Telegram Web Link
Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

В Ташкенте состоялось открытие памятника основателю национального эстрадного искусства, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову. В мероприятии принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #marosim #BotirZokirov #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda Yer hisobi bo'yicha seminarlar

💸 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov hamda boshqarma bosh mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga tavsiya va ko'nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o'tkazilmoqda.

🌟Davlat yer kadastrini yuritish mutaxassislari ishtirokidagi shu mavzudagi seminarlar Jizzax hamda Andijon viloyatlarida o'tkazilib, "Yer hisobot” AAT hisobot dasturi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni"

🇺🇿 Yoshlar bandligini ta'minlash hamda Universitet talabalarini ishga joylashishlariga ko'maklashish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

◼️Xususan, bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalaridan mas'ullar ishtirok etib, talabalarni kadastr tizimidagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdilar.

#DavKadastrPalata #karyera_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zMU talabalari Davlat kadastrlari palatasida

🌟Kadastr tizimiga sohaga qiziquvchi, iqtidorli bitiruvchi talabalarni jalb qilish ishlari davom etmoqda.

📆Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetidan kadastr yo'nalishidagi 3-bosqich talabalari tashrif buyurishdi. Ularga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i B.Kurbanov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, "Uzkad" tizimi, qulayliklari va afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

◼️Ta'kidlash joizki, o'z navbatida bu kabi tashabbuslar yangi hayotga qadam qo'yishga intilayotgan talabalarga sohaga bo'lgan mehr-muhabbat, ishtiyoq va ishonchlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #kadastrda_bilimga_e_tibor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziyada kadastr tizimi

🇲🇾Malayziya kadastr tizimida ikkita asosiy komponent mavjud - yerni ro'yxatga olish va kadastr tekshiruvi.

◼️Yerni ro'yxatga olish komponentining eng muhim elementi - bu yerga egalik qilish tizimi tomonidan talab qilinadigan mulk turi va davlat kafolati xususiyatidir.

◼️Har qanday yerning egasi o'z yeriga va undagi manfaatlarga nisbatan tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Ro'yxatga olinishi mumkin bo'lgan hujjatlarga yerni har qanday turga o'tkazish, ijaraga berish yoki sotish kiradi. Reyestr yer uchastkasiga bo'lgan ulush egasi sifatida unda ko'rsatilgan shaxs ushbu ulushning qonuniy egasi ekanligining ishonchli dalilidir. Eng muhimi, tizim yerga bo'lgan manfaatlar faqat ro'yxatga olish orqali o'zgarishi yoki o'zgartirilishi mumkinligini talab etadi.

◼️Ro'yxatga olish tizimining muhim jihatlaridan biri - bu malakali huquqlar (QT) deb ataladigan vaqtinchalik mulk huquqini berishning o'ziga xos amaliyotidir. Bundan ko'zlangan maqsad, olib qo'yilgan yerlarga o'rganishdan oldin mulk huquqini berish va kengroq nuqtayi nazardan yerni o'zlashtirishni tezlashtirishdir.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, 18 may – Xalqaro muzeylar kuni

🏯Shu munosabat bilan Toshkentdagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi.

◼️Biz sizga shahardagi eng ko‘rkam 5 ta muzeyga borishni taklif qilamiz.

😏O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Tel: +99871 239 10 83
Soat 9:00dan 20:00gacha;

😞Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Tel: +99871 232 02 13
Soat 10:00dan 22:00gacha;

😟 O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi
Tel: +998 71 256 40 42,
Soat 09:00dan 17:00gacha;

😕 Qurolli kuchlar muzeyi
Tel: +99871 269 89 29
Soat 10:00dan 17:00gacha;

😫 Shon-sharaf muzeyi
Tel: +99895 061 07 49
Soat 9:00dan 18:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari davom etmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

☯️ Navbatdagi videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tuman hamda Nukus shahar filiallari "Namunali arxiv" idoralarida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/18 18:30:51
Back to Top
HTML Embed Code: