Telegram Web Link
#Umra
#Noqonuniy_faoliyat

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi


🏢 Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

🔹 Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.

📍 Natijada, Navoiy viloyati hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan jami 3 ta, ya’ni “MUS ALI TOUR”, “Amirxan Travel” va “TRAVEL ATA” MChJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.


📍 Shuningdek, Qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 9 ta (“Farg‘ona tour 2022”, “Saidislom”, “SUX Umra ziyorati”, “Musaffo Travel”, “Haj_2025”, “Shaxand va qo‘shni hududlar”, “Leaf travel”) telegram va instagram kanallari ma’murlari hamda “Mustafa Travel” MChJ tomonidan berilgan reklamalarida ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablarini buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

📌 Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
2
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги Шота Руставели кўчасида амалга оширилган реконструкция ишларини кўздан кечирди, автобусда юриб, йўловчилар билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с результатами реконструкции улицы Шота Руставели в городе Ташкенте, проехал на автобусе и пообщался с пассажирами.

#Mirziyoyev #tanishuv #transport #BRT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида янги халқаро аэропорт лойиҳаси тақдимоти билан танишди ҳамда мазкур улкан мажмуа қурилиши бошланишига бағишланган маросимда иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектом нового международного аэропорта в Ташкентской области и принял участие в церемонии, посвященной началу строительства этого масштабного комплекса.

#Mirziyoyev #marosim #aeroport #tamaltoshi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар, иқтисодиёт очиқлигини таъминлаш ва инвестицияларни рағбатлантиришга алоҳида эътибор натижасида имкониятлар улкан лойиҳаларга айланмоқда, Ўзбекистон бизнес учун энг жозибали макон сифатида эътироф этилмоқда.

Народная политика и реформы, особое внимание открытости экономики и стимулированию инвестиций превращают возможности в масштабные проекты, укрепляют репутацию Узбекистана как одного из самых привлекательных направлений для бизнеса.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Rasmiy_xabar

⚡️Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vazirligi xabari!

🇸🇦 Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risida guvohnoma bo‘lgan taqdirda unga haj vizasi berilishi haqida bayonot e’lon qildi.

🏥 Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi haj safari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralarga har bir ziyoratchini sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj safariga borish layoqatiga mos kelmaydigan kasallik bor-yo‘qligini aniqlash majburiyatini yukladi. Bu talab hojilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.

📢 Haj-2026 hojilari diqqatiga:
Tibbiy ko‘riklardan o‘tmasdan va tegishli guvohnoma olmasdan haj vizasini rasmiylashtirish imkoni yo‘q.

📝 Bayonotda, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi:

📍Dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
📍Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
📍Davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
📍Jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining og‘ir bosqichi;
📍Og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
📍Qarilik demensiyasi kasalliklari;
📍Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega bo‘lgan har qanday homiladorlik;
📍Faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
📍Kimyoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalar davomida kechayotgan faol onkologik kasalliklar.


❗️Saudiya Haj vazirligining mazkur talablari buzilgan yoki yolg‘on ma’lumot berilgan taqdirda, Haj vazirligi tomonidan choralar ko‘rilishi bildirilgan.

📌 “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi ziyoratchilarni ushbu talablarga to‘liq amal qilishga chaqiradi hamda ushbu talablar haj ishtirokchilarining hayotini va salomatligini saqlashga qaratilganini ma’lum qiladi.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🎉21
2025/10/21 18:26:09
Back to Top
HTML Embed Code: