Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlar orqali advokatlik so‘rovi bilan bog‘liq masala bo‘yicha tarqalgan ma’lumotda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

➡️ “DENTONS-TASHKENT” advokatlik firmasining advokati O.I. tomonidan 2025-yil 11-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga murojaat.gov.uz portali orqali murojaat qoldirilgan va unga advokatlik so‘rovi ilova qilingan. Advokatlik so‘rovida fuqaro T.E. ga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risida ma’lumot so‘ralgan va unga fuqaroga aloqasi bo‘lmagan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd" MCHJ xorijiy korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida rasmiylashtirilgan order ilova qilingan.

▫️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasiga 2025-yil 15-sentabr kuni kelib tushgan va tegishli tartibda kirim qilingan. Ushbu murojaatga Davlat kadastrlari palatasining 2025-yil 17-sentabrdagi javob xatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentiga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi tushuntirilgan.

▫️ Ammo Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2025-yil 7-oktabrdagi 3 -1006-2507/9547-sonli ishi bo‘yicha chiqarilgan qarori bilan mazkur holat ma’muriy huquqbuzirlik deb hisoblanib, BHMning 2 baravari miqdorida jarima belgilangan. Hozirda mazkur qarorga nisbatan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritilgan.

◼️ Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda advokatlar tomonidan yuqoridagi belgilangan tartiblarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda mulk egasining roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki ishonchnomalarisiz qisqa muddatda va qat’iy talab qilgan holda advokatlik so‘rovlari soni ortmoqda. Bu esa o‘z navbatida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasidagi davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlashi hamda 28-moddasidagi subyektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi talablari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mulkdorlar tomonidan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk obyekti haqidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz boshqa shaxslarga berilishidan norozi bo‘lib yozgan murojaatlari ko‘paymoqda. Bu kabi holatlarni bartaraf qilish uchun yuqoridagi qonun talablariga aynan yuridik malakaga ega advokatlarining o‘zlari rioya etishlari so‘raladi. Zero, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qaroriga ko‘ra jismoniy shaxsning mulkiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi.


Shaxsga doir bo‘lmagan ochiq ma’lumotlarni esa Kadastr agentligining
davreestr.uz va open.ngis.uz saytlari orqali olish mumkinligini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda "Obod yurt" va "Toza kelajak" ekologik chellenjlari o
'tkazildi!

🌿 Kadastr agentligi tizimida xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yanada oshirish hamda mahalliy hududlarda obodonlashtirish ishlarini jonlantirish maqsadida Kadastr agentligi tizimida “Obod Yurt” va “Toza kelajak” ekologik chellenjlari o‘tkazilmoqda. Bugun bo'lib o'tgan tozalik va ozodalik kunida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining bir guruh yoshlari ham faol ishtirok etib chellenj doirasida Toshkent shahridagi ariqlar va jamoat joylarini chiqindilardan tozaladilar.

◼️O‘z yurti, yashayotgan shahri va mahallasini toza saqlash yo‘lida bugun yana bir bor birlashgan yoshlar atrofdagilarga ham namuna bo‘lib, a’lo kayfiyatda g‘ayrat bilan tabiatni go‘zalligini saqlash yo‘lida faollik ko‘rsatdilar.

#DavKadastrPalata #Obod_yurt #xashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Президент провел встречу с ведущими представителями деловых кругов Европы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Подписано историческое Соглашение о расширенном партнерстве и сотрудничестве между Узбекистаном и ЕС.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyaliklar Qiroli Filipp Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.

Президент Шавкат Мирзиёев и Король бельгийцев Филипп провели встречу во дворце Лакен.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

25 oktyabr – «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni»

👮‍♂️Organ xodimlarining yurtimiz osoyishtaligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo'lida olib borayotgan fidokorona xizmatlarini vatandoshlarimiz doimo qadrlaydi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Ichki ishlar xodimlari, sohaning fidoiylarini, faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi. Oilaviy baxt, g‘oyat mas’uliyatli hamda mashaqqatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif.

Исторический визит, открывший новую эру в отношениях между Узбекистаном и Европейским Союзом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Obod yurt" tashabbusi
Davlat kadastrlari palatasida davom etmoqda

🌱 Bugun Davlat kadastrlari palatasi binosi atrofi Tozalik va ozodalik oyligi - ekologik aksiyasi doirasida obodonlashtirilib, bir qator yangi manzarali gullar ekildi. O'tkazilgan tozalik va obodonlashtirish ishlari davomida yangi ekilgan gullar atrof-muhitni yanada go‘zallashtirishi shubhasiz.

🇺🇿 Yurtimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan bu chellenjda hududiy boshqarmalarimizdagi mirishkor kadastrchilarimiz ham faol ishtirok etishmoqda:

▫️Toshkent shahri
▫️ Jizzax viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️ Xorazm viloyati
▫️ Sirdaryo viloyati
▫️ Farg'ona viloyati
▫️ Navoiy viloyati
▫️ Buxoro viloyati

☘️Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab keng tus olgani quvonarli hol. Axir, yurt obodligi – har birimizning e’tiborimiz, mehrimiz va mehnatimiz bilandir.
Shunday ekan sizni ham bu tashabbusda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Obod_yurt #xashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda "Ibratli oila"lar ko‘p


🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ibratli oila" ko‘rik tanlovi sohamizda ko‘plab oilalar aynan ibratli ekanligini, jamiyatga namuna bo‘la olishini ko‘rsatib berdi.

🇺🇿 Har bir viloyatdan, chekka-chekka tumanlarda kadastrda ishlab faoliyat ko‘rsatadigan, halol mehnati ila oilasini boqib, farzandlarini ulg‘aytirayotgan, yurtimizga munosib yoshlarni tarbiya qilib berayotgan hamkasblarimizning real hayoti haqida so‘zlovchi videoroliklar tanlovi tizimda faoliyat olib borayotgan uzoqdagi yaqinlarimiz hayotiga nazar tashlash imkonini berdi.

🌟 Ana shunday Ibratli oilalardan biri haqida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan tanlovga taqdim etilgan "To‘qilmagan hikoya" videoroligini tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #Ibratli_oila

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4💯3
2025/10/27 02:22:53
Back to Top
HTML Embed Code: