Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiymi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respubikasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunining asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan, ya’ni, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi prinsipiga muvofiq, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay turib ushbu ko‘chmas mulk bilan harakatlarni (oldi-sotdi, hadya, ijaraga berish, ipoteka olish) amalga oshirish mumkin emas.

#DavKadastrPalata #Dkpuz_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaffof va korrupsiyasiz tizim – taraqqiyot garovi


⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tizimida ish unumdorligi va faoliyat samaradorligini oshirish bevosita shaffoflik va halollik tamoyillariga tayanadi. Shu bois hududiy boshqarmalarda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, xodimlarga:

▫️korrupsiyaning oldini olish,
▫️xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish,
▫️fuqarolarga ochiq va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.

🎛Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tizimda o'tkazilgan profilaktik tadbirlar:

🟣 Toshkent shahri
🟣 Surxondaryo viloyati
🟣 Sirdaryo viloyati
🟣 Farg'ona viloyati
🟣 Qashqadaryo viloyati
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Navoiy viloyati


#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Rasmiy axborot
🖋 O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: yangi bitim iqtisodiy sheriklikning arxitekturasini belgilaydi

↗️ Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

↗️ Hujjat nafaqat siyosiy muloqotni institutsional darajaga ko‘tarmoqda, balki iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar asosida hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratadi.

↗️ O‘zbekiston uchun Bitim Yevropa bozorlariga eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini tezlashtirish imkoniyatini yaratadi.

↗️ Shu bilan birga, u GSP+ imtiyozlaridan keng foydalanish va Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Bitim O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarida yangi bosqichni ochdi - geosiyosiy emas, iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar ustuvor bo‘lgan sheriklik modeli.


➡️ Batafsil

www.tg-me.com/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tezkor munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali advokatlik so'rovi bilan bog'liq masala bo'yicha tarqalgan ma'lumotda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi batafsil va to'liq ma'lumot taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #tezkor_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
😀😃😄😆😊

Egalik huquqi kim tomonidan e'tirof etiladi?


📃 O'RQ 937-sonli Qonuniga ko'ra, yer uchastkasiga ijara huquqi hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi viloyat Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

🫥 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ 937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan kadastr tizimidagi xizmatlar, ularning ahamiyati va qo‘llanishi bo'yicha savollarga javob berish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot tashkil etiladi.

👔Mavzu: "Davlat Kadastrlari Palatasi tomonidan ko‘rsatadigan kadastr xizmatlari va ularning tartibi."

▶️ Jonli efir Telegram platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2025-yil 24-oktyabr, soat 15:00 da.

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr va unda ko'rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤝1
Live stream scheduled for
Live stream finished (46 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlar orqali advokatlik so‘rovi bilan bog‘liq masala bo‘yicha tarqalgan ma’lumotda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

➡️ “DENTONS-TASHKENT” advokatlik firmasining advokati O.I. tomonidan 2025-yil 11-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga murojaat.gov.uz portali orqali murojaat qoldirilgan va unga advokatlik so‘rovi ilova qilingan. Advokatlik so‘rovida fuqaro T.E. ga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risida ma’lumot so‘ralgan va unga fuqaroga aloqasi bo‘lmagan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd" MCHJ xorijiy korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida rasmiylashtirilgan order ilova qilingan.

▫️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasiga 2025-yil 15-sentabr kuni kelib tushgan va tegishli tartibda kirim qilingan. Ushbu murojaatga Davlat kadastrlari palatasining 2025-yil 17-sentabrdagi javob xatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentiga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi tushuntirilgan.

▫️ Ammo Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2025-yil 7-oktabrdagi 3 -1006-2507/9547-sonli ishi bo‘yicha chiqarilgan qarori bilan mazkur holat ma’muriy huquqbuzirlik deb hisoblanib, BHMning 2 baravari miqdorida jarima belgilangan. Hozirda mazkur qarorga nisbatan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritilgan.

◼️ Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda advokatlar tomonidan yuqoridagi belgilangan tartiblarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda mulk egasining roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki ishonchnomalarisiz qisqa muddatda va qat’iy talab qilgan holda advokatlik so‘rovlari soni ortmoqda. Bu esa o‘z navbatida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasidagi davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlashi hamda 28-moddasidagi subyektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi talablari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mulkdorlar tomonidan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk obyekti haqidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz boshqa shaxslarga berilishidan norozi bo‘lib yozgan murojaatlari ko‘paymoqda. Bu kabi holatlarni bartaraf qilish uchun yuqoridagi qonun talablariga aynan yuridik malakaga ega advokatlarining o‘zlari rioya etishlari so‘raladi. Zero, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qaroriga ko‘ra jismoniy shaxsning mulkiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi.


Shaxsga doir bo‘lmagan ochiq ma’lumotlarni esa Kadastr agentligining
davreestr.uz va open.ngis.uz saytlari orqali olish mumkinligini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda "Obod yurt" va "Toza kelajak" ekologik chellenjlari o
'tkazildi!

🌿 Kadastr agentligi tizimida xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yanada oshirish hamda mahalliy hududlarda obodonlashtirish ishlarini jonlantirish maqsadida Kadastr agentligi tizimida “Obod Yurt” va “Toza kelajak” ekologik chellenjlari o‘tkazilmoqda. Bugun bo'lib o'tgan tozalik va ozodalik kunida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining bir guruh yoshlari ham faol ishtirok etib chellenj doirasida Toshkent shahridagi ariqlar va jamoat joylarini chiqindilardan tozaladilar.

◼️O‘z yurti, yashayotgan shahri va mahallasini toza saqlash yo‘lida bugun yana bir bor birlashgan yoshlar atrofdagilarga ham namuna bo‘lib, a’lo kayfiyatda g‘ayrat bilan tabiatni go‘zalligini saqlash yo‘lida faollik ko‘rsatdilar.

#DavKadastrPalata #Obod_yurt #xashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Президент провел встречу с ведущими представителями деловых кругов Европы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Подписано историческое Соглашение о расширенном партнерстве и сотрудничестве между Узбекистаном и ЕС.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyaliklar Qiroli Filipp Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.

Президент Шавкат Мирзиёев и Король бельгийцев Филипп провели встречу во дворце Лакен.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/25 01:32:21
Back to Top
HTML Embed Code: