Telegram Web Link
"Dolzarb 90 kun"

"30-iyun — Yoshlar kuni" munosabati bilan rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, talaba-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni iqtidorini va istedodini yuzaga chiqarish hamda rag'batlantirish maqsadida, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📌
G'oliblar quyidagicha taqdirlandi:

1-o'rin. 105-XT - Ahatova Dilshoda
2-o'rin. 109-XT - Toshqulova Mohichehra
3-o'rin. 310-XT - Saitova Shahnoza


✍️ DTPI Matbuot xizmati
7👍4
Тадбир якунида давлатимиз раҳбари яна бир бор ёшларга мурожаат қилди:

Ёшликда олинган билим – тошга ўйилган нақш, келажак учун пойдевор дегани. Пойдевор қанча мустаҳкам бўлса, ҳаётингиз, бахтингиз биноси шунчалик муҳташам бўлади.

Ёшликдаги ҳаракат келажакдаги ютуқ дегани. Ёшликда орттирилган дўст бир умрлик ҳамкор, таянч ва суянч дегани.

Ҳеч қачон унутманг, фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.

Мен бутун Ўзбекистон ёшлари ана шундай фазилатлар эгаси бўлишини тилайман!

Ишончим комил, биз кўп миллатли бутун халқимиз билан, сиз, азиз фарзандларим билан улуғ мақсадларимизга, албатта, етамиз! Янги Ўзбекистонни барчамиз биргаликда, албатта, барпо этамиз!”
.


🌐 https://www.tg-me.com/AOKA_Surxon
👍5
ARM kutubxonasiga

📚 DTPI Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Absahat Mamadiev “Kuzgu bug‘doy, g‘o‘za hosildorligiga biopreparatning ta’siri” nomli monografiyasidan 20 donasini, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Eshmamat Bobomurodov 5 nomdagi badiiy adabiyotlarni va 1 dona “Tojikiston Xalqaro konferensiyalar” to‘plami asarini ARM kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍8
Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!


Yurtimizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida yondashilayotgani, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar har birimiz uchun faxrli va mas’uliyatli jarayondir.

Siz aziz talabalarimiz — institutimiz faxri va g‘ururisiz! Ilm olish, kasb-hunar egallash, innovatsion g‘oyalar bilan chiqish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishingiz bizni quvontiradi. Sizga ishonamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz.


Shu bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, ilmiy yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz sari ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan har bir sa’y-harakatlaringizga omad yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak, aziz yoshlar!


Hurmat bilan,O.A. Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍107
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқида қайд этилган асосий натижа ва ютуқлар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқида илгари сурилган ташаббуслар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3👍1
Forwarded from Edu.uz
Aziz va qadrli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Yoshlar — har qanday jamiyatning tayanchi, kelajagining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Yurtimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlashga ega yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari yo‘lida doimiy harakat qilmoqda.

Bugungi kunda ta’lim va fan sohalarida bo‘layotgan keng ko‘lamli islohotlarning markazida aynan siz — bilimli, tashabbuskor, izlanuvchan yoshlar turibsiz. Ishonamizki, sizning g‘ayratingiz, mehnatsevarligingiz va fidoyiligingiz yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Yoshlar kuni barchamiz uchun quvonchli sana bo‘lib, har bir yigit-qizga yangi marralarni zabt etish, yuksak orzu va maqsadlar sari dadil intilish yo‘lida ilhom va kuch bag‘ishlasin!

Yurtimizning ertangi kuni — sizning qo‘lingizda! Sizga mustahkam sog‘lik, bilim yo‘lingizda omad, orzu-maqsadlaringizga yetishishda kuch-g‘ayrat tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31
2025/07/09 10:25:00
Back to Top
HTML Embed Code: