Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
📣 O‘zbek tilini o‘rganish endi yanada oson, qulay va bepul!

📱 “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan “O‘zbekistonlikmiz” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Bu o’zbek tilini yanada mukammal organishga ko’maklashuvchi, ko’plab darslik va oquv materiallarini oz ichiga olgan bepul mobil ilova.


Ilovadan barcha vatandoshlarimiz istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

Ilovani yuklab olish:
📱 Play market
📱 App store

🌐 Platforma orqali o‘rganish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉21
#dolzarb_90_kun

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “BEPRO NORMA” MCHJ o‘rtasida talabalarni milliy “1UZ buxgalteriya" dasturi bo‘yicha o‘qitish va sertifikatlashtirish masalalarida hamkorlik shartnomasi tuzildi. Tuzilgan shartnomaga asosan talabalar “1 UZ buxgalteriya” dasturida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish uchun 2 oy muddatida belgilangan dastur bo‘yicha institut o‘qituvchilari amaliy tartibda mashg’ulotlar olib borishdi.

📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va “BEPRO NORMA” MCHJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan “1 UZ buxgalteriya” dasturi bo‘yicha 1UZ mutaxassisi sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi va 55 ta sinovdan o‘tgan 4-kurs bitiruvchi talabalariga sertifikatlar topshirildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍8🔥21
#xushxabar
#sertifikat

DTPI Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari xalqaro va milliy darajadagi til sertifikatlariga ega bo‘lishdi!

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabalari:
Qarshiyeva Barchin — IELTS (B2) sertifikatiga;
Ravshanova Zebuniso — IELTS (B2) sertifikatiga ega bo‘ldi.

🔹 O‘zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo‘nalishi, 310-RT-2022 guruh talabasi:
🔸 Ochildiyeva Muxlisa — C1 darajadagi rus tilini bilish milliy sertifikatini qo‘lga kiritdi.

O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi, 204-O‘TA-2023 guruh talabalari:
Yodgorova Marjona — C+ darajadagi umumta’lim fanini bilish sertifikati
Abdumurodova Sevinch — B+ daraja
Sadriyeva Sitorabonu — B+ daraja
Choriyeva Gulmira — A darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishdi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍14🔥21🥰1👏1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥1
#qabul_2025
#jarayon

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori O.Ruziyev, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda qabul jarayoniga mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda qabul jarayonining ochiqligi, shaffofligi va adolatli tashkil etilishi bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

📌 Institut rahbariyati tomonidan abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, hujjat topshirish va maslahat xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Qabul komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hamda tizimdagi har bir bosqichni nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍102
2025/07/13 12:03:10
Back to Top
HTML Embed Code: