Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Xatlovdan lavhalar

📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuzаtib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr sohasi va ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tashkilotda odob-axloq qoidalari – doimo e’tiborda!


🇺🇿 Davlat tashkilotlarida faoliyat ko'rsatuvchi xodimlar xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga bo‘lgan hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi zarur.

🇺🇿 Xodim o‘z xizmat faoliyatida nafaqat vazifalarini bajarishi, balki fuqarolar bilan muloqotda ham odob-axloq qoidalariga amal qilishi shart.
Jumladan:

➡️ fuqarolarga xushmuomala, hurmatli va xolis bo‘lish;
➡️ murojaatlarga e’tibor bilan, sabr-toqatli yondashish;
➡️ shaxsiy manfaatlarni emas, davlat va jamiyat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish;
➡️ korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
➡️ o‘z faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
➡️ xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish.


🛡 Tashkilot xodimining muomala madaniyati fuqarolarda davlat organlariga nisbatan hurmat va ishonchni mustahkamlaydi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Xatlov jarayonlari OAV nigohida

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida” gi qonuni ijrosi Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining doimiy nazoratida.

▶️ Tafsilotlar "NavoiyMTRK" telekanalining "Diyor24" informatsion dasturida.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi takomillashtiriladi


🇺🇿 “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–172-son, 12.09.2025 y.) qabul qilindi.


🔰 Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

◼️ tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;

◼️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.


🇺🇿 Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

🗓 Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:

◼️ O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30 yil;

🔸 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25 yil.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari

▶️ Identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan kuni, oyi, yili, shaxsiy identifikatsiya raqami, fuqaroligi, yashash joyi; yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik raqami va sanasi, yakka tartibdagi tadbirkorning tug‘ilgan kuni, oyi, yili, soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami, yuridik shaxs joylashgan yerining yoki yakka tartibdagi tadbirkor yashash joyining manzili.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar

🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etamiz.

💮 Olot tumani – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarix bu nom haqida nima deydi?

◼️Olot so‘zi - "Olov" ma'nosidan olinganmi?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🏠 Bir xarakatda Noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xabardormisiz ?

📲Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirib ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz mumkin.

💳 Ko'rsatilgan xizmat uchun umumiy maydoniga qarab

▪️Davlat ro'yxatidan o'tkazishda BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha
▪️Kadastr pasporti shakllantirishda BHMning 1 baravaridan 80.5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undiriladi.

🕔 Xizmat ko'rsatish muddati:

Kadastr pasportini shakllantirish
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
2 ish kunigacha.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori


#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I FacebookI Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Top-10 ilg‘or kadastrchilar!


⭐️🌟Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yuritayotgan fidoiy, o‘z kasbiga sadoqatli mutaxassislarni e’tirof etish maqsadida avgust oyida xatlov ishlari natijasi bo'yicha “Top-10 ilg‘or kadastrchilar” aniqlandi!

✔️Ular o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyati va yuksak natijalari bilan quyidagi ko'rsatkichlar orqali respublika bo'yicha "Top-10"talikka kirib, Davlat kadastrlari palatasining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

📊 Bir oy davomida ular mazkur ko'rsatkichlarda obyektlarni xatlovdan o‘tkazib, UZKAD axborot tizimida faollashtirdilar:
1️⃣ Xazratqulov Samandar Ilxom oʻgʻli, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, 175 ta.
2️⃣ Totliboyev Zehniddin Muhiddin oʻgʻli. Navoiy viloyati, Nurota tumani 136 ta.
Xolmatov Bobir Raximovich. Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani, 136 ta.
3️⃣ Istatov Jamshid Ergashevich. Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, 128 ta.
4️⃣ Soybnazarov Uktam Botirovich. Jizzax viloyati, Zomin tumani, 127 ta.
5️⃣ Shoturayev Odil Xusanovich, Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 124 ta.
6️⃣ Tillayev Zuxriddin Xusniddin oʻgʻli. Namangan viloyati, Chust tumani, 122 ta.
7️⃣ Ulashov Abbos Roʻzi oʻgʻli. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 118 ta.
8️⃣ Iskandarov Jaxongir Shokirjon oʻgʻli. Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, 115 ta.
Ismailov Otabek. Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, 115 ta.
Amirqulov Zavqiy Yusupovich, Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 115 ta.
9️⃣ Axmadjanov Foziljon Olimjon oʻgʻli. Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, 112 ta.
🔟 Tolibjonov Homidjon Turdializoda. Fargʻona viloyati, Soʻx tumani. 111 ta.
Mamathoʻjayev Ikromjon Xalim oʻgʻli. Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri, 111 ta.


🇺🇿 Fidokorona mehnati bilan ajralib turgan barcha kadastr muhandislariga minnatdorchilik bildirgan holda, ular bilan faxrlanishimizni e'tirof etamiz.

#DavKadastrPalata  #top10_kadastrchilar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Muborak tumani namunaviy arxivi


🌟 Davlat kadastrlari palatasida “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi asosida 21 ta filiallarining idoraviy arxivlarini moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va zamonaviy arxiv jihozlari bilan ta’minlash ishlari olib borilgan. Shundan 17 ta filial idoraviy arxivlarida zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

➡️ Ular qatorida Qashqadaro viloyati Muborak tumani filialining idoraviy arxivida saqlanayotgan 23 262 ta (21 100 turar, 2 162 noturar) kadastr yig‘majildlarining mavjudligi va holatini tekshirish ishlari davomida bugungi kunda 12 048 ta hujjatlar raqamlashtirildi.

#DavKadastrPalata  #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr sohasi va ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat reestri nimalardan iborat?


🌏O'zbekiston Respublikasi 803-sonli qonuni 23-moddasiga asosan davlat reyestri ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir.

➡️ Batafsil: Infografikada

#DavKadastrPalata  #Qonun #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Yer resurslaridan samarali foydalanishda yangi qadamlar


🌏 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli Farmoni bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi joriy etiladi.

➡️ Batafsil: "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚖️ Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarilishi statistikasi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yer uchastkalarini auksionga chiqarish ishlari shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

📊 Mazkur infografika orqali Respublika miqyosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarilishi statistikasi haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaffof va korrupsiyasiz tizim – taraqqiyot garovi


⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tizimida ish unumdorligi va faoliyat samaradorligini oshirish bevosita shaffoflik va halollik tamoyillariga tayanadi. Shu bois hududiy boshqarmalarda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, xodimlarga:

▫️korrupsiyaning oldini olish,
▫️xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish,
▫️fuqarolarga ochiq va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.

🎛Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tizimda o'tkazilgan profilaktik tadbirlar:

Farg'ona viloyati
Namangan viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Xorazm viloyati



#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtdoshlarimiz orzulari ushalgan damlar


🌏O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun asosida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etish davom etmoqda. Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ham Davlat kadastrlari palatasi kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari o'z samarasini berdi. Xususan:

✔️Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida 1 017 nafar fuqarolarning;
✔️Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida 370 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va bino inshootlariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

📄 Mazkur jarayonni sifatli amalga oshirishda kadastr xodimlarining mashaqqatli mehnatini alohida ta’kidlash joiz. Ularning tizimli ishlari natijasida tartib bosqichlaridan so‘ng ko‘chmas mulkka oid huquqlar eʼtirof etilib, fuqarolarga qulaylik yaratilmoqda.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2💯1
2025/10/27 03:37:35
Back to Top
HTML Embed Code: