Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DTPI rasmiy kanali
Nazar To‘raev uy-muzeyi barpo etiladi

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Nazar Yuldashevich To‘raev ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati davomida o‘zining jahonga mashhur ilmiy maktabini yaratgan inson.

O‘zbek xalqining buyuk olimi Nazar To‘rayevning boy ijodiy merosini o‘rganish,
nomini abadiylashtirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida
hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyevning 2025-yil 23-yanvar kunidagi 01-135-sonli xatiga asosan, Denov tuman “Chuqurqishloq” mahallasida Nazar To‘rayevning uy-muzeyi tashkil etilsin to‘g‘risida Denov tuman hokimining qarori qabul qilindi.

❇️ Ayni kunlarda uy-muzeyining barpo etilishi, eksponatlar bilan boyitish harakatlari amalga oshirilmoqda.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
O'zbekistonda modellashtirish maktabining asoschilaridan biri, ustozim, akademik Nazar Yo'ldoshevich To'raev ilm-fanning rivoji uchun ulkan hissa qo'shgan fidoyilardan hisoblanadi.
2025/07/05 23:37:53
Back to Top
HTML Embed Code: