Telegram Web Link
Forwarded from COLBA Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Colba maktabining konferensiyada homiy sifatida ishtiroki

📅 Xabaringiz bor, 22-sentabr kuni O'zbekiston Milliy Universitetida “Zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining ilmiy va ishlab chiqarish sohasidagi integratsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada respublikamizning yetakchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari, yosh tadqiqotchilari qatorida Italiya, Xorvatiya, Rossiya kabi davlatlardan 10 ga yaqin professorlar ishtirok etdi.

🙌 Ushbu konferensiyada Colba maktabi ham homiylardan biri sifatida ishtirok etdi va ustoz Doniyor Nasriddinov tomonidan Colba maktabining faoliyati, maqsad va vazifalari to'g'risida taqdimot namoyish qilindi.

🔥 Bundan tashqari, ishtirokchilarga 50 mln so'mlik grant ajratildi. Bu grantdan konferensiya ishtirokchilari Colba maktabi va Colba o'quv markazi uchun "voucher" sifatida foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MILLAT QAHRAMONLARI

Mag’rib-u mashriqning hukmdori Iskandar Zulqarnayndan so’rashdi:
— Hazrat, nega ustozingizga otangizdan ham ko’p ta’zim qilasiz?
— U kishi: ustozim shunga munosibdur. Chunki otam meni ruhlar olamidan yerga tushishimga sabab bo’lgan. Ustozim esa yana o’sha oliymakonga qaytishimga sabab bo’ladi, deb javob berdilar.

Bolaligimdan hozirgi kunimga qandar ta’lim bergan, hayotimda tub burilishlar qilgan Ustozlarimni eslasam ko’zimga yosh keladi. Ularning har biri hayot narvonida odimlashimizda fidokorlik qildilar, qilmoqdalar. Mehribon Robbim ulardan rozi bo’lsin!


Shu o’rinda, millatimiz qahramonlari bo’lgan Ustoz va Murabbiylarni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabrikliyman, Alloh sizlarni panohida asrasin, yaxshiliklar bilan siylasin!

Hurmat va ehtirom ila
@Doniyor_Nasriddinov
Forwarded from COLBA Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabimizning o'z ichki valyutasi borligini bilarmidingiz?

💰 Maktabimizda fanlarni a'lo darajada o'zlashtirgan va imtihonlarda yuqori natija qayd etgan o'quvchilarga "Colby" deb nomlangan pul birligini berish tizimi mavjud.

♻️ O'quvchilar bu "Colby" larni yig'gan holatda kassaga tushib o'zbek so'miga almashtirib olishi va o'zlari istagan maqsadda foydalanishlari mumkin.

😊 Bu rag'batlantirish tizimini avval o'quv markazimizda qo'llaganmiz va o'quvchilarning o'zlashtirishida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgani uchun maktabimizda ham joriy qilish qaroriga kelganmiz.

Telegram | Instagram | Youtube
Кимё бўйича Нобел мукофоти квант нуқталарини ўрганган америкалик олимларга берилди

Кимё бўйича 2023 йилги Нобел мукофоти квант нуқталари бўйича тадқиқотлари учун уч америкалик олимга берилди. Улардан бири асли Россиядан.

👉 https://kun.uz/30593134

Kun.uz расмий канали
KIMYO va BIOLOGIYA ustozlarini qidirmoqdamiz

Malakali va ta'lim sohasida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo'lgan Kimyo va Biologiya ustozlarini qidirmoqdamiz! 😊

Vazifalar:
-dastur bo'yicha sifatli ta'lim berish
-o'quvchilarning ta'lim sifatini nazorat qilish
-Colbadagi ta'lim tizimi bo'yicha ishlash

Qulayliklar:
-ahil va yosh jamoa
-barcha qulayliklarga ega zamonaviy ish joyi
-qulay joylashuv (ofisimiz metro, avtobus bekatlari yonida)
-oyliklarning o'z vaqtida to'lanishi
-shaxsiy rivojlanish

Ariza qoldirish uchun ushbu havolaga o'ting!
👉 https://forms.gle/MjKrXvMqgSmN3CZo9
Forwarded from Kun.uz | Online
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Maskning 5000 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari osmonni to‘ldirib tashladi

Olimlar astronomiya fanining kelajagidan tashvishda, chunki Starlink koinotni kuzatishda xalaqit berishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshlar soni 5000 ga yetgan, Yerdan turib ko‘rinadigan yulduzlar soni esa bor-yo‘g‘i 9 mingga yaqin.

👉 @kunonline
Doniyor Nasriddinov
Ilon Maskning 5000 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari osmonni to‘ldirib tashladi Olimlar astronomiya fanining kelajagidan tashvishda, chunki Starlink koinotni kuzatishda xalaqit berishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshlar soni 5000 ga yetgan, Yerdan turib ko‘rinadigan…
Ko’rayabsizmi, biz qanchalik ilmda ortda qolib ketdik. Shu sababli ustimizda zulmlar arimaydi, shu sababli begunoh bolalarning qoni to’kiladi. Toki ilmda peshqadam bo’lib olmas ekanmiz, arzimagan sondagi jamoalar zulmiga 2 mlrdlik jamoa sukut saqlaguncha turaveradi.

Endi ham ilm olmaslika, xotirjam uxlashlikka haqqimiz bormi?


P.s: 5000 ta ya? Aksariyat mamlakatlarning atigi bitta sun’iy yo’ldoshi yo’q.

@Doniyor_Nasriddinov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Til gʻamida yoxud «podkast»ni nima qilsa boʻladi?

🌐 Dunyoda har bir xalqning oʻz tili bor. Bu til bilan ular oʻzaro aloqa qiladilar. Xususan, biz ham oilamizda, jamiyatda ona tilimiz boʻlgan oʻzbek tili vositasida bir-birimiz bilan aloqa qilamiz.

Ma'lumki, oʻzbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi.

Oʻzbek tilining sofligi va mavqe’ini oshirish uchun tilimizga e’tiborli boʻlishimiz lozim. Zero, Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz» kishi boʻlishdan saqlanishimiz lozim.

🔴 YouTube orqali koʻrish

@islomuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Ko’pchilik ijtimoiy tarmoqda nega kamnamo bo’lib qoldingiz deb so’rashadi.

Hozirgi kunda kitob yozish, onlayn darslarni tasvirga olish va @Colba_maktabi ni rivojlantirish bilan bandman. Hozirgina, onlayn darsimizni montaj ishlarini tugatib keldim. Duo qilib turasizlar, Onlayn darslarda yangi davrni boshlab beramiz Inshaa Alloh😊

Bundan tashqari ilmga targ’ib qiluvchi bir nechta podkastlar tasvirga oldik. Hammaga manfaatli bo’ladi degan umiddamiz, Inshaa Alloh. Bizni kuzatishda davom etganingiz uchun Rahmat!

P.s: Qisqa video lavhaga qanday baho berasiz?

@Doniyor_Nasriddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni!

Bugun ona tiliga loqayd inson ertaga ona vataniga loqayd bo’ladi.

Bayramingiz muborak bo’lsin!

@Doniyor_Nasriddinov
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Yuksak qadriyatlar tarbiya orqali avloddan-avlodga oʻtadi

🤩 Koʻplab kitobsevarlarimiz tomonidan uzoq kutilgan “Farzand tarbiyasida 700 saboq” asari “Qamar” kitoblar doʻkonida sotuvga chiqdi.

Farzand tarbiyasiga oid masalalar yoritilgan mazkur kitob barcha ota-onalar uchun goʻzal qoʼllanma sifatida xizmat qiladi.

Tarbiya borasida farzand bilan aloqani mustahkamlash hamda muammoga sabab boʻluvchi holatlarga ham ushbu kitob orqali javob olasiz.

Muqovasi – Yumshoq;
Sahifasi – 200 bet;
Narxi – 54.000 soʻm.


☎️ Bogʻlanish uchun:
@qamar_delivery
+998998454400

🌗 @qamarbooks
Forwarded from NAJOT NUR
Bugun Doniyor Nasriddinov podkastga chaqirgandi. Biroz turib jarayondan tayyorlangan rolikni e’tiboringizga havola etaman. U yerga kirishim bilan bir savol berildi: Podkast so’zini qanday tarjima qilsak bo’ladi?

Bu internatsional so’z sifatida qabul qilingani, undan ko’ra o’z tilimizda tarjimasi mavjud bo’la turib ruscha so’zlardan foydalanayotganimizga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida to’xtaldim.

Podkast ajoyib o’tdi, insha Alloh ko’pchilik uchun manfaatli bo’ladi degan umiddamiz. Kechroq Muhammad Alining kanalidan jo’natilgan, ayni shu mavzu ko’tarilgan rolik diqqatimni tortdi va siz bilan ham bo’lishgim keldi.

Sizningcha qay biri muhim? Internatsional so’zlarni o’zbekchalashtirganimiz muhimmi yoki muqobili bo’la turib ruscha so’zlardan foydalanish muammosini isloh qilganimiz ma’qulmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingizni so’rayman.

@najotnuruz

Men yuqorida aytgan video keyingi postda 👇👇👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Til gʻamida yoxud «podkast»ni nima qilsa boʻladi?

🌐 Dunyoda har bir xalqning oʻz tili bor. Bu til bilan ular oʻzaro aloqa qiladilar. Xususan, biz ham oilamizda, jamiyatda ona tilimiz boʻlgan oʻzbek tili vositasida bir-birimiz bilan aloqa qilamiz.

Ma'lumki, oʻzbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi.

Oʻzbek tilining sofligi va mavqe’ini oshirish uchun tilimizga e’tiborli boʻlishimiz lozim. Zero, Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz» kishi boʻlishdan saqlanishimiz lozim.

🔴 YouTube orqali koʻrish

@islomuz
Forwarded from NAJOT NUR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Necha yoshdan…” podkastining tasvirga olish jarayonidan…

@najotnuruz
Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishning qahri qattiq keldi, bahor notinch,
Zaytun guli motam tutib nola chalar.
Der Yasinda izsiz ketdi so‘ngi sog‘inch,
Bahor ko‘rmay ezg‘ilangan lolachalar.

Hamma hamdam, hamma hamdast, hamma hamdard,
Lek bahorsiz yozni kutgan chorachilar.
Ko‘kni tutgan zor faryodlar shunchaki gard,
Qum qaridan ingrab kelgan nolachalar.

Bevaqt kelding, bevaqt ketding, bevaqtginam,
So‘ngi umid, so‘ngi o‘kinch, zorachalar.
Ota nobud, ona majruh, bekasginam,
Tagliklari kafan bo‘lgan bolachalar...

10-Oktyabr, 2023
@v_turakulov_stories

O'qib beruvchi:
@QamariddinBekmuhammad
Katta hayotga qadam qo'yishga qanchalik tayyorsiz?

Oramizda bolalik chog'larida tezroq katta bo'lishni orzu qilmagan insonlar bo'lmasa kerak. Ammo bilamizki, katta hayotga qadam qo'yish kishidan ruhiy, jismoniy va aqliy yetuklik, moliyaviy mustaqillik hamda boshqa ko'plab majburiyatlarni talab etadi.

Siz himoyalangan o'smirlik davridan katta hayotga o'tishga qanchalik tayyorsiz? Kelajak karyerangiz uchun aniq maqsadlar qo'ya oldingizmi? Bunda sizni qanday savollar ikkilantiryapti? Yaqin 10 yillik uchun qanday rejalaringiz bor?

🎙 18-noyabr — shanba kuni soat 10:30 da «Colba» ta'lim markazi asoschisi — Doniyor Nasriddinov bilan tashkil etiladigan suhbatda aynan «Katta hayotga qadam qo'yish» mavzusida suhbat bo'lib o'tadi.

📅 Qachon: 18-noyabr, shanba, 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filiali

👉 Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Postni katta hayotga qadam qo'yish arafasida turgan do'stlaringizga ulashishni unutmang!
Hozirgi kunda oilaviy mavzuda gapiradigan kishilar ko‘payib ketdi. Lekin men sizlarga shu mavzuda dars bergan, kitoblar yozgan G'iyosiddin Yusuf akamizning kanalini tavsiya qilmoqchiman. Bu – Hubbuna kanali.

Kanalda oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi bo‘yicha saviyali postlar, videolar berib boriladi.

@Doniyor_Nasriddinov
Forwarded from COLBA Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stipendiya g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

🏆 Xabaringiz bor, "Colba maktabi" da o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish va iqtidorli o'quvchilarni rag'batlantirish maqsadida kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari bo'yicha "Colba stipendiyasi" joriy qilingan.

Colba stipendiyasi uchun ilk mavsum tanlovlari o'tkazildi va munosib o'quvchilar saralab olindi. G'olib bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalari Ustozimiz Doniyor Nasriddinov tomonidan maxsus guvohnoma va mukofot pullari bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, stipendiya uchun tanlov har 3 oyda bir marotaba o'tkaziladi va bitta fandan g'olib bo'lgan o'quvchi keyingi safar ushbu fandan qatnashish imkoniyatiga ega emas.

Stipendiya uchun bo'ladigan keyingi tanlovlarda o'quvchilarimizga omad tilaymiz! 🙌

Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmga himmat va muhabbatni oshirish

Ko’pchilik vaqtiga baraka so’raydiyu, lekin vaqtga baraka kiritadigan muhim qoidalarga amal qilmaydi.

Bu borada ustoz Husayn Buxoriy hazratlari ajoyib tavsiyalar aytgandilar. Sizga ham ulashgim keldi.


Ilm olaman deb tunni bedor o’tkazayotganlarga ALLOH ning raxmati bo’lsin!

@Doniyor_Nasriddinov
Assalomu alaykum.

Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.

Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:

https://www.tg-me.com/addlist/Q0XwG2e7MgZlYTk1
2025/07/06 05:22:43
Back to Top
HTML Embed Code: