Telegram Web Link
#️⃣ #Ommaviy_Yugurish_Marafoni
🏃‍♂️ “Eco – Save Aral – 2025” Ekologik Marafoniga START!
📅 16-may kuni, soat 07:00 da Buxoro shahrida “Atrof-muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili” doirasida xayriya va ekologik ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.
🏅 Yugurish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
• Talabalar uchun — Talaba-Yugur
• Maktab o‘quvchilari uchun — O‘quvchi-Yugur
• Harbiy xizmatchilar uchun — Harbiy-Yugur
• Atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan — Eco-Save Aral 2025
• Barchamiz uchun — Inson Uchun
• Kichkintoylar uchun — Kids Run
🎁 G‘oliblar va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📜 Faol ishtirokchilar esa tashkiliy qo‘mitaning maxsus sertifikatlariga ega bo‘ladilar.
🔥 SHOSHILING! BU SIZ UCHUN BEQIYOS IMKONIYAT!
Sog‘lom turmush tarziga birinchi qadamingizni qo‘ying, biz bilan birga yuguring!
👟 Ishtirok eting va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

📍Musobaqa manzili:👉 LOCATION👈

@buxoroaokb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment

Buxoroda “Eco-Save Aral–2025” ekologik va xayriya marafoni boʻlib oʻtdi.
Buxoroda biologik xilma-xillikni saqlashga bag‘ishlangan ekologik seminar o‘tkazildi

15 may kuni Buxoro shahrida “Amudaryoning quyi qismi va Orolbo‘yi hududidagi suvlari botqoqliklarni saqlash va boshqarish” qo‘shma loyihasi doirasida ekologik seminar tashkil etildi. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Global ekologik jamg‘arma hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi.

Seminarda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, ommaviy axborot vositalari va loyihada ishtirok etayotgan tashkilotlar vakillari qatnashdi. Buxoro hamda Navoiy viloyatlaridagi kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari uchun biologik xilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha bilim almashinuvi tashkil etildi.

Bugungi kunda ushbu ikki viloyatda 1,3 million gektardan ortiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mavjud. Ularni samarali boshqarish va asrashda kuch ishlatar tizimlar bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
❗️ESG nima va u ekologiya uchun qanday ahamiyatga ega?

ESG — "Environmental" (atrof-muhit), "Social" (Ijtimoiy mas’uliyat) va "Governance" (Korporativ boshqaruv) so‘zlaridan olingan bo‘lib, kompaniyalar faoliyatining ekologik himoya, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, xodimlar va mijozlarga halol munosabatda bo‘lish hamda to‘g‘ri korporativ boshqaruv asosida qurilgan tamoyillari hisoblanadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/55071

❗️Что такое ESG и какое значение оно имеет для экологии?

ESG — это аббревиатура от английских слов Environmental (окружающая среда), Social (социальная ответственность) и Governance (корпоративное управление). Она обозначает принципы деятельности компаний, построенные на защите окружающей среды, улучшении социальных условий, честном отношении к сотрудникам и клиентам, а также правильном корпоративном управлении.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/55071

❗️What is ESG and why does it matter for the ecology?

ESG stands for Environmental, Social and Governance — a set of principles that guide companies in conducting their business responsibly. These principles emphasize protecting the environment, improving social conditions, treating employees and customers fairly, and maintaining sound corporate governance.
https://gov.uz/en/eco/news/view/55071

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyida maymunni noqonuniy saqlagan fuqaro javobgarlikka tortildi
🐝20-may – Xalqaro “Asalarilarni asrash kuni” munosabati bilan maktabda ekologik tadbir o‘tkazildi

Bugun Buxoro shahrida joylashgan Prezident maktabida asalarilarning tabiatdagi o‘rni va ularni asrash zarurati haqida qiziqarli seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida:

Asalarilarning biologik va ekologik roli, ular tabiatdagi florani ko‘paytirishdagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

Asalarilarning yashashi va rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan omillar, shu jumladan, ularni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ekosistema sharoitlari haqida so‘zlandi.


📌Asalarilar – tabiatning ajralmas qismi, ularning yo’qolishi butun ekotizimga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ularni asrash har birimizning burchimizdir.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mansabdor shaxslar jarimaga tortildi

⚡️Tuman va shahar hududlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

🌳Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, tibbiyot birlashmalari va Obodonlashtirish bo‘limlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati o‘rganildi.

💬O‘rganish jarayonida kuzgi va bahorgi ekish mavsumlarida ekilgan daraxt ko‘chatlari yetarlicha parvarish qilinmagani, sug‘orish ishlari o‘z vaqtida olib borilmagani aniqlanib, aprel-may oylarida jami 18 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi.

👮‍♂️Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 4-qismi asosida jami 67 500 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

🚨Reyd tadbirlari davom etmoqda...

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni nishonlanmoqda

Biologik xilma-xillik ekologiyaning ajralmas qismi sifatida ekologik tizimni saqlash, resurslarni muhofaza qilishda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham bu kun BMT tashabbusi bilan alohida nishonlanadi.

Fursatdan foydalanib, bioxilma-xillikni asrash barchamiz uchun muhim vazifa ekanligini yana bir ta’kidlamoqchiman. Barchangizni tabiatni, qushlarni, hayvonlarni, o’simliklarni, tabiat resurslarini asrab-avaylashga chaqiraman. Tabiatni asrash yo’lida birlashaylik!
2025/07/05 21:51:08
Back to Top
HTML Embed Code: