malaka oshirish markazlarini birlashtirib, hududda malakali kadrlar tayyorlash va ekologik muammolarning ilmiy yechimini topish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Ekologik ta’limni rivojlantirish nafaqat kelajakka qo‘yilgan sarmoya, balki inson va tabiat uyg‘unligining eng muhim shartidir. Bugun sayyoramizga g'amxo'rlik qilish orqali biz yashil va barqaror kelajakka zamin yaratamiz.

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️15-aprel — “Ekologiyaga oid bilimlar kuni”

Tabiatni asrang do‘stlarim!
Noqonuniy chiiqndixona bartaraf etildi

Gʻijduvon tumanining Tavariyon mahalla fuqarolar yigʻinida aholining oʻzboshimchalik bilan tashkil qilgan noqonuniy chiqindixonasi Ekologiya xodimlari hamda MFY faollari ishtirokida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida aniqlandi.

Chiqindixonaning mavjud holati oʻrganilib, chiqindilar to‘liq yig‘ishtirildi va hudud tozalanib, maxsus texnikalar yordamida obodonlashtirildi.

Noqonuniy chiqindixonlarni bartarat etish bo’yicha reyd tadbirlari davom etmoqda….

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
💬Yoshlarni o‘ylantirayotgan taklif va muammolar tinglandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Toshkent shahar, Chilonzor tumanida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/46447

💬Заслушаны предложения и проблемы молодежи

В Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата состоялась встреча с молодежью Чиланзарского района города Ташкента.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/46447

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda ekologik va turizm madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi

Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol turizmi” xalqaro haftaligi doirasida “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi boshlandi. Konferensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura, Turizm qo‘mitasi vakillari, shuningdek, ekologiyaga oid institutlar, ta’lim muassasalari mutaxassislari, xorijlik ekspertlar va boshqalar ishtirok etmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/46687

В Каракалпакстане стартовали мероприятия по развитию экологической и туристической культуры

В Республике Каракалпакстан в рамках Международной недели туризма Арала проходит международная конференция «Послы доброй воли Приаралья». В мероприятии принимают участие представители Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Совета Министров Республики Каракалпакстан, Генеральной прокуратуры, Комитета по туризму, а также специалисты природоохранных институтов, учебных заведений, зарубежные эксперты и др.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/46687

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 13:04:18
Back to Top
HTML Embed Code: