Telegram Web Link
#Tadbir
#Konsepsiya

IIV akademiyasida kursant qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🏢 Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan kursant qizlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuvda ishtirokchilarga Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi hamda “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 21-apreldagi PF-68-sonli Farmon mazmun-mohiyati bo‘yicha atroflicha ma'lumot berildi.

Tadbir savol-javoblar asosida mazmunli tashkil etildi.

🔸 Mutaxassislar tomonidan berilgan foydali maslahatlar qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
5👍1
#Umra
#Noqonuniy_faoliyat

Umra tadbirlarini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi

🏢 Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Umra” tadbirlariga oid reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.

📍Farg‘ona viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida fuqaro X.S o‘zining “Umra” Telegram sahifasida tegishli litsenziya va ruxsatnomalarsiz safar xizmatlariga oid reklamalar tarqatganlik holatlari aniqlandi.

Holbuki, amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, litsenziya va maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmatlarni hujjatlarsiz reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi deb belgilangan.

Yuqorida aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rishi bo‘yicha ma’lumotlar sudga yuborildi.


📍Andijon viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida “ABU ZUBAYR TREVEL” MChJ litsenziya va ruxsatnomalarsiz “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ularni keng targ‘ib etganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan “ABU ZUBAYR TREVEL” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalarini buzish yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.


📍Buxoro viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tahlillarda “SOKIN TURIZM BUKHARA” MChJ tomonidan ham tegishli litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda “Umra” tadbirlariga oid reklamalar tarqatilgani aniqlandi.

Yuqoridagi aniq­langan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan “SOKIN TURIZM BUKHARA” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalarini buzish yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.


📌 Raqobat qo‘mitasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga eslatadi: litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmat va mahsulotlarni hujjatlarsiz reklama qilish qonunbuzilish hisoblanadi.

🔹 Norasmiy reklama iste’molchilarni chalg‘itishi va insofsiz raqobatga olib kelishi mumkin.

🔸 Qonunga zid holatlarda moliyaviy jarima va boshqa huquqiy choralar qo‘llanishiga olib keladi.

🔰 Barcha fuqarolar va tadbirkorlardan reklamada qonun talablariga qat’iy rioya etishni so‘raymiz.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
2
#Tadbir

Ma'naviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

📆 Bugun, 3-oktabr kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tizim xodimlari ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔹 Unda xodimlarning odob-axloq me’yorlariga rioya etish, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish masalalari muhokama etildi.


🔰 Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi maslahatchisi I.Maʼrupov ishtirok etdi.

“Globallashuv davrida yot gʻoyalar yoshlar ongiga turli yoʻllar bilan kirib kelayotgan bir paytda, ularni maʼnaviy jihatdan quvvatlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har bir ziyoli shaxsning burchidir”, - dedi I.Maʼrupov.


📌 Yigʻilish soʻnggida tadbir ishtirokchilari bu kabi uchrashuvlar nafaqat maʼnaviy yetuklikni oshirish, balki ijtimoiy masʼuliyat, kasbiy intizom va jamoada sogʻlom muhitni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
3👍3🔥1👏1
#Infografika #Huquqiy_savodxonlik

📖 "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun


5-BOB. DINIY TASHKILOTNING FAOLIYATINI TO’XTATIB TURISH VA TUGATISH


📺 Foydali va kerakli kontentlar

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umra
#Noqonuniy_faoliyat
#videorolik

⚡️ “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etish bilan bog'liq holatlar to'g'risida MA'LUMOT


📌 O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida ushbu sohani tartibga solish, noqonuniy Umra faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish hamda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Nechta sayyohlik firmasi qonuniy javobgarlikka tortildi?

Turoperator tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi haqida

 
🎞 Batafsil ushbu videorolikda

📺 HD formatda ko’rish uchun

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Озарбайжоннинг Габала шаҳрига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в азербайджанский город Габалу.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍42
#Konsepsiya
#Tadbir

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda


🔹 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔸 Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi I.Marupov, shuningdek Akademiya rahbariyati, xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.

💬Muloqotda O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari haqida tushuncha berildi.

🗣 Davra suhbatida jaholat va yot g'oyalarning salbiy oqibatlari, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, sog‘lom dunyoqarash va ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.


Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar, shuningdek, jamiyatda ma’rifiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilish borasida amaliy takliflar ilgari surildi.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
2👏1🤝1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Организации тюркских государств

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Summit of the Heads of State of the Organization of Turkic States

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
2025/10/21 09:04:32
Back to Top
HTML Embed Code: