Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrchi ustozlarimizga ehtirom


⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda faoliyat ko‘rsatayotganiga 25 yildan oshgan, shogirdlariga o‘rnak va namuna bo'lgan 74 nafar kadastrchilar taqdirlanishdi. Boshqarma va filiallarda o'z bilimi hamda sohada ko'p yillardan beri sidqidildan mehnat qilib e'tiborga tushgan kadastrchilarga alohida ehtirom ko'rsatildi.

🇺🇿 Shuningdek, respublikamizning barcha viloyatlarida sohada faoliyat yuritayotgan hamda fahriy bo'lgan ustozlar uchun tashkil etilgan uchrashuvlar- qizg‘in xotiralarga boy bo‘lgan suhbatlarga ulandi. Faxriy ustozlar holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashildi hamda birga ishlagan avvalgi hamkasblar bilan bir dasturxon atrofida diydorlashishdek quvonchli lahzalar taqdim etildi:

🟣 Buxoro viloyati
🟣 Navoiy viloyati
🟣 Surxondaryo viloyati
🟣 Toshkent shahar
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Qashqadaryo viloyati
🟣 Toshkent viloyati
🟣 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟣 Xorazm viloyati
🟣 Andijon viloyati
🟣 Namangan viloyati


💐 Aziz ustozlar, qadrli kadastrchi faxriylarimiz Siz bergan o‘gitlaringiz doimo biz uchun qadrlidir. Davlat kadastrlari palatasi jamoasi Sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga farovonlik, qivonchli kunlaringiz ko'p bo'lishini tilaydi.

#DavKadastrPalata  #ustozlar #bayram_tantanalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

Joriy
yilining 30-sentabr soat 21:00 dan 2-oktabr soat 9-00ga qadar⭐️Kadastr agentligining ma'lumotlar markazi (DATA CENTER)da navbatdan tashqari texnik (profilaktika) ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.

🟢Texnik ishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.

#Kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli va fidoiy ustozlar!


💐 "1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Siz aziz ustozlarimizni muborakbod etamiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, fidoyiligingiz, yurtimiz kelajagi uchun qilayotgan xizmatlaringiz beqiyosdir. Ustozlik — bu faqatgina bilim berish emas, balki qalbga nur, ko‘ngilga ishonch, hayotga yo‘l ko‘rsatishdir.

📚 Sizlarning har bir so‘zlaringiz — ibrat, har bir amalingiz — saboqdir. Bugungi kunda o‘z bilimini xalqiga bag‘ishlagan, kelajagimiz bunyodkorlarini tarbiyalayotgan barcha ustozlarga chuqur ehtirom izhor etamiz.

🌟 Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi jamoasida yuksak bilimga ega, katta hayotiy tajribasi bilan o‘z shogirdlariga namuna bo‘layotgan soha a’lochilari, professorlar, fan doktorlari faoliyat yuritib kelayotgani va ularning soni yildan yilga oshib borayotgani qalblarda chuqur faxr tuyg'usini uyg‘otadi.

🌹 Sizlarga sihat-salomatlik, mashaqqatli mehnatingizda bardavom yutuqlar tilaymiz. Har doim shogirdlaringizning mehr va hurmati, el ardog‘ida yashash nasib etsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Ehtirom ila,
Davlat kadastrlari palatasi jamoasi


#DavKadastrPalata  #ustozlar #bayram_tabrigi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonunchilikda 2025-yil, 1-oktabrdan nimalar o'zgarmoqda?!

➡️ Davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT "Xalq banki" tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

➡️ O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

➡️ “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” platformasida ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan ayrim mexanizmlar joriy qilinadi.

➡️ Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Odil sudlov akademiyasining 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi.

➡️ Davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.

➡️ 2025-yil 1 oktabrdan 2026-yil 1 oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

➡️ Moped va skuterni boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talab etiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Fuqarolarimizdan kelib tushadigan savollar orasida ko‘p uchraydiganlariga mutaxassislarimizdan javob taqdim etamiz.

⁉️ Kadastr muhandislari faoliyati qanday amalga oshiriladi?

➡️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan Davlat kadastrlari palatasining kadastr muhandislari tomonidan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🟣 Toshkent viloyati
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟣 Xorazm viloyati
🟣 Surxondaryo viloyati
🟣 Sirdaryo viloyati
🟣 Toshkent shahar
🟣 Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Kadastr pasportini tayyorlash uchun berilgan buyurtmani bekor qilinish sabablari


📃 Kadastr pasportini tayyorlash tartiblarini o‘rganganingizda bu xizmat uchun berilgan arizalarni bekor qilish sabablarini ham bilishingiz juda zarurdir.

✔️ Zero, har bir obyekt uchun tayyorlanadigan kadastr pasporti qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi shart.

#DavKadastrPalata  #rad_sabablari #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshiriladi



🇺🇿 Hukumat qarori (613-son, 30.09.2025 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, ijaraga oluvchi faqat qonunchilikda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga olgan holda kredit berish tartibi kredit tashkiloti tomonidan ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilanadi.

📋 Kredit tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijaraga berish muddati va yer uchastkasining bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi.

Bunda garovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ijara huquqi muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

🌟 Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yuvchi tugatilganda, garovga oluvchi garov narsasiga muddatidan oldin undiruv qaratish huquqiga ega.

#DavKadastrPalata  #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar


Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish — ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berishdir.

▫️ Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Xatlov ishlari OAV nigohida


🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonuni doirasida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan hududlarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

▶️ Tafsilotlar "TARAQQIYOT TV" hamda "Qaraqalpaqstan MTRK" telekanallari dasturida.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr va unda ko'rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/21 19:52:27
Back to Top
HTML Embed Code: