Forwarded from Edu.uz
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
#Qabul2025 #Magistratura
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
#dolzarb_90_kun
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev va hamkor tashkilotlar ishtirokida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida harbiy sohaga qiziqishi bor bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida yoshlar uchun harbiy sohadagi imkoniyatlar, ish o‘rinlari va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔰 Maqsad bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash va harbiy sohaga qiziqishini oshirishga qaratilgan.
✍ DTPI Matbuot xizmati

👍7❤1🔥1💔1
E’LON
IT xizmatlar sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
“Ulug‘bek” jamg‘armasi qo‘shma qaroriga muvofiq, IT xizmatlari sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida, 2025-yil aprel oyidan boshlab quyidagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etildi:
• Animatsiya;
• 3D modellashtirish;
• O‘yin dizayni va GameDev asoslari;
• VFX Compositing;
• FX Simulation;
• Unreal Engine;
• Raqamli vizual san’at (Cinema 4D).
Bunda birinchi o‘quv yilida, tajriba tariqasida, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 800 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan.
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakllari bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli (akademik qarzdorliksiz) yakunlagan talabalar yuqoridagi yo‘nalishlarga https://creativetech.uz veb-sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.
Tanlov bosqichlari quyidagilardan iborat:
• Onlayn test – 20 ta savol, har bir savolga 1 daqiqa 30 soniya vaqt beriladi;
• Portfolio – Qabul komissiyasi tomonidan talabgorga tegishli ishlar va loyihalar ko‘rib chiqiladi;
• Suhbat – Qabul komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish 24 hafta davom etadi va “Blended Learning” — aralash ta’lim texnologiyasi (onlayn va oflayn shaklda) asosida tashkil etiladi.
✍️ DTPI Matbuot xizmati

❤5👍2💔1
⚡️ Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.
🎓 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
🔹 Ta’lim grantiga talabgorlar ushbu havola https://dtpi.uz/talim-granti-tanlovi-uchun-ariza-topshirish/ orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.
🗺 Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
❗️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
❌ Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.
💬 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona
+998 76 228 08 27
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

👍6❤2🥰2💔2😢1
#dolzarb_90_kun
#ichki_turizm
⚡️Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan muqaddas maskan — “Langar ota” ziyoratgohiga sayohat amalga oshirildi.

📌 Ushbu sayohat “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida tashkil etilib, ma’naviyatni yuksaltirish, ruhiy-ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishish, yoshlarga ijobiy namuna bo‘lish maqsadida tashkil etildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍10❤2💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – taraqqiyot dushmani
🛑 Korrupsiya – bu nafaqat qonunni buzish, balki jamiyat va oila poydevoriga ham zarba beruvchi illatdir.
❗️ Ushbu rolikda siz:
🔍 Korrupsiya qanday qilib inson sha’nini yemirishini,
👨👩👧👦 Poraning oddiy bir harakat emas, balki butun oilaning kelajagiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini,
⚖️ Halollik – farovon hayotning yagona yo‘li ekanini chuqur anglaysiz.
📺 Ekrandagi har bir kadr, har bir voqea — bu hayotdan olingan saboq. Poraga qo‘l urgan inson faqat o‘zini emas, farzandining ishonchi, turmush o‘rtog‘ining hurmati va ota-onasining yuzi oldida javobgar bo‘ladi.
📢 Bugun halol bo‘lish – ertaga farzandimizga toza jamiyat qoldirish demakdir!

👍8💔1
IJODIY IMTIHONLAR
✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
💬 Ayni paytda, imtihonlarning 1-kuni, qabul komissiyasi a'zolari tomonidan abituriyentlarning hujjatlari tekshirilib, maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda imtihon xonalariga kuzatilmoqda.
✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
🖌 DTPI matbuot xizmati

👍13🔥2❤1