Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg‘onada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi


🇺🇿 Kuni kecha, Farg‘ona viloyatida o‘tgan sayyor qabuldan so‘ng, viloyat kadastrchilarining faoliyatini ham o‘rganishga kirishgan Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev O‘RQ-937 bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kadastr xizmatlari uchun kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilishi sabablari bo‘yicha tekshiruv natijalari yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.

◼️ Shundan so‘ng, palata rahbari masalalarni joyiga chiqqan holda o'rganish, ish ustida ko‘rish niyatida Yozovon va Dang‘ara tumanlarida bo‘ldi. Filiallarning kadastr muhandislari, mas’ullari bilan uchrashib xatlovdagi e’tiborli jihatlar, obyektlarni tizimga kiritishdagi tahlil qilish lozim bo‘lgan ayrim masalalarga e’tiborini qaratdi, mutaxassislarning ham fikrlari bilan qiziqdi.

📝 Shuningdek, tashrif davomida Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosi bo‘yicha hamda "Andijon viloyati misolida yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish" yuzasidan tuzilgan shtablar faoliyati bilan tanishilib, amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

#DavKadastrPalata #rais_o_rganishlari #Farg_ona

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Talabalar sohaga oid muhim ma'lumotlar bilan tanishdilar


🌟Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Milliy universitetining “Geografiya va geoaxborot tizimlari” fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasining “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun navbatdagi o'quv mashg‘ulot tashkil etildi.

➡️ Mashg‘ulot davomida talabalar Ko‘chmas mulk kadastriga oid asosiy qonunlar va huquqiy hujjatlar? ularni yuritish tartibi va elektron axborot tizimlari va Davlat yer kadastri, bino va inshootlar reyestri, xususiy mulkga oid huquqiy asoslari kabi masalalar bilan tanishdilar.

#DavKadastrPalata #o_quv_darslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kоrrupsiya bu shaxsiy jinoyatdan jamiyat xiyonatigacha


🎛Kоrrupsiya – bu oddiy o'g'rilik emas. Bu faqat bir shaxsning qing'ir ishi emas. Bu butun jamiyatga qarshi qilingan jinoyat!

📌Kоrrupsiya, aslida, xalqning kelajagiga qilingan xiyonatdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga doimo qarshi!!!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qishloq xo‘jaligida yangi bosqich!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF–172-son Farmoni — yerdan oqilona, samarali va uzluksiz foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.

➡️ Avval xabar berganimizdek, endilikda bo‘sh yerlar qisqa muddatda Davlat yer kadastrida hisobga olinib, 10 kun ichida elektron auksion orqali sotuvga chiqariladi — bu to‘liq shaffoflik va tenglikni kafolatlaydi.
◼️ Farmon orqali ijarachilarga yerning bir qismini qonuniy tarzda qayta ijaraga berish huquqi yaratilgani haqidagi ma'lumot to'liqroq videoda.

#DavKadastrPalata #PF_172

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalarni rad etilish sabablari


📃 Qonuniy hujjat – mulkingiz kafolatidir. Shuning uchun mulkka bo'lgan huquqni belgilovchi hujjatingiz qonuniy bo'lishi lozim. Ariza berdingiz ammo ba’zi xatoliklar yoki qonuniy talablar tufayli arizangiz rad etilishi mumkin.

✔️ Hujjatlarni to‘liq va aniq taqdim etish, tartib-qoidalarga rioya qilish – mulk egasi sifatida sizning vaqtingizni ham tejaydi.

To‘g‘ri yondashuv – kafolatli natija!

➡️ Bundan avval Kadastr pasportini shakllantirish uchun kelib tushgan arizalarga ayrim hollarda rad javobi berilgani sabablari bilan tanishtirib o‘tgan edik.

#DavKadastrPalata #rad_sabablari #bilishingiz_muhim

—————————

Причины отказа в государственной регистрации прав на недвижимость

📃 Правоустанавливающий документ - является гарантией вашего имущества. Поэтому ваш документ, подтверждающий ваши права собственности, должен быть законным. Вы подали заявку, но она может быть отклонена из-за каких-либо ошибок или юридических требований.

✔️ Полная и правильная подача документов, соблюдение процедур — также экономит ваше время как собственника недвижимости.

Правильный подход — гарантированный результат!

➡️ Ранее мы знакомились с причинами, по которым в некоторых случаях отклонялись заявления на формирование кадастрового паспорта.

#Государственнаякадастроваяпалата #причины_отказа #важно_знать

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Kadastr hujjatlarini olishda imkoniyat va imtiyozlar

⭐️🌟 Kadastr tizimi vakillari tomonidan yer hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida aholiga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida "O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida batafsil tushuntirishlar berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 13-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 766 064 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

◼️ Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr va unda ko'rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Top-10 ilg‘or kadastrchilar!


⭐️🌟Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yuritayotgan fidoiy, o‘z kasbiga sadoqatli mutaxassislarni e’tirof etish maqsadida 2025-yil, sentabr oyida xatlov ishlari natijasi bo'yicha “Top-10 ilg‘or kadastrchilar” aniqlandi!

✔️Ular o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyati va yuksak natijalari bilan quyidagi ko'rsatkichlar orqali respublika bo'yicha "Top-10"talikka kirib, Davlat kadastrlari palatasining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

📊 Bir oy davomida ular mazkur ko'rsatkichlarda obyektlarni xatlovdan o‘tkazib, UZKAD axborot tizimida faollashtirdilar:
1️⃣ Abdurahmonova Madina Shokir qizi. Navoiy viloyati Karmana tumani, 145 ta.
2️⃣ Isaqov Bobomurod Olimjon oʻgʻli. Toshkent viloyati, Chinoz tumani 138 ta.
3️⃣ Usanov Nosirjon Ergashevich. Surxondaryo viloyati, Angor tumani, 130 ta.
4️⃣ Mamatahujayev Ikromjon Halim o‘g‘li. Farg'ona viloyati, Quvasoy shahri, 128 ta.
5️⃣ Arapov Alibek Zaydullayevich. Toshkent viloyati,Yangiyo'l shahri, 121 ta.
6️⃣ Iskandarov Jahongir Shokirjon o‘g‘li. Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, 119 ta.
7️⃣ Nigmatov Bekzod Asomidinovich. Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani, 118 ta.
8️⃣ Eshmamatov Jaloliddin Abdusattorovich. Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, 117 ta.
9️⃣ Shoturayev Odil Husanovich. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 116 ta.
🔟 Boyturayev Salohiddin Bоhriddin o‘g‘li. Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani, 112 ta.


🌹Ushbu top 10-talikning sardori - ayol kadastrchimiz ekanligi va u respublika bo'yicha ilg'orlikni egallaganligi alohida e'tirofga loyiqdir.

🇺🇿 Fidokorona mehnati bilan ajralib turgan barcha kadastr muhandislariga minnatdorchilik bildirgan holda, ular bilan faxrlanishimizni e'tirof etamiz.

#DavKadastrPalata  #top10_kadastrchilar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr — xonadon tarixi va kelajagini bog‘lovchi ko‘prik

🌟 Har bir xonadonning o‘z tarixi va kelajagi bor. Ana shu bog‘liqlikni ta’minlab beradigan eng muhim vositalardan biri — kadastr tizimi hisoblanadi.

🌐 Raqamli kadastr tizimi: Yangi bosqich

➡️ Hozirda 40 dan ortiq turdagi kadastr xizmati elektron tarzda ko‘rsatilmoqda, ularning 17 tasi esa davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etiladi.

Batafsil maqola:
📰 uza.uz — Kadastr: Xonadon tarixi va kelajagini bog‘lovchi ko‘prik

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan Davlat kadastrlari palatasining kadastr muhandislari tomonidan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🟣 Toshkent shahri
🟣 Toshkent viloyati
🟣 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟣 Samarqand viloyati
🟣 Surxondaryo viloyati
🟣 Sirdaryo viloyati
🟣 Farg'ona viloyati
🟣 Qashqadaryo viloyati
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Buxoro viloyati
🟣 Xorazm viloyati
🟣 Andijon viloyati
🟣 Namangan viloyati
🟣 Navoiy viloyati


#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislarining malaka imtihoni

⚡️Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandislarining qonunchilikda ko'rsatilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihoni o'tkazilmoqda.

💬Imtihonlarning shaffofligi va ochiqligini ta'minlash, shuningdek, malaka talablarining amaliyotdagi holatiga mosligini baholash maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qurilish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, hududiy texnoparklar bilan ishlash boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishmoqda.

🗓Bugun 40 nafar talabgorlar 4 vaqtga bo'lib tashkil etilgan test sinovlari ko'rinishida malaka imtihonlarini ro'yxat asosda kelib topshirmoqdalar.

📹 Navbatdagi soatda o'tkazilayotgan imtihon jarayonlari Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasidagi rasmiy sahifasi orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilmoqda.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌏Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

👍O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar natijasida vazirlik va idoralar soni optimallashtirildi, ayrim tashkilotlar bir-biriga qo‘shildi yoki qisqardi. Shuning uchun biz davlat organlari va tashkilotlarining Telegramdagi kanallari ro‘yxatini yangiladik.

📝Mazkur telegram kanallarida yangi qonun hujjatlari sharhi, ahamiyatli mavzular yuzasidan ekspertlar fikri, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy idoralar holatidan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

🔌 Davlat organlarining rasmiy kanallarini yangilangan ro‘yxati bilan tanishib, aʼzo bo‘lishni tavsiya qilamiz.

➡️ Markaziy tashkilotlar
➡️ Vazirliklar
➡️ Qo‘mitalar
➡️ Agentliklar
➡️ Inspeksiyalar
➡️ Markazlar
➡️ Boshqa tashkilotlar
➡️ Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
➡️ Banklar va sug‘urta kompaniyalari
➡️ Uyushmalar
➡️ Hokimliklar

#DavKadastrPalata #rasmiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/20 06:29:00
Back to Top
HTML Embed Code: