Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬Yoshlarning ekologik muammolarga qarshi kurash borasidagi takliflari tinglandi

28-may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik madaniyatni shakllantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/57724

💬Заслушаны предложения молодежи по борьбе с экологическими проблемами

28 мая в лагере «Ёшлар оромгохи» Бостанлыкского района Ташкентской области состоялся очередной семинар, посвящённый формированию экологической культуры.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/57724

💬Proposals from youth on combating environmental problems were discussed

On May 28, the “Yoshlar Oromgohi” youth camp in the Bostanlyk district of Tashkent region hosted another seminar focused on fostering environmental awareness and culture.
https://gov.uz/en/eco/news/view/57724

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Ishlatib bo‘lib, tashlab yuboradigan chiqindilarning qancha vaqtgacha saqlanib turishini bilasizmi ?

Oyna — 1000 yildan ortiq;
Alyumin banka — 500 yil;
Plastik baklashka — 450 yil;
Plastik taglik (podguznik, pampers) — 250 yildan 500 yilgacha;
Sellofan paket — 100 yil;
Folga qog‘oz — 100 yil;
Avtomobil akkumlyatori — 100 yil;
Batareyka — 100 yil;
G‘isht va beton bo‘laklari — 100 yil;
Konserva banka — 50 yil;
Plastik idish — 50 yil;
Charm oyoq kiyim — 40 yil;
Neylon mato — 40 yil;
Kartonli sut, sok idishlar — 5 yil;
Foner — 3 yil;
Gazeta va kitob qog‘oz — 2 yil;
Karton qog‘oz — 2 oy;
Oziq ovqat chiqindisi — 1 oy;
Hayvon chiqindisi — 1 oy

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

🌳Bugun, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Jamol Nosirov tomonidan sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

🟢Yig’ilishda, viloyat Ekologiya boshqarmasi bo‘lim boshliqlari va davlat inspektorlari ishtirok etib, inspektorlarning muammo va takliflari yuzasidan hisoboti tinglandi.

➡️Shuningdek, boshqarma boshlig’i tomonidan inspektorlarga topshiriqlar berilib, belgilangan muddatlarda sifatli ijro etilishi bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

- Korrupsion holatlarni oldini olish.
- Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash.
- Joylarda somon va dala o‘tlarini yoqish holatlarini oldini olish va xuquqbuzarliklarni aniqlash.
- Jarimalar qarzdorligi bo‘yicha undiruvlar holati. Inspektorlar kesimida.
- Qarzdor tashkilot va korxonalarni to‘lovga jalb etish va undirish, xatlov, istiqbolli ko‘rsatkichlar tahlili.
- Ko‘p yillik daraxtlar xatlovi.
- Yashil makon bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi.
- Boshqa masalalar.
Yig‘ilish tahliliy va tanqidiy o‘tkazildi va barcha xodimlarning shaxsiy javobgarligi va mas’uliyati oshirildi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining “Naqshband” ko‘chasida joylashgan “Korzinka” savdo markazi qarshisida, yo‘lning narigi tomonida, “Yagona darcha” binosi orqasida joylashgan 82-sonli ixtisoslashtirilgan logopediya yo‘nalishidagi bolalar bog‘chasi hududida daraxtlarning tag qismi beton bilan qoplangani yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida holat tasdiqlandi va daraxtlar beton qoplamalaridan ozod etildi

Fuqarolardan shunday masalalarda hushyor bo‘lishlari, ekologik qonunbuzarlik holatlari haqida viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanida ifloslangan havo tufayli nafas olish qiyin boʻlmoqda Ehtimol yuqori harorat sababli chiqindilar yonib ketadi va havoni ifloslaydi, deb tarqalgan mazmundagi murojaat yuzasidan Qorovulbozor tuman Ekologiya bo’limi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida videomurojaatda ko'rsatilgan manzil Qorovulbozor tumanida joylashgan Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasiga qarashli chiqindi yig'ish poligonidagi yong'in ekanligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holatni bartaraf etish uchun maxsus texnikalar jalb qilingan holda yong'inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
“Buxoro osmoniga chiqayotgan millionlab kub metr zahar -g‘isht zavodlari haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?” mazmunidagi murojaat yuasidan ma’lumot

Buxoro viloyatida 103 ta pishiq g‘isht ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, ushbu koronalarning 86 tasi faoliyat olib bormoqda.

Ma’lumot uchun: Buxoro tumanida 19 ta, Jondor va Kogon tumanlarida 12 tadan, Romitan tumanida 8 ta, Vobkent va Qorako‘l tumanlarida 7 tadan, Buxoro shahri va Peshko‘ tumanida 5 tadan, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarida 4 tadan, Kogon shahri, Shofirkon va Olot tumanida 1 ta
2024-2025 yillar davomida Ekologiya boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 86 ta korxonalarning 70 tasida (81%) suv purkovchi tozalash uskunlari o‘rnatilgan.

Shuningdek, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 9 nafar shaxslarga suv purkovchi tozalash uskunlarini belgilangan tartibda o‘rnatmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilib, 14 nafar pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar bajarilmaganligi sababli sudlarga davo arizalar kiritilgan.

Murojaatda keltirilgan raqamlar tahlil etilganda atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanma gazlar m3 da emas balki meyoriy hujjatlar asosida tonnada hisoblanadi, shuningdek atmosferaga zaxarli gazlar emas zararli gazlar tashlanadi

Shu bilanbirga, ishlab turgan pishiq g‘isht ishlab chiqarish korxonalari faoliyati davridan atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalarning 70 foizini qattiq va qolgan 30 foizini uglerod, azot va boshqalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Buxoro viloyatida Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Bugun, 5-iyun kuni Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Jamol Nosirov, viloyat prokurorining o‘rinbosari Jamshid Ahmedov hamda soha xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘z olgan rahbarlar barcha ekologiya sohasi xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, ularning tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi mehnatlarini yuqori baholadilar.

Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga davlat darajasida katta e’tibor qaratilayotgani, bu borada tub islohotlar amalga oshirilayotgani, ekologik barqarorlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani alohida ta’kidlandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/05 13:13:43
Back to Top
HTML Embed Code: