Telegram Web Link
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Photo
#xalqaro_hamkorlik

Yurtimiz diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Iordaniya Podshohi bilan uchrashuvi o‘tkazildi

🔹 Xabaringiz bor, joriy yilning 25-26-avgust kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lgan edi.

🔸 Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik kelishuvlari imzolangan edi.


Ana shu tashrifda belgilangan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov hamda mamlakatimiz rasmiylaridan iborat delegatsiya Iordaniya mamlakatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

📌 Delegatsiya a’zolari Iordaniyada bir qator hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazishlari rejalashtirilgan. Ana shu muloqotlarning dastlabkisi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida o‘tkazildi.

🔰 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov hamda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ishtirok etdi.

❇️ Uchrashuvda Prezident maslahatchisi Sardor Umrzoqov Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Janobi Oliylariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalarida yangi davr boshlanganini e’tirof qildi.


✔️ O‘z navbatida Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikni yuqori baholab, hamkorlikni davom ettirish va mavjud o‘sish imkoniyatlaridan, xususan, savdo, sarmoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

▫️ Shuningdek, delegatsiya a’zolari kun davomida Qirol hazratlarining Din va madaniyat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi, shahzoda
Amir G‘oziy,
Vaqf islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri
Muhammad al-Halayala,
Iordaniya bosh muftiysi
Ahmad al-Hasanot
hamda Tashqi ishlar vaziri
Ayman Safadiy
bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.


♻️ Tashrif davom etmoqda.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
9
🖥 «Узоқ йиллар кўп балоларни бошидан кечиришга мажбур бўлган бу халқ эндиликда ўз кимлигини топишга, маънавий янгиланишга бел боғлади» — Қ.Рафиқов

Сиёсатшунос Қудратилла Рафиқов «Российская газета»да эълон қилинган мақоласида тарихий хотира ва миллий ўзликни англаш ҳақидаги мушоҳадаларини ифода этди.

Муаллиф яқин ўтмиш ҳақида фикр юритар экан, аждодларимиз киму, бу дунёда жойимиз қаерда бўлганини унутиб қўйганимиз, энг аламлиси, замонавий дунё саҳнидаги маданий ва тарихий ўрнимиз қумга синг­ган сувдай «йўқолиб» қолганини такъидлайди.

Бугун эса Ўзбекистон қандай йўлга кирганини ва бу ерда нималар бўлаётганини барча кўриб, ҳис қилиб турганига ишонишини билдиради:

«Бир нозик жиҳат борки, буни ҳаммаям илғаб олаётганига шубҳам бор. Мен илгариги бир неча мақолаларимда билдирган фикримда собитман — узоқ йиллар кўп балоларни бошидан кечиришга мажбур бўлган бу юрт ва унинг халқи эндиликда нафақат мамлакат суверенитетини мустаҳкамлаш, балки унуттирилган ва бағридан юлиб олинган улуғ ўтмиш хотираси, маданияти ва аждодлари меросини тиклаш ҳамда бу шарафли ҳаракат ўлароқ ўз кимлигини топишга, маънавий янгиланишга бел боғлади, десам, тўғри бўлади», — деб ёзади Қ.Рафиқов.


Каналга қўшилиш 👈
Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг сентябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍32
#Tadbir
#Konsepsiya

IIV akademiyasida kursant qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🏢 Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan kursant qizlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuvda ishtirokchilarga Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi hamda “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 21-apreldagi PF-68-sonli Farmon mazmun-mohiyati bo‘yicha atroflicha ma'lumot berildi.

Tadbir savol-javoblar asosida mazmunli tashkil etildi.

🔸 Mutaxassislar tomonidan berilgan foydali maslahatlar qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
5👍1
#Umra
#Noqonuniy_faoliyat

Umra tadbirlarini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi

🏢 Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Umra” tadbirlariga oid reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.

📍Farg‘ona viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida fuqaro X.S o‘zining “Umra” Telegram sahifasida tegishli litsenziya va ruxsatnomalarsiz safar xizmatlariga oid reklamalar tarqatganlik holatlari aniqlandi.

Holbuki, amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, litsenziya va maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmatlarni hujjatlarsiz reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi deb belgilangan.

Yuqorida aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rishi bo‘yicha ma’lumotlar sudga yuborildi.


📍Andijon viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida “ABU ZUBAYR TREVEL” MChJ litsenziya va ruxsatnomalarsiz “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ularni keng targ‘ib etganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan “ABU ZUBAYR TREVEL” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalarini buzish yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.


📍Buxoro viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tahlillarda “SOKIN TURIZM BUKHARA” MChJ tomonidan ham tegishli litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda “Umra” tadbirlariga oid reklamalar tarqatilgani aniqlandi.

Yuqoridagi aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan “SOKIN TURIZM BUKHARA” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalarini buzish yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.


📌 Raqobat qo‘mitasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga eslatadi: litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmat va mahsulotlarni hujjatlarsiz reklama qilish qonunbuzilish hisoblanadi.

🔹 Norasmiy reklama iste’molchilarni chalg‘itishi va insofsiz raqobatga olib kelishi mumkin.

🔸 Qonunga zid holatlarda moliyaviy jarima va boshqa huquqiy choralar qo‘llanishiga olib keladi.

🔰 Barcha fuqarolar va tadbirkorlardan reklamada qonun talablariga qat’iy rioya etishni so‘raymiz.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
2
#Tadbir

Ma'naviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

📆 Bugun, 3-oktabr kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tizim xodimlari ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔹 Unda xodimlarning odob-axloq me’yorlariga rioya etish, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish masalalari muhokama etildi.


🔰 Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi maslahatchisi I.Maʼrupov ishtirok etdi.

“Globallashuv davrida yot gʻoyalar yoshlar ongiga turli yoʻllar bilan kirib kelayotgan bir paytda, ularni maʼnaviy jihatdan quvvatlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har bir ziyoli shaxsning burchidir”, - dedi I.Maʼrupov.


📌 Yigʻilish soʻnggida tadbir ishtirokchilari bu kabi uchrashuvlar nafaqat maʼnaviy yetuklikni oshirish, balki ijtimoiy masʼuliyat, kasbiy intizom va jamoada sogʻlom muhitni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
3👍3🔥1👏1
2025/10/26 04:08:51
Back to Top
HTML Embed Code: