Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Yoshlar_Kuni

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida sport musobaqalar tashkil etildi

⚡️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlash maqsadida qator sport musobaqalari o‘tkazildi.

📌 Mazkur sport tadbirlarida institut rektori maslahatchisi O‘. Normurodov, fakultet dekani M. Toshboboyev, dekan o‘rinbosari A. Ibragimov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirok etdilar.


📚 Musobaqalar mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha tashkil etilib, har bir yo‘nalishda eng kuchli ishtirokchilar va jamoalar aniqlanib, rag‘batlantirildi. Tadbir davomida sog‘lom raqobat, sportga bo‘lgan qiziqish va jamoaviy ruh ayniqsa yuqori darajada namoyon bo‘ldi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sharhsiz #YoshlarKuni

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
5
"Dolzarb 90 kun"

"30-iyun — Yoshlar kuni" munosabati bilan rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, talaba-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni iqtidorini va istedodini yuzaga chiqarish hamda rag'batlantirish maqsadida, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📌
G'oliblar quyidagicha taqdirlandi:

1-o'rin. G'offorova Dilafruz Almatovna, 2-o'rin. Shamsutdinova Madinabonu Ashur qizi,
3-o'rin. O'rolova Umida Odil qizi va Denov tumanidagi 82-umumiy o'rta talim maktabi 3-sinf o'quvchisi Pirmatova Nasrina.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍82
2025/07/09 02:13:05
Back to Top
HTML Embed Code: