Telegram Web Link
Norvegiya maktabi

Ko’p eshitamiz - "Skandinaviya maktablari xalqaro reytinglarda baland o’rinlarda turadi."

Skandinaviya ta’lim tizimi o’ta yaxshi hisoblanadi.

Men oxirgi 10 yildan ortiq umrimni Norvegiya va Shvetsiyada o’tkazyapman. Farzandlarim shu yerda tug’ilgan. Bu yerdagi ta'lim tizimidan yaxshigina xabarim bor.

Maktablarda yaratilgan sharoit rostdan ham zo'r. Kutubxona, sport manbalari, halol ovqat, 12-14 ta o'quvchilik sinflar va hok.

Scandinavia davlatlaridagi maktablarning xalqaro reytinglarda yuqori o’rinni egallashiga bir qancha omillar sabab. Shulardan biri bu o’quvchilarni “bir xil” tenglikda ko’rish omili.

O'quvchiga ta'lim berishga kelganda esa bir qancha oqsoqlanishlar bordek.

O’qituvchi eng ko’p e’tibor beradigan o’quvchi bu sinfdagi qoloq o’quvchi.

A’lochi o’quvchiga e’tibor berilmaydi.

Maqsad hammani bir xilda olib ketish.

Albatta, zo’r niyat va maqsad. Shunig uchun ham o’rtacha o’quvchi boshqa davlatlar o’rtacha o’quvchisidan balandroq ko’rsatkichga erisha oladi.

Xalqaro testlar o’rtacha ko’rsatkichga asoslanadi.

Ammo maktablardagi katta muammo bu a’lochi o’quvchilarni qiynalishi. Ular uchun fanlar o'ta oson bo'ladi, yetarli darajada qiyinchilik ko'rmaydi darsda. Natijada zerikadi, to’polon qiladi, frustrated bo’ladi, boshqa narsalarga chalg'ib ketadi. E'tibor berilgani sport bilan chalg'iydi.

Maktablarda uy vazifasi juda kam. 8-sinfgacha baholash yo’q. O'qituvchilarni qattiqqo'llik qilishlari yaxshigina cheklangan.

A’lochi o’quvchilar rag’batlantirilmaydi. Rag’batlantirmasligiku mayli, ularga alohida e’tibor ham qaratilmaydi. O'qituvchilar harakat qiladi, ammo vaqti, e'tibori yetmaydi. Ularni ham tushunsa bo'ladi.

Natijada juda ko’p potensiali yuqori bolalar o'z potensialini rivojlantira olmay katta bo'lishadi.

Talantlar rivojlanmay qolib ketadi :(

Fikrimcha bu katta muammo. Buni muammo ekanligini OAVda qayta-qayta gapirilsada, “tenglik” ro’kachi ostida e’tibor qaratilmaydigan mavzu bo’lib qolib ketaveradi.

Shuning uchun men har doom aytaman: “Bola ta’limi uchun maktabdan avval ota-ona mas’ul!”

Bek Olimjon
25.10.25
Norvegiya
O'rtoqlar bu kanaldagi postlar foydali ekanligini bilaman, lekin men uchun undanda qiziqroq postlardan iborat bo'lgan sarguzasht mana bu joyda boshlandi.

Ha, ingliz tilida, bu uchun uzrimni qabul qilasiz.

Agar ingliz tilini umuman bilmasangiz tarjimondan foydalanib o'qisangiz ham bo'ladi.

O'zi meni ingliz tilim juda zo'r emas, shuning uchun o'qish uchun oson. Readingni oshirish uchun ham ishlatsangiz bo'ladi 😊

Substackda boshqalar tomonidan ham foydali postlar juda ko'p. (O'zbek tilida ham bor)

Substackni ham "mativatrlar" loyqalatmasidan oldin, unga o'tib foydali odamlarga yozilib olish kerak 😁




.
2025/10/27 16:03:04
Back to Top
HTML Embed Code: