Telegram Web Link
#Iqtibos

“Kimning gapi ishiga to‘g‘ri kelmasa, o‘zidan xafa bo‘laversin”.

©️Ibn Masʼud roziyallohu anhu


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir yashil hudud

Past Dargʻom tumanida 50 gektarli yangi yashil hudud tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Bu yerga pista va terak koʻchatlari ekilib, ularni sugʻorish masalasi ham oldindan oʻylangan.

Umid qilamizki, koʻchatlar parvarishi jiddiy nazorat qilinadi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Firibgarlikning yangi turidan ogoh boʻling

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Ba’zi holatlarda bolalar isrofchi oilada tug`ilib, isrofchilik sharoitida o‘sadilar. Bunday bolalar isrofni tabiiy holat deb tushunib qoladilar. Albatta, ular kattalarga ergashib, ulardan oʻrnak olib isrofchi boʻladilar”.

©️Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
15-aprelgacha ayrim joylarda sel kelish xavfi eʼlon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligi taqdim etgan tezkor maʼlumotga ko‘ra, shu yilning 12-15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikamizning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s kilometr/soatgacha kuchayishi, kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli tog‘li va tog‘oldi hududlarda, jumladan, viloyatimizning Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Shundan kelib chiqib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barchadan hushyorlik talab etiladi.

12-15-aprel kunlari viloyat, shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari hamda uning hududiy quyi tizimiga kiruvchi kuch va vositalarining 24 soatlik navbatchiligi tashkil etiladi.

Agarda joylarda sel va suv toshqini oqibatlari bilan bog‘liq holatlar kuzatilsa, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (66) 240-06-01, (66) 240-06-02 telefon raqami orqali tezkor boshqaruv markazining navbatchi-dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladiyu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi”.

© Abdulla Qahhor


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Ilmning avvali sukut, keyin eshitish, keyin yod olish, keyin tarqatish va oxirida esa unga amal qilishdir”.

©️Imom G‘azzoliy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz haqiqiy saylovni koʻrganmizmi?

Hokimlarni saylash masalasida Hamid Sodiqdan ajoyib mulohaza.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Insonning ichki dunyosi tashqi dunyosiga mos bo‘lsa bu — adolatdir. Agar ichki dunyo tashqi dunyodan afzal bo‘lsa bu — fazilatdir. Mabodo tashqi dunyo ichki dunyodan afzal bo‘lsa bu — razolatdir”.

©️Sufyon ibn Uyayna


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston nomini sovetlar oʻylab topmagan

Biz koʻp eshitadigan gap bor — xuddiki Oʻzbekiston nomini sovetlar oʻylab topgan.

Aslida esa bu nom oʻrta asrlardayoq iste’molda boʻlgan.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug’iga asosan Qodirov Nurali Usmonaliyevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlaydi.

N.Qodirov mazkur tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat olib borgan.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“To‘qlik — qalbni qotiradi, tanani og‘irlashtiradi va zehnni o‘tmaslashtiradi”.

©️Imom Shofiʼiy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Birjadagi xaridlar tadbirkorlikni rivojlanishiga to‘siqmi?

Bir qator saylovchilarimizdan yillar davomida shunday murojaatlar kelib tushmoqda. Tovar xom-ashyo birjasi aslida byudjet tashkilotlarining pul muoamalalarining shaffofligini ta’minlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Ammo bugunga qadar qabih maqsadlarda tanish-bilishchilik yoxud korrupsion sxema yaʼni xalq tilida “otkad” shaklida foydalanib kelinayotgani achchiq bo‘lsa ham haqiqat.

Aslida tadbirkorlik va sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bu birja ko‘p holatlarda nafaqat tadbirkorlarning, balki intizomli buyurtmachilarning ishining ham ortga surilishiga yoki majburiy-ixtiyoriy ravishda korrupsiya sirtmog‘iga aralashishga sabab bo‘lyapti.

Odatda eng arzon qiymat ko‘rsatgan taʼminotchi yutishiga mo‘ljallangan birjada baʼzida eng katta yoki boshliqlarga ma’qul taklif qilgan taʼminotchilar yutib olishi holatlari mavjud. Agar shunday uslubda ishlayotgan bo‘lsa,
ushbu holatlar qonunni o‘zining korrupsion maqsadida aylanib o‘tish amaliyotiga o‘xshayapti.

Sizlarga surati taqdim etilayotgan intizomli soliq to‘lovchi tadbirkorning holatida savdoga ahamiyatsiz bohonalar bilan ballarini chegirib tashlanganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu masalada yuqori turuvchi mutasaddi tashkilot va masʼul vazirliklar kerakli va zarur chora ko‘rishi kerak deb hisoblayman.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Dunyoni ko‘r, sayr qil, ichiga kir, ammo ehtiyot bo‘l, dunyo sening ichingga kirmasin”.

©️Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Tayinlov

Tolliyev Elyor Musurmanovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Elyor Tolliyev mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib borgan.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Sen o‘ylashga jurʼat qilmagan narsani... men gapiryapman”.

©️Fyodor Dostoyevskiy

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
2024/05/19 02:33:19
Back to Top
HTML Embed Code: