Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlari va natijalari

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Jarayonning quvonchli natijasi esa yurtdoshlarimizning mulkka bo'lgan huquqlari e'tirof etilganida yanada ko'zga tashlanmoqda.

➡️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🟣 Toshkent viloyati
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Namangan viloyati
🟣 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟣 Andijon viloyati
🟣 Qashqadaryo viloyati
🟣 Buxoro viloyati
🟣 Xorazm viloyati


#DavKadastrPalata #xatlov2025


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Noturar obyektlarini turar joy obyektlari toifasiga o‘tkazish
tartibining alohida jihatlari


🇺🇿 Hukumatning 03.09.2025dagi “Yer uchastkalarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish va kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 559-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022dagi 200-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentiga kiritilgan o‘zgartirishlar.

Noturar obyektni turar joy toifasiga o‘tkazishda:

▪️ixtisoslashishi o‘zgartirilgan obyektning foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligi;

▪️noturar joy avariya holatida emasligi;
▪️turar joyga o‘tkazilayotgan xona bino yerto‘lasi yoki yarim yerto‘lasida joylashmaganligi;
▪️turar joyga o‘tkazilayotgan xonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, yondosh turar joy yoki noturar joylardan to‘liq izolyatsiyalanganligi;
▪️xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq ekanligi;
▪️noturar joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq yo‘qligi yoki ushbu noturar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi (ipoteka bundan mustasno);
▪️zarur sanitariya-gigiyenik uzellar yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
▪️markazlashtirilgan kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda xonaga biriktiriladigan yer uchastkasining maydoni turar joy xonasidan, shuningdek, biriktiriladigan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan boshqa mulkdorlarga tegishli turar joylardan oqova suv va hojatxona uchun mo‘ljallangan o‘ralardan sanitariya normalariga muvofiq masofada joylashganligi;
▪️xonaning mavsumiy va vaqtincha yashash uchun mo‘ljallanmaganligi;
▪️xonaning bozorlar va boshqa savdo markazlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashmaganligi;
▪️to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan umumiy ovqatlanish obyekti, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilyonlar, yozgi ochiq estrada, kinoteatrlar, raqs maydonchalari, 500 o‘ringacha bo‘lgan yopiq kinoteatrlar, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan portlovchi, yonuvchi va kimyoviy vositalar saqlash omborxonalari, angarlar, kioskalar, bostirma toifasidagi obyekt emasligi;
▪️ijtimoiy soha obyektlarida joylashmaganligi;
▪️ko‘p kvartirali uylarni qayta rejalashtirish va rekonstruksiya qilishda qo‘shnilarning yoki boshqa uchinchi shaxslarning umumiy mulkdan foydalanish bilan bog‘liq huquqlari buzilmasligi hamda ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yuzaga kelmasligi;
▪️shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi.


#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев АҚШдаги ватандошлар билан учрашди.

Президент Шавкат Мирзиёев встретился с соотечественниками в США.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ohangaron tumani namunaviy arxivi


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasida “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi asosida 21 ta filiallarining idoraviy arxivlarini moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va zamonaviy arxiv jihozlari bilan ta’minlash ishlari olib borilgan. Shundan 17 ta filial idoraviy arxivlarida zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

Mana shunday “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi asosida Ohangaron tumanida ham idoraviy arxiv xonasi zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

➡️ Hozirda Toshkent viloyati Ohangaron tumani filialining idoraviy arxivida 18 858 ta yakka tartibdagi turarjoy obyektlari hamda 3 662 ta ko'p qavatli turajoy obyektlari, 2 932 ta noturar joy obyektlariga tegishli bo'lgan kadastr yig‘majildlari saqlanmoqda.

#DavKadastrPalata  #arxiv #Toshkent_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿📣📣📣📣

DIQQAT E'LON


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyat olib boradigan axborot tizimlarida texnik nosozlik sabab profilaktika ishlari olib borilmoqda. Shu boisdan tizim orqali ma’lumot almashinuvida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

➡️ Hozirda olib borilayotgan texnik profilaktika ishlari tez orada yakunlanib, tizim yana muayan ish tizimiga o‘tishini ma’lum qilamiz.

Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #profilaktik_ishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

⭐️Kadastr agentligining ma'lumotlar markazi (DATA CENTER)da navbatdan tashqari texnik (profilaktika) ishlari olib borilishi munosabati bilan kadastrga oid elektron davlat xizmatlarida hamda Davlat organlari va tashkilotlarning ko‘chmas mulk ma’lumotlari bilan ishlovchi axborot tizimlari o‘rtasidagi veb-xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

🟢Texnik ishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.

#Kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoro tumanida sayyor qabul


⚡️ Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov boshchiligida aholining murojaatlarini o'rganish va ularga ijobiy yechim berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

✍️ Mazkur sayyor qabulda 20 ga yaqin fuqarolar murojaati bilan ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tgan bo'lib, ularning aksariyati ayni damgacha ko'rib chiqildi. Murojaatlardagi masalalari yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi.

➡️ Sayyor qabullar aholining murojaatlarini bevosita eshitish, muammolarni o‘rganish va ijoyida hal qilish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan diqqat bilan ko‘rib chiqilmoqda.

#DavKadastrPalata  #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-son qonunning 23-moddasiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🟣 Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
🟣 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
🟣 viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
🟣 boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
🟣 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🟣 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
🧠 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

#DavKadastrPalata  #e_tirof

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim


📃 Kadastr pasportini rasmiylashtirishda ushbu holatlarda davlat xizmatlari uchun yig‘imlar undirilmaydi:

➡️ Obyektga avvaldan pasport berilgan va hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa;

➡️ Mulkning bir qismi sotilganda qolgan qismiga nisbatan;

➡️ Obyekt turi rekonstruksiyasiz o‘zgarganda;

➡️ Pasport yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, lekin ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan bo‘lsa;

➡️ Aholi punktlari nomi yoki chegaralari o‘zgarganda, rekonstruksiya bo‘lmasa.

#DavKadastrPalata  #xizmatlar #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sirdaryo tumanida fuqarolar bilan muloqot


🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Sh.Olimov boshchiligida kuni kecha, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida aholining kadastr sohasiga oid muammo va takliflarini tinglash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra kadastrga oid murojaatlarni joyiga chiqqan holda, fuqarolar bilan yuzma yuz o‘rganilishi ijobiy natijalarini bermoqda.

✍️ Qabul davomida 45 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning 30 tasi ijobiy hal qilindi, o'rganish talab etiladigan masalalar bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

➡️Sayyor qabulda aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud taklif va fikrlarini inobatga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

#DavKadastrPalata  #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasi tizimida “Xon Atlas” oyligi doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Milliy qadriyatlarimiz, betakror an’analarimiz va o‘ziga xos madaniyatimizni keng targ‘ib etish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarma hamda filiallarida “Xon Atlas” oyligi doirasida tadbirlar tashkil etildi. Unda ayollarimiz milliy liboslarda ishtirok etib, yurtimizning boy madaniy merosi, xalqimizning nozik didi va milliy san’atini yana bir bor namoyon etdilar.

“Xon Atlas” milliy liboslarimizning nafaqat go‘zalligini, balki qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unligini ifodalaydi. Ushbu tashabbus xodimlarimiz qalbida faxr, g‘urur va milliy o‘zligimizga bo‘lgan e’tiqodni yanada mustahkamlaydi:

🔄 Qashqadaryo viloyati
🔄 Navoiy viloyati
🔄 Toshkent shahar
🔄 Surxondaryo viloyati
🔄 Andijon viloyati
🔄 Namangan viloyati
🔄 Sirdaryo viloyati
🔄 Samarqand viloyati
🔄 Farg'ona viloyati
🔄 Qoraqalpog'iston Respublikasi


#DavKadastrPalata #xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🤝1
2025/10/23 03:56:36
Back to Top
HTML Embed Code: