Telegram Web Link
Forwarded from Toshkent viloyati soliq boshqarmasi (Pressa___)
#uchrashuv

Chirchiq shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👍Joriy yilning, 4-iyul kuni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi rahbariyati shahardagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Ushbu tadbirda mahalliy tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etishdi.

👍Uchrashuv davomida soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznesni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi imtiyozlar hamda qulayliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan kichik va o‘rta biznes vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mahalliy biznes vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, amaliyotdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdilar. Soliq boshqarmasi mutaxassislari ushbu muammolarga yechim topish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida amaliy tavsiyalar berishdi.

Bunday ochiq muloqotlar biznes sohasidagi eng dolzarb masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doim tayyorligini bildirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Bugun Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yozgi ta’til vaqtida o‘quvchi qizlarning vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Davraga kel, dugonajon” mavzusida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari rejalashtirilgan. Ana shu rejaga asosan “Nuroniylar maskani” binosida “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ishchi guruh a’zosi, Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi Z.Iskandarova ishtirok etdi va yoshlarga milliylikni targ‘ib etish, ularni qadriyatlarimizga hurmat ruxida tarbiyalash, milliy matolar, liboslar tarixi haqida qisqacha o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek tadbirda “Oqila ayollar” harakati, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, qizil , sariq hududlardagi xotin-qizlar ishtirok etdilar. “Oqila ayollar” harakati, “Buvijonlar maktabi” a’zolari tomonidan yoshlarga milliy qadriyatlarimizni bo‘lgan salom berish, kattalarni hurmat qilish, o‘sma qo‘yish, quroq tikish, to‘qish sirlari kabi mavzularida suhbatlashdilar.


Tadbirda “Milliy matolarimiz zamonaviy ko‘rinishda” mavzusida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan  “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida “Qizlar tarbiyasi – millat tarbiyasi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ishchi guruh a’zosi, Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi Z.Iskandarova ishtirok etdi va Prezidentimizning “Oilada bir nafar qiz o'qib oliy ma'lumotga ega bo'lsa, xonadondagi muhit butunlay o'zgaradi degan so'zlarini aytib, kelajakda qizlarimiz oliy ma'lumotli bo'lishi uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o'tdi.

Shuningdek, tadbirda qizlar, ularning onalari va buvijonlari, qizil, sariq hududlardagi  xotin-qizlar ishtirok etdilar. “Mohir qo'llar” to'garak a'zolari o'z mahoratlarini namoyish etdilar va kutubxonada yosh kitobxonlar bilan davra suhbati o'tkazildi.


Ushbu tadbirlar Oilalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 01:41:24
Back to Top
HTML Embed Code: