Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. Bugun malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlariga start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65839

#malaka_oshirish #matbuot_kotiblari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍71
Forwarded from Edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#qabul_2025

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Karimov Yoqub Ziyodullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qilish uchun ajratilgan binolarning holati, zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlanish darajasi hamda xavfsizlik choralari ko‘rilganligini joyida o‘rgandi.

📌 Mazkur tashrif davomida test sinovlarini yuqori saviyada va shaffof o‘tkazish maqsadida binolardagi sharoitlar, jumladan, videokuzatuv tizimlari, kompyuter va boshqa jihozlarning tayyorgarlik holati alohida ko‘rib chiqildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
5👍5🔥3🌚2
#dolzarb_90_kunlik

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori A. Bobonazarov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.

🔸 Mazkur sport tadbiri institutda jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Musobaqada fakultetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari va iste’dodlarini namoyon etdilar.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
6👍5
2025/07/08 13:26:20
Back to Top
HTML Embed Code: