Telegram Web Link
Xodimlarning jangovаr tayyorgarligini oshirishga qaratildi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari bilan maxsus vositalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Dastlab, xodimlarga har qanday vaziyatda qurol yarog‘dan to‘g‘ri foydalanish va ularni qo‘llash jarayonidagi xavfsizlik qoidalariga doir tushunchalar berildi.

Bunda, xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish barobarida ularning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, maxsus vositalarni qo‘llash hamda bu borada xodimlarning maxsus ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratildi.
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibi uchun giyohvandlik moddalariga qarshi kurashishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

O‘quv jarayoni davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, ularni mamlakat hududiga olib kirish, tarqatish va tashish usullari axborotlar taqdim etildi. So‘nggi yillarda aniqlangan yangi turdagi sintetik giyohvand moddalar, ularning inson salomatligiga salbiy taʼsiri hamda bu kabi moddalarni aniqlash usullari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, yo‘l nazorati vaqtida giyohvand moddalarni qonuniy aylanmada bo‘lmagan holda tashish holatlarini fosh etish, shubhali transport vositalarini to‘xtatish va ko‘rikdan o‘tkazishda xizmat yo‘riqnomalariga amal qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi YHXB xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash, ularning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi samaradorligini oshirishdan iborat.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘l belgilarini o`rnatish ishlari davom etmoqda

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahar ko‘chalarda 5.38. “Turar joy dahasi” 5.39. “Turar joy dahasining oxiri” ma’nosini bildiruvchi yo‘l belgilari o`rnatilib, harakat ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratilmoqda.


👉 https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
📍Buxoro viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi

‼️Unda Ichki ishlar vazirligining meʼyoriy buyrug‘i talablari asosida xodimlarning xizmat kiyim-boshlarini kiyganliklari, xizmat guvohnomalarining talab darajasida olib yurilishi, xizmat davomida foydalaniladigan, yonlarida olib yurishlari zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

🔹Shu bilan birga, xodimlar orasida xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
12.09.2025 yil

👉
https://www.tg-me.com/Buxoro_YHXB
2025/10/22 21:59:41
Back to Top
HTML Embed Code: