Telegram Web Link
#dolzarb_90_kun

📅 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” doirasida talabalar uchun qiziqarli va amaliy yo‘nalishga ega seminar-trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

🎓 Seminar “Lavanda oʻsimligi ekstraktini ajratib olish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda talabalar yangi texnologiyalar va jihozlardan foydalangan holda ekstrakt ajratib olish, hamda kimyoviy tarkibini tahlil qilish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.


👨 Ishtirokchilar asosan 60530100-Kimyo yoʻnalishi va 60710100-Kimyo muhandisligi talabalari bo‘lib bu mashgʻulot ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍51
#dolzarb_90_kun

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilab olindi.

🔸 Ushbu belgilangan topshiriqlar yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


🔹 “Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍8
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2025

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
#kun_hikmati

“O‘zida yo‘q narsalar uchun g’am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli kishilardir.”


✍️ Demokrit


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍71
#kun_tarixi

Bugun 5-iyul haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

🌏 Mehnatsevarlar kuni.
🇦🇷 Argentina – Bolalar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Sud xodimlari kuni.

#muhim_voqealar

🔹1687 – Isaak Nyuton “Natural falsafaning matematik asoslarini” nashr etdi.
🔹1841 – Tomas Kuk birinchi sayyohlik agentligini ochdi.
🔹1993 – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun.
🔹1994 – Xitoyda bolalar mehnati taqiqlandi.
🔹2016 – NASAning 2011-yilda uchirilgan “Yunona” kosmik kemasi Yupiterning qutb orbitasiga kirdi.

#tavalludlar

🔹1704 – Jek Broton – ingliz bokschisi, boksning birinchi qoidalarini tuzuvchi, boks qo‘lqopini ixtiro qilgan.
🔹1950 – Dilafro‘z Jabborova – raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1982 – Hatiche Tuba Buyukustyun – taniqli turk teatr va kino aktrisasi, model.
🔹1989 – Ixtiyor Navro‘zov – o‘zbek erkin kurashchisi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔬 Ilm-fan – taraqqiyot asosi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetiga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!


📚 Bu yerda tafakkur charxlanadi, ilmiy izlanishlarga yo‘l ochiladi va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Zamonaviy laboratoriyalar, bilimdon ustozlar va keng imkoniyatlar sizni kutmoqda!

🔹 Aniq fikrlash, ilmiy yondashuv va kasbiy ustunlik sari birgalikda qadam tashlaymiz!


🎯 Kelajagingizni ilm bilan yarating – biz bilan birga o‘qing, o‘rganing, rivojlaning!

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – aql, aniqlik va kashfiyot yo‘li!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Filologiya – bilim, til va ma’naviyat makoni!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetiga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!


FILOLOGIYA FAKULTETI :

📚Oʻzbek tili va adabiyoti
Ona tili va adabiyoti; rus tili
⚡️Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili


🔹 Milliy qadriyatlar, til boyliklari va adabiyot olamida o‘z o‘rningizni egallang!
🔸 Biz bilan o‘qing, izlaning va kelajakda yetuk mutaxassisga aylaning!

Filologiya fakulteti – kelajakni so‘z bilan bunyod etamiz!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Kelajagingizni pedagog sifatida bugun boshlang!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti 2025/2026 o‘quv yili uchun qabulni e’lon qildi!


📚 Bu yerda nafaqat bilim, balki qalb va tafakkur ham tarbiyalanadi. Bizning ustozlar — sizni haqiqiy yetakchi, o‘qituvchi va do‘stga aylantiradi.

🔹 Zamonaviy ta’lim metodlari va amaliy mashg‘ulotlar
🔹 Ilm-fan va ijod uyg‘unligi
🔹 Kelajak avlodni shakllantirish imkoniyati

Pedagogika fakulteti — inson qalbini yoritadigan maskan.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Kelajagingizni bugun boshlang!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetiga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!


📚 Zamonaviy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va muvaffaqiyatli kelajak sari dadil qadam tashlang! Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti — bu faqat nazariya emas, balki real hayotda qo‘llaniladigan bilimlar markazi!

🔹 Tajribali ustozlar
🔹 Innovatsion ta’lim muhiti
🔹 Bitiruvdan so‘ng keng imkoniyatlar


🎯 O‘z yo‘lingizni biz bilan boshlang – kelajak sizdan boshlanadi!

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti – g‘oya, yetakchilik va muvaffaqiyat yo‘li!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti sizni magistratura bo‘limiga o‘qishga taklif etadi! O‘zbekistonning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘z magistratura bo‘limiga yangi talabalarning qabulini e’lon qiladi!

📚 Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy o‘quv dasturlari asosida bilim olish imkoniyati.

🌍 Chetdan tashrif buyurgan iqtidorli olimlar bilan ilmiy izlanish va tajriba almashish.

🏫 Shinam o‘quv auditoriyalari, o‘ziga xos ilmiy muhit va zamonaviy texnologiyalar asosida darslar o‘tiladi.

🎓 Yangi kadrlar tayyorlashda ilg‘or metodikalar va innovatsion yondashuvlar orqali o‘quv jarayoni yanada sifatli va samarali bo‘ladi.

🎯 O‘zingizning ilmiy potentsialingizni rivojlantiring!

🎓 Kelajakka ilmiy yuksalishga qadam qo‘ying!

🚀 Denov TPI magistraturasiga keling, o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarish yo‘lida birinchi qadamni tashlang!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍62
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Kelajak sari birinchi qadam — bu to‘g‘ri tanlov!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti — bilim, imkoniyat va yutuqlar makoni!


📚 Zamonaviy ta’lim, tajribali ustozlar, amaliyotga boy yo‘nalishlar!
🎯 Tadbirkorlik, pedagogika, IT va boshqa sohalarda kuchli mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi? Unda biz bilan bo‘ling — kelajak shu yerdan boshlanadi!

📅 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
📍 Denov TPI — Siz orzu qilgan kasbga ilk qadam!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Orzularingiz DTPIdan boshlanadi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti — bu nafaqat o‘qish joyi, bu imkoniyatlar maydoni!


📖 Yangi bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va innovatsion yondashuvlar — barchasi siz uchun!
💼 Tadbirkor bo‘lishni xohlaysizmi? Yoki o‘qituvchi, IT mutaxassisi, lider? — Tanlov sizdan, yo‘l bizdan!
👨🏫 Har bir talaba — biz uchun kelajakning yaratuvchisi!

📌 2025/2026-o‘quv yili qabul jarayonlari boshlandi.
Denov TPI — bilim bilan hayotni o‘zgartir!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍5🤨1
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kibersport musobaqalari o‘tkazildi

⚡️ “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, yozgi ta’til vaqtida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tashabbusi bilan Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari hamkorligida kibersport musobaqalari tashkil etildi.

📌 Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning texnologik savodxonligini oshirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍8🔥2😁2🤔1
2025/07/12 02:33:52
Back to Top
HTML Embed Code: