Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Ibratli oila” video roliklar tanlovi – g‘oliblari aniqlandi!

🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ibratli oila” video roliklar tanlovining final bosqichi O‘zbek tili bayrami munosabati bilan 2025-yil 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi!
🎬Mazkur tanlov o‘zbek tilining beqiyos go‘zalligini, oilaviy qadriyatlarimizda til, tarbiya va an’analar uyg‘unligini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Tilimizni asrab-avaylash, oilada unga mehr uyg‘otish — har bir insonning burchi ekanini yana bir bor yodga soldi.

📊 Tanlovga jami 23 ta video rolik taqdim etildi. Ularni Ishchi komissiya tomonidan berilgan ovozlar asosida baholash natijasida 6 ta eng yaxshi video rolik final bosqichiga yo‘l oldi.

🏆 Tanlov natijalari quyidagicha:
🥇 1-o‘rin🌟Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi
🥈 2-o‘rin 🌟Kadastr agentligi
🥉 3-o‘rin⭐️Respublika aerogeodeziya markazi


Bundan tashqari, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi:
🏅 “Ijtimoiy va ekologik faolligi bilan ibrat bo‘lgan oila” – “Geoinnovatsiya markazi” DUK
🏅 “Yosh avlod tarbiyasiga hissa qo‘shgan oila”💫Davlat kadastrlari palatasi
🏅 “Milliy an’ana va urf-odatlarni saqlab kelayotgan oila”🌟Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi


O‘zbek tili kuni doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlov tilimizni ardoqlovchi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylovchi va ibratli hayot tarzi bilan boshqalarga namuna bo‘lgan oilalarni e’tirof etishga xizmat qildi.

💫 Til bor joyda — oila, oila bor joyda esa mehr, birlik va ezgulik bor!

#Kadastr_agentligi #Ibratli_oila #roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом цивилизацияси марказида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр исламской цивилизации.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ona tilim faxrim!


🇺🇿 Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

◼️ Til – millatning borligi, madaniyati va ruhiyatining ko‘zgusidir. Ona tilimiz – o‘zbek tili mustaqil davlatimizning, millatimiz timsoli, milliy o‘zligimizning mustahkam poydevori hisoblanadi!

🇺🇿 Bu sana — nafaqat milliy tilimizning huquqiy maqomi mustahkamlangan kun, balki xalqimiz ma’naviyati, tarixi va madaniyatining yuksak qadrlanganligini ifodalovchi ulug‘ bayramdir. O‘zbek tili — biz uchun faqat muloqot vositasi emas, balki milliy o‘zligimizning, yurtimiz mustaqilligini aks ettiruvchi beqiyos qadriyatdir. U har bir yurtdoshimizning qalbida iftixor va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi.

🌏 Mamlakatimizda keyingi yillarda davlat tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning mavqeyini mustahkamlash, turli sohalarda to‘liq va to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, hujjat yurituvida, axborot xizmatlarida va ichki ish faoliyatida davlat tilini to‘liq ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, "Joy nomlari tarixiga nazar" loyihasi asosida yurtimizning asl o‘zbek tilidagi joy nomlari tarixiga bo‘lgan e’tiborini targ‘ibotlari orqali namoyon etib kelmoqda.

➡️ Mana shu qutlug‘ sanada yurtdoshlarimizni ona tilimizni ardoqlash, uning boy tarixini e’zozlashga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Xatlovdan lavhalar

📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Jizzax viloyati

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuzаtib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝2🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 21-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 792 880 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

◼️ Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Toshkent tarixiga nazar


🌟Davlat kadastrlari palatasi yurtimizning turli geografik hududlari nomlari, ularning kelib chiqishi, etimologiyasi va tarixiy ahamiyat kasb etib borishi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

🇺🇿 "Joy nomlari tarixi" loyihasi doirasidagi bugungu bayram doirasida poytaxtimiz - Toshkent so'zining shakllanib borish tarixiga yuzlanamiz.

◼️Toshkent – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarixchilar bu nom haqida nima deydi?

◼️Toshkent so‘zining ma’nosi nima?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda - videotest


Kadastr va unda ko'rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik xabardorsiz?

✔️ Videotestni ko‘rib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

#DavKadastrPalata #bilasizmi #videotest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам ускоренного внедрения технологий искусственного интеллекта в государственном управлении, отраслях экономики и регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #IT #suniyintellekt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qanday yer uchastkalari ortiqcha egallangan yer uchastkasi hisoblanadi?


Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydonidir.

🔹 Asos: O'RQ-937 05.08.2024-yil

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Joy nomlariga e'tibor - OAV nigohida

🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joy nomlari davlat tili me’yorlariga mos ravishda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

🎛 Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

⭕️ Maqsad — aholi punktlari, ko‘chalar, mahallalar va boshqa geografik obyektlarga berilayotgan nomlarning adabiy va madaniy mezonlarga mosligini ta’minlash, ularning tushunarli, aniq va milliy qadriyatlarga mos bo‘lishini kafolatlashdir.

📺Bu haqida "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining maxsus "Till-millat ko'zgusi" dasturida mutaxassislar ushbu muhim jarayonning bosqichlari va ahamiyati haqida to‘liq ma’lumot berishdi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Andijan" emas "Andijon

📃 Respublikadagi temiryoʻl vokzali, stansiyalari davlat tili qoida va me'yorlariga muvofiqlashtirilmoqda.

➡️ Endilikda temir yoʻl vokzallari "Andijan" emas "Andijon, "Buxara" emas "Buxoro", "Djizak" emas "Jizzax" deb ataladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha Respublika ekspertiza komissiyasi tomonidan berilgan xulosalarga asosan 320 ta transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlari 2025-yil 18-oktabrdagi 320-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi.

▪️To'g'irlangan obyekt nomlari bilan ushbu havola orqali to'liq tanishishingiz mumkin.
😶‍🌫️ Batafsil 🥶

#DavKadastrPalata #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝2🔥1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan Davlat kadastrlari palatasining kadastr muhandislari tomonidan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🟣 Toshkent viloyati
🟣 Surxondaryo viloyati
🟣 Farg'ona viloyati
🟣 Qashqadaryo viloyati
🟣 Jizzax viloyati
🟣 Buxoro viloyati
🟣 Andijon viloyati
🟣 Namangan viloyati
🟣 Xorazm viloyati
🟣 Navoiy viloyati
🟣 Toshkent shahri
🟣 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟣 Sirdaryo viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/23 02:17:56
Back to Top
HTML Embed Code: