Telegram Web Link
YHXB xodimlari tomonidan xizmat intizomi va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, xodimlar faoliyatida shaffoflikni oshirish hamda xizmat intizomiga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish maqsadida tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida YHXB xodimlarining xizmat hamda shaxsiy transport vositalarini boshqarish vaqtida ular tomonidan meʼyoriy hujjatlar va amaldagi yo‘l harakati qoidalariga rioya etish holati o‘rganildi.

Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish, fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq meʼyorlariga amal qilish, xizmat vaqtida namunaviy xulq-atvorni saqlash bo‘yicha xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻl — oʻyin maydoni emas!

Buxoroda toʻy marosimi kunida avtomobillarda guruh boʻlib harakatlangan bir qancha haydovchilar yuzasidan surishtiruv olib borilib, qoidabuzarlar aniqlandi va ularga nisbatan oʻrnatilgan tartibda chora koʻrildi. Transport vositalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Barcha haydovchilardan yoʻllarda qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishlarini soʻraymiz.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

21-oktyabr — “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlanadi

“Faxr etgum sen bilan ey, Ona tilim, senga fido bo‘lsin bu jonu dilim”
——————

21 октябрь — “Ўзбек тили байрами куни”га бағишланади

“Фахр этгум сен билан ей Она тилим, сенга фидо бўлсин бу жону дилим”

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
#sayyor_qabul

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB rahbariyati tomonidan Vobkent tumanidagi “Niyozxo'ja” mahallasi aholisi murojaatlarini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi

Qabul davomida fuqarolarning 10 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha surishtiruvlarni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa fursatlarda yechim topish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy rolik

Telefonga chalg‘ib o‘z hayotingizni xatarga qo‘ymang!

👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
#sayyor_qabul

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB rahbariyati tomonidan Olot tumanidagi “Arabxona” mahallasi aholisi murojaatlarini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi

Qabul davomida fuqarolarning 10 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha surishtiruvlarni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa fursatlarda yechim topish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

👉https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
2025/10/22 04:52:33
Back to Top
HTML Embed Code: