Telegram Web Link
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

📚“KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilindi!

Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha @elzodauktamqizi Telegram manzili orqali qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi. Tanlov tashkilotchisi Shahrisabz davlat pedagogika instituti.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar (jami 20 nafar) ijodkor bir million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📚 Yana 20 nafar ishtirokchi “Izlam” to‘plami bilan rag‘batlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!

📚 Shuningdek, 100 nafar rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o‘ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.

🎉 Barcha g‘oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so‘lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Prezidentimiz tomonidan yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida bugun Uzun tumani 2-sonli politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan "Qandolatchilik klasteri" ishga tushirildi. Loyiha doirasida har yili 3 ming nafar xotin-qizga qandolatchilik va pazandachilik sir-asrorlari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, klasterda qandolat mahsulotlari va milliy shirinliklar ishlab chiqarish hamda sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, klaster faoliyati, ish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha yoshlar, ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida "Target International School" MCHJning ta’lim klasteri tashkil etish bo‘yicha loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari tashrif davomida "Janub gavhari" oromgohida bolalarning yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi rekonstruksiyasi hamda 18-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Mutasaddilarga bolalarni mazmunli va xavfsiz dam oldirishni ta’minlash, ta’lim muassasalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vazifalar topshirildi.

Surxondaryo.uz
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍71👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#OAV_biz_haqimizda
#dolzarb_90_kun

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun 9-10-11-iyul kunlari o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari “ISHONCH” telekanalining “TAFSILOT” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
5👍4🔥1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 13-iyul kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun futbol mashgʻulotlari tashkil etildi

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi, futbol murabbiyi Badalov Diyor tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tumandagi mahalla yoshlari bilan amaliy futbol mashgʻulotlari o‘tkazildi.

🔸 Mazkur tashabbus yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida yoʻlga qo‘yilgan boʻlib, mashgʻulotlarda mahalla yoshlari faol va ishtiyoq bilan qatnashmoqda.


Mashgʻulotlar davomida:
▪️ Futbolning texnik va taktik asoslari oʻrgatilmoqda;
▪️ Ichki musobaqalar hamda turli sport turnirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🔹 Bunday tashabbuslar nafaqat sport salohiyatini oshirish, balki yoshlarni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


DTPI Matbuot xizmati
👍51🔥1
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!

Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.

Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.

Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.

Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥2
📌 Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari har kuni ikki smenada:

🚩-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
🚩-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📝 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

🚩-smenada 07:30 ga qadar;
🚩-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

🚩Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barchangizga omad!

🖊 @OTM_BLOK_TESTSbot orqali ertaga bo'lib o'tadigan imtihonlarga maxsus tayyorgarlik ko'ring!

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Hurmatli abituriyentlar! Azizu muhtaram yoshlar!

Yurtimizda bilimli, fidoyi va tashabbuskor avlodni tarbiyalash yo‘lida har bir qadam muhim ahamiyatga ega. Mana, siz ham hayotingizdagi muhim bosqich – kirish imtihonlari oldidasiz. 14-iyuldan boshlab Respublikamiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi. Bu sinovlar sizning yillar davomida olgan bilimlaringiz, mehnatingiz va intilishingiz natijasini namoyon etadi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan har biringizga yuksak ishonch va katta omad tilayman. Imtihon jarayonlari qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi. Barcha texnik va tashkiliy masalalar puxta rejalashtirilgan. Sizlardan esa faqat diqqat, o‘ziga ishonch va tartib-intizom talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz: imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani unutmaslik, belgilangan joyga kamida bir soat oldin yetib kelish zarur. Bu sizga o‘zingizni tayyor va xotirjam his etishingizga yordam beradi.

Aziz yoshlar, imtihonlardan qo‘rqmang. Sizni aldamoqchi bo‘lgan, yolg‘on va’dalar bilan ishontirmoqchi bo‘lgan shaxslardan ehtiyot bo‘ling. Unutmang – chinakam yutuq faqat halol mehnat va bilim bilan qo‘lga kiritiladi.

Yorug‘ niyat bilan kirayotgan bu sinovda sizga kuch-g‘ayrat, sabr va omad tilayman. Intilgan maqsadingizga yeting, orzu qilgan oliy ta’lim muassasasida o‘qish baxti nasib etsin!

Hurmat bilan,
Oybek Ruziyev,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

DTPI Matbuot xizmati
👍127🔥5👏5
2025/07/14 00:16:45
Back to Top
HTML Embed Code: