Telegram Web Link
Buxoro viloyati IIB JXX Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasida viloyat hududida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kengaytirilgan yoʻriqnoma oʻtkazildi

Xususan, mutasaddi rahbarlar va xodimlarga xizmat davomida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan jihatlar xususida topshiriqlar berildi.

Yoʻriqnomani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad xizmatni sifatli tashkil etish, har bir qonun buzulish holatiga murosasiz munosabatda boʻlish, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilgan xolda ish olib borishni tushuntirishdan iboratdir.

👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Piyodalar xavfsizligi taʼminlanmoqda

Buxoro viloyatidagi yoʻl patrul xizmati inspektorlari tomonidan, piyodalarni manzillariga xavfsiz yetib olishlari uchun oʻz yordamlarini koʻrsatishmoqda.

Xususan, viloyatdagi avtomobil yoʻllaridagi piyodalar oʻtish joylarida ertalabki tigʻiz-vaqt oraligʻida maktab oʻquvchilarining yoʻldan xavfsiz oʻtishlari taʼminlanmoqda.


👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
YHXB xodimlari tomonidan xizmat intizomi va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, xodimlar faoliyatida shaffoflikni oshirish hamda xizmat intizomiga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish maqsadida tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida YHXB xodimlarining xizmat hamda shaxsiy transport vositalarini boshqarish vaqtida ular tomonidan meʼyoriy hujjatlar va amaldagi yo‘l harakati qoidalariga rioya etish holati o‘rganildi.

Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish, fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq meʼyorlariga amal qilish, xizmat vaqtida namunaviy xulq-atvorni saqlash bo‘yicha xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
2025/10/22 04:12:15
Back to Top
HTML Embed Code: