Telegram Web Link
O‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi qonuni hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat prokuraturasi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahri hududida joylashgan suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo‘yi mintaqalari hamda suv obyektlarining sanitariya muhofaza zonalari holati o‘rganilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida suv obyektlaridan foydalanishning amaldagi tartibga muvofiqligi, sanitariya-gigiyena talablari va ekologik me’yorlarga rioya qilinishi holatlari atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍31🔥1
Forwarded from Jamol Nosirov
Бухоро шаҳрида "Раҳбар ва ёшлар учрашуви" бўлиб ўтди

Бухоро шаҳридаги "Саҳид Зарафшон" меҳмонхонасида Бухоро вилояти Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси бошлиғи Жамол Носиров, "Микрокредитбанк" АТБ Бошқаруви раиси ўринбосари Шахло Ибрагимова, вилоят ёшлар ишлари бошқармаси бошлиғи Шавкат Раҳмонов, Бухоро вилояти ҳокимининг ўринбосари — оила ва хотин-қизлар бошқармаси бошлиғи Ҳафиза Артикова иштирокида "Раҳбар ва ёшлар учрашуви" ташкил этилди.

Учрашувда вилоятнинг турли ҳудудларидан ташриф буюрган 300 га яқин фаол ёшлар қатнашди. Тадбир давомида ёшлардан 20 дан ортиқ таклиф ва фикрлар тингланди, уларнинг аксарияти долзарб ва амалий мазмун касб этгани билан эътиборга молик бўлди. Шунингдек, 10 нафар ёш томонидан илгари сурилган муаммолар ва ташаббуслар асосида "Йўл харитаси" ишлаб чиқилиб, уларни босқичма-босқич ҳал этиш юзасидан чора-тадбирлар белгиланди.

Тадбир якунида фаол иштироки билан ажралиб турган ёшлар ташкилотчилар томонидан эсдалик совғалари ҳамда китоблар билан тақдирланди.

Мазкур учрашув ёшлар билан очиқ ва самимий мулоқотга замин яратиб, уларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ҳамда долзарб масалаларни биргаликда ҳал қилиш йўлида муҳим платформага айланди.
👍5🔥1🥰1
Forwarded from Jamol Nosirov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бухоро шаҳрида Вилоят ҳокимлиги, Экология бошқармаси, "Микрокредитбанк" АТБ, Ёшлар ишлари бошқармаси, ҳамкорлигида
"Раҳбар ва ёшлар учрашуви" бўлиб ўтди.
👍6🔥21
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi boshligʻi Jamol Nosirov hamda viloyat Prokuraturasi boʻlim boshligʻi Dilshod Zaripov ishtirokida viloyatda yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarining hozirgi holati boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda tuman va shahar oʻrmon xoʻjaligi masʼullari, viloyat Ekologiya boshqarmasi maʼsul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yoʻllari belgilab olindi Shuningdek, ekologik holatni yaxshilash uchun zarur choralar koʻrish taklif qilindi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍4🔥42
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi bosh yuristkonsulti ishtirok etdi va davra suhbati qatnashchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtiish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon va Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta'minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍4🔥1👏1
2025/07/08 15:44:06
Back to Top
HTML Embed Code: