Telegram Web Link
#Yoshlarni_oilaviy_hayotga_tayyorlash

Oilalar mustahkamligi hamda barqarorligini ta’minlash, yosh nikohlanuvchi oilalarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tumandagi 1-va 2-son FHDYo bo‘limlari bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Mazkur o‘quv kurslarida joriy yilning iyun oyiga qadar 240 nafar yosh nikohlanuvchilar o‘qitilib sertifikatlar bilan ta’minlandi. Yosh nikohlanuvchilar yangi huquqiy maqom ostonasida turganliklarini, endilikda zimmalarida qonunlar tomonidan yuklanayotgan huquq va majburiyatlarini anglatish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kursida yoshlarga qonun yuklayotgan maqomni qabul qilishlari, oilaviy psixologiya, salomatlik, iqtisod va oila byudjeti, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni angalashni targ‘ib qilish ko'zda tutilgan.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Ochiq_eshiklar_kuni

Favqulodda vaziyatlar bo‘limida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

Toshkent shahrida yangi qurilayotgan obyektlar kundan-kunga ortib bormoqda.

Yangi qurilayotgan baland qavatli bino va inshoatlar, turar-joy komplekslari va biznes markazlari o‘ziga xos tarzda barpo etilayotganligini inobatga olib, ushbu yunalishda qonun ustivorligini ta’minlash, tizimda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida loyiha-smeta hujjatlarida favkulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni dastlabki boskichlarida o‘rganish buyicha tuman arxitektorlari, loyiha tashkilotlarining vakillari va kurilish tashkilot rahbarlarini taklif qilgan holda Chilonzor tumani Favkulodda vaziyatlar bo‘limida «OCHIQ ESHIKLAR» kuni o‘tkazildi.

Ochiq eshiklar kunida tumandagi qurilish tashkilotlari mutasaddilari va mas’ullari ham ishtirok etdi. Tadbirda barcha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

🔵@Сhilonzor_tuman_hokimli
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий даражадаги Евроосиё иқтисодий кенгашининг йиғилишидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Высшего Евразийского экономического совета

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Кун_ҳикмати

☝️☝️☝️Комил инсон майда ишлар билан кўзга кўринмас, аксинча буюк ишларга бел боғлайди.

👉👉👉Майда одам эса буюк ишларга ишонмайди, уни сафсата деб билади, шу боис унинг тақдири ҳам ўзи каби майда бўлиб қолади.

КОНФУЦИЙ

🌞 Кунингиз хайрли ўтсин, азиз тумандошлар!

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Mukofot_muborak!

Davlatimiz rahbarining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida” farmoni bilan OAV vakillari va blogerlar yuksak unvonlar, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida tumanimizdagi “Sharoit plus” nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri G’iyosov Mirali Abdulloh o’glining borligi barchamizni quvontirdi.

Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo'jayev “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan Mirali G’iyosov bilan dildan suhbatlashib, o’zining ezgu va samimiy tilaklarini izhor etdi.

Shu bilan bir qatorda tuman hokimi tomonidan axborot almashinuvi sohasidagi uzviy hamkorligi uchun 30 ga yaqin OAV xodimlari va mustaqil internet nashrlari rahbariyati va faol jurnalistlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari yo’llandi.

🔵@Сhilonzor_tuman_hokimli
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi “Sharq” mahallasida sayyor qabul o’tkazdi


Davlatimiz rahbarining ko’rsatmalari asosida tumanimiz aholisining muammolarini tezkorlikda bartaraf etish maqsadida tuman hokimi va hokimlik mutassadilari mahallalar kesimida sayyor qabullar o’tkazmoqda.

Shuningdek, kuni kecha tumanimizning “Sharq” mahallasi idorasida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo’jayevning “Sharq” va “Sharaf” mahallalari aholisi uchun sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolarning murojaatlaridagi muammolar o’rganildi. Kommunal tizim bo’yicha, salomatligini tiklash va moddiy yordam yuzasidan qilingan murojaatlardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko’riladigan bo’ldi.

👉👉👉Mahallalar bo’ylab sayyor qabullar davom ettiriladi.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
2025/06/28 05:01:31
Back to Top
HTML Embed Code: