Telegram Web Link
#Муҳим_сана

Ҳар йили 23 июнь куни дунё миқёсида Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Давлат хизмати куни сифатида кенг нишонланади.

Ушбу сана давлат бошқаруви тизимида самарадорлик, шаффофлик ва фидойиликни тарғиб қилиш, шунингдек, давлат хизматчилари фаолиятини эътироф этишга, фуқароларга хизмат кўрсатишдаги юқори стандартларни таклиф қилишга қаратилган.


Мазкур байрам 2003 йилда БМТ Бош Ассамблеясининг 57-сессиясида қабул қилинган резолюция асосида жорий этилган. Кейинчалик, Бош Ассамблеянинг 60/34-сонли резолюциясида ушбу кунда давлат хизмати соҳасига эътиборни янада кучайтириш ва унинг ютуқларини кенг тарғиб этиш муҳимлиги алоҳида қайд этилган.

Сана муносабати билан, Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги давлат хизматчиларига фидокорона меҳнати, юксак масъулият ҳисси ва Ватанга садоқати учун миннатдорлик билдиради. Ҳар бир давлат хизматчисининг саъй-ҳаракатлари ортида юртимизда самарали бошқарувни ривожлантириш, фуқароларга сифатли, адолатли, тезкор хизмат кўрсатиш, шунингдек, барқарор тараққиётга ҳисса қўшиш мақсади мужассам эканлигини қадрлаймиз.


🇺🇿 Ўзбекистонни янада ривожлантириш йўлида фаолият юритаётган барча давлат хизматчиларига янги-янги зафарлар тилаймиз. Ҳар бир ҳаракатимиз — инсон қадри ва фаровонлиги учун!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

📈Kelajak startaplari: "Eco Expo"da O‘zbekistonning barcha hududlaridan ekologik tashabbuslar namoyish etildi

"Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar va ekologik tashabbuslarni o‘z ichiga olgan startap loyihalar taqdim etildi. Ishtirokchilar barqaror qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik monitoringni raqamlashtirish va "yashil" texnologiyalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ilg‘or g‘oyalarini namoyish etdilar.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/63034

📈Стартапы будущего: на Eco Expo представлены экологические инициативы со всех регионов Узбекистана

В рамках Международной экологической выставки Eco Expo Central Asia 2025 были представлены стартап-проекты, направленные на разработку и внедрение экологически ориентированных решений. Участники представили инновационные инициативы в различных направлениях — от устойчивого сельского хозяйства и переработки отходов до цифровизации экологического мониторинга и развития зелёных технологий.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/63034

📈Startups of the Future: Ecological Initiatives from All Regions of Uzbekistan Presented at Eco Expo

As part of the International Environmental Exhibition Eco Expo Central Asia 2025, startup projects focused on developing and implementing environmentally oriented solutions were showcased. Participants presented innovative initiatives in various areas — from sustainable agriculture and waste recycling to digital environmental monitoring and the advancement of green technologies.
https://gov.uz/en/eco/news/view/63034

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

✍️“Eco Expo-2025”da chiqindilarni boshqarish sohasi rivojiga doir 40 dan ortiq kelishuv imzolandi

Joriy yilning 19–21-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi doirasida chiqindilarni boshqarish sohasida bir qator shartnoma va kelishuvlarga erishildi.
➡️ Batafsil
💬

На Eco Expo-2025 подписано более 40 соглашений в сфере управления отходами

«В ходе международной выставки Eco Expo Central Asia 2025, состоявшейся 19–21 июня в Ташкенте, были достигнуты важные договорённости и подписан ряд соглашений, направленных на развитие сферы управления отходами.
➡️ Подробно
💬

Over 40 Waste Management Agreements Signed at Eco Expo 2025

The international exhibition Eco Expo Central Asia 2025, held from June 19 to 21 in Tashkent, served as a major platform for forging new partnerships in the field of waste management. A series of important agreements were signed, aimed at advancing environmentally sustainable development and circular economy practices.
➡️ More

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan B.Naqshaband MFY da “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman shahar mahallalarida o’tkazilmoqda...

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

“Eco Expo Central Asia 2025”: eng yaxshi pavilyon va startaplar taqdirlandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida hududlar, davlat tashkilotlari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar o‘z pavilyonlari bilan ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada jami 65 ta pavilyon tashkil etildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/63594

Eco Expo Central Asia 2025: награждены лучшие павильоны и стартапы

На Международной выставке экологических технологий Eco Expo Central Asia 2025 свои павильоны представили регионы, государственные учреждения, министерства, системы организаций и международные структуры. В общей сложности было организовано 65 павильонов.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/63594

Eco Expo Central Asia 2025: outstanding pavilions and startups honored

At the International Environmental Technology Exhibition Eco Expo Central Asia 2025, various pavilions were presented by regions, government agencies, ministries, affiliated organizations and international institutions. A total of 65 pavilions were organized.
https://gov.uz/en/eco/news/view/63594

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga milliard so‘mlik zarar hisoblandi

Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturida nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Peshko’ tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘ini ovlaganlik holati aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 mlrd 532 mln 500 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz……

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
😁12👍94🤬2
27-iyun - "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari "kuni bilan barcha jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan qutlaymiz!

Sizlar jamiyatdagi muammolarni yuzaga chiqarib, yechim topishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qaror toptirish, jamiyat va davlat o'rtasida ko'prik vazifasini o'tab, davlatimiz rivojlanishida qo'shayotgan hissangiz beqiyos.

Har bir masalada jurnalistik surishtiruv o'tkazish, muammoga xolisona yondoshib, qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi yuksak faoliyatingiz tahsinga sazovor.

Doimo faoliyatingiz davomida qalamingiz o'tkir, so'zingiz kesgir bo'lsin.

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan, Jamol Nosirov boshchiligidagi Ekologiya boshqarmasi jamoasi
👍3🔥21
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
G’ijduvon tumanida gʻalladan boʻshagan yer maydonida somon qoldiqlarini yoqqan fuqaro jarimaga tortildi

👮‍♀️‍Buxoro viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi G’ijduvon tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuman hududlarida nazorat reyd tadbirlari olib borildi.

🚨Olib borilgan reyd tadbirlari davomida tumanning "Ko’kcha" MFY hududida joylashgan gʻalladan boʻshagan 13 gektar yer maydonida somon qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.

💬Holat yuzasidan fuqaro R.R ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan 1 125 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 22 395 750 soʻm hisoblandi.

📝
Ma’lumot uchun Somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga juda koʻp miqdorda (toksik) zaharli moddalar uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot ikki oksidi (NO2), benz(a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi inson sogʻligi uchun oʻta zararli boʻlgan zaharli moddalar chiqishi va yongʻin natijasida yuqori harorat tufayli tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlarning yoʻq boʻlib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayishi, tuproq unumdorligiga ham zarar yetishiga olib keladi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍51
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlanganiga 33 yil to‘ldi — bu davlat mustaqilligining eng muhim ramzlaridan biridir.

Gerb 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida rasman qabul qilingan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining tabiiy boyliklari, tarixiy merosi va milliy qadriyatlari aks etgan.

Gerb kompozitsiyasida yurtimizning go‘zalligi va mo‘l-ko‘lligi tasvirlangan: bug‘doy va paxta tolalaridan iborat guldasta, tog‘lar va daryolar, quyoshning charaqlagan nuri hamda afsonaviy Humo qushining timsoli — erkinlik, tinchlik va baxt ramzi sifatida. Ushbu elementlar tabiat, xalq va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlaydi.

Barchangizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz va har bir vatandoshimizga milliy ramzlarimizdan faxrlanish, tabiatni asrash hamda mamlakatimizning ekologik jihatdan toza va barqaror kelajagini qurishga o‘z hissasini qo‘shishni tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Bugun, viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Jamol Nosirov hamda boshqa mas’ullar Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lishdi. Ular bu yerda olib borilayotgan obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari bilan yaqindan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi hamda tegishli tavsiyalar berdi.

Ma’lumot uchun: Buxoro tumanidagi “Bogʻidasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi bog‘da 6 mingga yaqin turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu maskan nafaqat ekologik muvozanatni ta’minlash, balki aholining mazmunli dam olishi uchun ham xizmat qiladi.

Hozirda bog‘ hududida zamonaviy favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, piyodalar yo‘laklari hamda boshqa infratuzilma obyektlari qurilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, ushbu bog‘ aholining madaniy hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ekologik tarbiyani mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy istirohat bog‘iga aylantiriladi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍61🔥1🥰1
📢 DIQQAT, E'LON!!

Ertaga, 8- iyul (seshanba) kuni soat 11:00 da Buxoro shahridagi Kasbiy ko'nikmalar (“Ishga marhamat” monomarkazi) markazining majlislar zalida Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi hamda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: “Mahallalarni chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!”

Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari, jurnalist, bloger, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning axborot xizmatlari rahbarlari taklif etiladi va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

📍 Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

📲Bog'lanish uchun telefon raqami: +99897 487 55 75

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍4🔥1
2025/07/14 09:24:59
Back to Top
HTML Embed Code: