Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanida ifloslangan havo tufayli nafas olish qiyin boʻlmoqda Ehtimol yuqori harorat sababli chiqindilar yonib ketadi va havoni ifloslaydi, deb tarqalgan mazmundagi murojaat yuzasidan Qorovulbozor tuman Ekologiya bo’limi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida videomurojaatda ko'rsatilgan manzil Qorovulbozor tumanida joylashgan Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasiga qarashli chiqindi yig'ish poligonidagi yong'in ekanligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holatni bartaraf etish uchun maxsus texnikalar jalb qilingan holda yong'inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
“Buxoro osmoniga chiqayotgan millionlab kub metr zahar -g‘isht zavodlari haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?” mazmunidagi murojaat yuasidan ma’lumot

Buxoro viloyatida 103 ta pishiq g‘isht ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, ushbu koronalarning 86 tasi faoliyat olib bormoqda.

Ma’lumot uchun: Buxoro tumanida 19 ta, Jondor va Kogon tumanlarida 12 tadan, Romitan tumanida 8 ta, Vobkent va Qorako‘l tumanlarida 7 tadan, Buxoro shahri va Peshko‘ tumanida 5 tadan, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarida 4 tadan, Kogon shahri, Shofirkon va Olot tumanida 1 ta
2024-2025 yillar davomida Ekologiya boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 86 ta korxonalarning 70 tasida (81%) suv purkovchi tozalash uskunlari o‘rnatilgan.

Shuningdek, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 9 nafar shaxslarga suv purkovchi tozalash uskunlarini belgilangan tartibda o‘rnatmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilib, 14 nafar pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar bajarilmaganligi sababli sudlarga davo arizalar kiritilgan.

Murojaatda keltirilgan raqamlar tahlil etilganda atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanma gazlar m3 da emas balki meyoriy hujjatlar asosida tonnada hisoblanadi, shuningdek atmosferaga zaxarli gazlar emas zararli gazlar tashlanadi

Shu bilanbirga, ishlab turgan pishiq g‘isht ishlab chiqarish korxonalari faoliyati davridan atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalarning 70 foizini qattiq va qolgan 30 foizini uglerod, azot va boshqalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Buxoro viloyatida Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Bugun, 5-iyun kuni Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Jamol Nosirov, viloyat prokurorining o‘rinbosari Jamshid Ahmedov hamda soha xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘z olgan rahbarlar barcha ekologiya sohasi xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, ularning tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi mehnatlarini yuqori baholadilar.

Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga davlat darajasida katta e’tibor qaratilayotgani, bu borada tub islohotlar amalga oshirilayotgani, ekologik barqarorlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani alohida ta’kidlandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi Ishga marhamat Mono markazida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda, boshqarma boshligʻi Jamol Nosirov, viloyat Milliy gvardiya boshligʻi Joʻraqul Shernazarov sohaga mas’ul mutaxassislar va soha xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida viloyat rahbari soha xodimlarini ushbu muhim sana bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda ekologiya sohasiga davlat darajasida alohida e’tibor qaratilayotgani, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. U ekologik barqarorlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri himoya ekanligini qayd etdi.


Tadbirda uzoq yillar davomida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida samarali faoliyat olib borgan faxriy va tashabbuskor xodimlar alohida taqdirlandi. Ularga “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni topshirildi. Shuningdek, taqdirlovchilarga maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari ham berildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/02 11:16:06
Back to Top
HTML Embed Code: