Telegram Web Link
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Jumayev Ilhom IT sohasidagi yirik va nufuzli tadbirda DTPI nomidan ishtirok etdi!

📍 Tadbirda:

Raqamli texnologiyalar vaziri,

IT-Park, Uzum, TBC Bank, Mohirdev rahbarlari,

xalqaro tashkilotlar va IT mutaxassislari qatnashdi.


🇺🇿 Roadshow doirasida O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilgan ishlar, IT ekotizimi rivoji va raqamli kelajak haqida fikr almashildi.

📌 Tadbirga faqat taklifnoma asosida kirish mumkin bo‘lib, DTPI vakilining ishtiroki institutimiz uchun katta sharaf bo‘ldi.

🔗 Ko‘plab IT kompaniyalar bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi, kelajakdagi loyihalar bo‘yicha rejalar tuzildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍82🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-269-son Qarorining tegishli bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 1-sonli Talabalar turar joyi yozgi ta’til davrida arzonlashtirilgan (Xostel) mehmonxona xizmati yo‘lga qo‘yildi.

📌 Jumladan, mehmonxonamizda mehmonlarni yaxshi dam olishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, yumshoq yotoq o‘rni, bino ichki qismida hojatxona, yuvinish xonalari, ovqatlanish joylari va tashqi hududda sport maydonlari qolaversa mini futbol o‘yingohlari ham mavjud. Tumanimiz mehmonlarini ushbu arzonlashtirilgan mehmonxonamizda dam olib ketishlariga taklif etib qolamiz.


Manzil: Denov tumani “Qo‘zichoqli” mahallasi “Bog‘” ko‘chasi 112-uy manzilida joylashgan 1-sonli TTJ
Murojaat uchun: 99-754-3051, 99-925-8970


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍92😁1
#dolzarb_90_kun

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev Aniq va tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurib Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi qoshida tashkil etilgan "BIOLOGIYA" fani kursida tahsil olayotgan politexnikum va umumtaʼlim maktablari o'quvchilari bilan uchrashdi.

Rektor Prezidentimiz tomonidan talabalar va o'quvchi yoshlarni zamonaviy bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar haqida aytib, bunday sharoitlardan oqilona foydalanib kelajakda "Yangi O'zbekistonni" ilm-fan bo'yincha dunyoga tanitadigan yetuk kadr bo'lib yetishishni maqsad qilish kerakligini takidladi.


Uchrashuv so'ngida dars mashgʻulotlarida faol ishtirok etib kelayotgan Denov tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Ismoilova Durdona Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi Biologiya fanidan milliy sertifikatlarga ega bo'lganligi bilan tabriklab estalik sovgʻalarini topshirdi.

DTPI va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlik yuqori suratlarda davom etmoqda.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍103🔥3
Iqtisodiy oʻqish seminari tashkil etildi

🏛 Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 16-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻqish dasturi doirasida onlayn va oflayn shaklda seminar-trening oʻtkazildi.

📌 Seminar-treningda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektorlari va bo‘lim boshliqlari ZOOM dasturi orqali ishtirok etishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍12
2025/07/10 12:05:31
Back to Top
HTML Embed Code: