"Osmondagi bolalarni" izlayapmiz
🎯 Oʻzining harakati, mashaqqati va sabri orqali maʼlum muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanitib kelayotgan “Osmondagi bolalar” loyihasi haqida koʻpchilik bilsa kerak.
🔥 Loyiha shu kungacha IT, biznes, tibbiyot, taʼlim, huquq va matbuot kabi koʻplab soha egalari bilan suhbatlar olib borib, minglab kuzatuvchilar mehrini qozondi.
🔍 Loyiha yangi qahramonlarni — “Osmondagi bolalar”ni izlamoqda. Ishonamizki, siz loyihaga chiqishi mumkin boʻlgan insonlarni taniysiz.
😊 Quyidagi havola orqali takliflaringizni yoʻllang. Yangi kashfiyotlar qilishda oʻz hissangizni qoʻshing.
👉 Takliflaringizni yo'llang

Telegram
Osmondagi bolalar
🚀 Maqsadimiz o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanishtirishdan iborat.
👉 Osmondagi bolalar futbolkalari: @obshopbot
🤖 Rasmiy bot xizmati: @osmondagibolalarr_bot

Bugun Norvegiya hukumati 2023-yil uchun davlat byudjetini e’lon qildi. Unga ko’ra Yevropa Iqtisodiy Zonasidan tashqaridagi davlatlardan kelgan talabalar uchun oliy ta’limda o’qish pullik bo’ladi.
O’zbekiston bu zonaga kirmaydi.
Norvegiyada shu kungacha chet el talabalari uchun ta’lim tekin edi. Endi bunga nuqta qo’yildi. Kontrakt puli qancha bo’lishi hozircha ma’lum emas.
Dengizdagi shamolni boshqarib bo’lmaydi. Bu vaziyatda dengizda suzayotgan insonda ikkita tanlov bor. Biri sohilga qochish, ikkinchisi yelkan yasash.

Forwarded from .
Agar hozir yana 16 yosh bo’lib qolganimda, tezlik bilan ingliz tili o’rganib, MIT yoki Harvardni dasturlash bo’yicha tekinga qo’yilgan 3 yillik bakalavr dasturlarini imkon qadar tezlik bn tugatishga harakat qilgan bo’lar edim. Iloji bor buni 🙂
O'tgan kuni Neuralink kompaniyasi oxirgi yangiliklarini ommaga e'lon qildi.
Neuralink bu inson miyasiga chip o'rnatishni maqsad qilgan kompaniya. U chip tashqi dunyo bilan wi-fi orqali katta tezlikda muloqot qilish imkoniyatini beradi. Ortiqcha energiya oladigan harakatlardan voz kechish imkoniyatini beradi.
Misol uchun mashina boshqarayotganda rulni qo'lda ushlab, oyoqda gazni bosish shart bo'lmaydi. Mashina haydash uchun o'ylash o'zi kifoya qiladi. (Bu shunchaki misol, aslini olganda mashina boshqarishda inson ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi yaqin kelajakda).
Eng qiziq, balki bir oz qo'rqinchli joyi, inson bir-birini tushunishi uchun gaplashish orqali muloqot qilishi shart bo'lmaydi. Odamlar bir-biri fikrini tezlik bilan, ovozli muloqotsiz almasha olishadi.
Kompaniya o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini insoniyat hali tasavvur qilishi bir oz qiyin. Misol uchun Neuralink bir loyihasi ko'r bo'lib tug'ilgan, umrida hech qachon ko'rmagan odamga dunyoni ko'rish imkoniyatini beradi.
Kompaniya loyihalariga odamlar munosabati turlicha. Ko'pchilik pessimistik nazarda. Men ikkilanmagan holda chipni o'z miyamga o'rnatishga roziman. Nafaqat yakuniy maxsulotni balki hozirda tajriba sifatida chiqarilayotgan chipini o'rnatishga ham roziman. Behazil.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot instituti talabalari qaysi adabiyotlardan foydalanay deb so'rashadi. Aslini olganda kerakli bo'lgan adabiyotlar juda ko'p. Ammo ular ichidan sifatlisini tanlab olish qiyin.
Medisbook yaxshi adabiyotlarni bosmadan chiqarish va yetkazib berish bilan shug'ullanyapti ekan. Tekshirib ko'ring, balki foydasi tegar 😊

Sun'iy intellekt monopoliyasini oldini olish maqsadida OpenAI degan kompaniya tashkil etilgan. U ilmiy izlanish va rivojlanish (R&D) kompaniya hisoblanadi. Asosiy missiyasi sun'iy intellektni butun insoniyatga foydali bo'lishini ta'minlash.
Ana shu kompaniya 5 kun avval ChatGPT degan sun'iy intellektga asoslangan "suhabtdosh"ni ommaga foydalanishga topshirdi. 5 kun ichida foydalanuvchilari 1 milliondan oshdi 😳 ChatGPT ga nafaqat "Mana bu davlat poytaxti nima?" degan savollar bersa bo'ladi, balki u bilan hayot mazmuni haqida suhbat qursa bo'ladi, o'ta ta'sirli hikoyalar yaratsa bo'ladi.
Tushunish osonroq bo'lishi uchun hozirgina sinab ko'rgan savolni ekranda yozib oldim. Ko'rishingiz mumkin.
Savol IELTS writing task 2 da tushadigan savollardan biri "Advantages and disadvantages of studying abroad. Write an essay in IELTS format." Ko'rib xulosa chiqarish mumkin. Biz IELTS topshirishda bunday essay yozish uchun yillab tayyorlangan bo'lsak, bot bir minutda 8 bal oladigan essay yozib beryapti.
Buni kelajak uchun qanday ta'siri bor? Hozir qilayotgan ishlarimizni juda katta qismini mana shunday botlar qilishni boshlaydi. Oddiy va yagona misol kopirayterlar, marketologlar ishi. Botga "X maxsulotni Y aholi qatlamiga sotish uchun ta'sirli Facebook post yaratib ber" deyish kifoya bo'ladi.

Kelajakda ishlar yo'qolib ketishidan havotir olish kerak emas.
Inson ixtirochi va moslashuvchi jonzot.
Sun'iy intellekt rivojlanishi bu yaxshi. Zerikarli va bir xil bo'lgan ishlarni sun'iy intellekt bajaradi. Insonlar esa yaratuvchanlik bilan, ijod bilan mashg'ul bo'lishadi.
Yaratuvchan va ijodkor bo'lish uchun esa bilim olish zarur. Bilim olishga erinuvchilar ishini sun'iy intellekt bajaradi.
Bizni bilim qutqaradi. Vaqt esa cheklangan.
bekolimjon

Sun'iy intellekt haqidagi postlarimni to'xtatishim kerak 😊
OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan GPT har birimizni millionlab odamlar intellekti jamlanmasidan foydalanish imkonimiz bor ekanligini isbotladi. Bu degani O'zbekistonning chekka qishlog'idagi 16 yoshli inson dunyoadgi millionlab aqlli insonlar fikrlari, xulosa va bilimlari jamlanmasidan tekinga foydalana oladi.
Hozirgi ko'rayotganimiz jamlangan intellekt bo'lsa, yaqin kelajakda shaxsiy sun'iy intellekt rivojlanishi aniq. Bu nima degani?
Bu degani, har bir odam intellekti nusxasi doimo onlayn turadi degani. Bu degani u odam aqliga doimo "dostupimiz" bo'ladi degani. Hohlagan vaqt u odamdan savol so'rayveramiz. Javob berishi u insonning vaqtiga bog'liq bo'lmaydi. Bu insonlarni yanada erkin bo'lishiga va yanada ijodkor bo'lishiga sabab bo'ladi.
Aniq misol aytsam (boshqalardan ko'ra o'zimni o'qqa tutishim osonroq 😁), men shifokor sifatida bemorni ko'rib tashxis qo'yaman va davo yozaman yoki operatsiya qilaman. Asosiy vazifam shu.
Agar mening shaxsiy sun'iy intellektim bo'lsa, bemor tekshiruvi natijalarini assistentim virtual Bek Olimjonga taqdim etadi. Virtual Bek Olimjon esa natijalarni tahlil qilib, diagnoz qo'yib, davoni aytib beradi. Operatsiya qilish kerak bo'lsa bu haqida ma'lumot beradi va assistent bemorni operatsiyaga tayyorlaydi.
Bunda jismoniy Bek Olimjonga zarurat bo'lmaydi. U paytda Bek Olimjon Sahroi Kabirda velosipedda yurishi mumkin 😁 yoki yana bir boshqa sohada bilim olayotgan bo'lishi mumkin.
Kamchilik jihati bemorlarni shifokor bilan tabiiy suhbatga ehtiyojini qondirilmay qolishi bo'lishi mumkin, lekin afzallik jihati bu kamchilikdan ancha ustun. Afzalligi shuki shifokor maslahatidan 20 minut davomida bitta bemor emas, balki 500 ta bemor foydalanishi mumkin.
Endi ana o'sha shifokor Neuralink orqali bilimlar olish imkoniyati va tezligini bir necha 10 baravarga oshira olsachi? 🤔
Bizni juda qiziq va hayratlanarli kelajak kutyapti.
@DrBekOlimjon

Faraz qilaylik meni universitetga borish yoshidagi farzandlarim bor. Agar ular Harvard, Stanford, Yale va shu kabi mashhur universitetlarga boraman desa chuqur o’ylab ko’rgan bo’lar edim. Birdaniga 100% qo’llab-quvvatlashdan o’zimni tiygan bo’lar edim. Nega unday?
Sabablari bir nechta. Ayrimlari quyidagilar:
- ohirgi 10-15 yil ichida universtitetlar chuqur, erkin va atroflicha fikrlashni o’rgatishdan ko’ra, odamlar ko’nglini og’ritmaslik haqida ko’proq qayg’urishayotgandek. Bu achinarli holat. Akademiya haqiqatni qidirishni o’rgatadigan makon bo’lishi kerak deb o’ylayman. Fikrimcha ayni vaqtda g’arbdagi akademiya, ayniqsa AQShdagi, bu borada ortda qolmoqda. Ular haqiqatni qidirishni, tanqidiy fikrlashni o’rgatishdan ko’ra, mafkuralar singdirish bilan mashg’uldek. Fikrimcha bunday davom etilsa kelajakda jamiyat tomonidan qattiq qarshi zarba bo’ladi.
- farzandlarim qaysi sohani tanlashi hohishiga qarab, universitetda o’qish zarur yoki zarur emasligini o’ylab ko’rishni tavsiya qilgan bo’lar edim. Agar IT sohalarini tanlashni afzal ko’rsa, maktabdan keyin 1-1,5 yil tanaffus olib, dunyoni sayohat qilib, turli davlat va madaniyatlarda kamida 3-4 haftalab yashab, mustaqil ravishda IT o’rganishni, undan keyin ish topib, mustaqil bo’lishini tavsiya etgan bo’lar edim. Agar amaliyotga qattiq bog’langan sohani, misol uchun tibbiyotni tanlashsa, tabiiyki universitetda o’qish zarur.
- fikrimcha universitetlar talab etadigan narh, ular beradigan bilimga har doim ham mos kelavermaydi. Universitetda o’qishni katta afzalligi bu do’stlar orttirish va ular bilan kelajakda aloqalarni (do’stlik yoki biznes) ushlab qolish. Hozirda 18-22 yoshdagilar uchun bunday imkoniyat beradigan jamiyat institutini topish muammo. Shuning uchun ham o’qish vaqtida qanday do’stlar tanlashni obdon o’ylash kerak.
- 3-4 yil universitetda vaqt sarflash bu aksar sohalarni o’rganish uchun juda ko’p vaqt. Avvallari bilim olish uchun vaqt kerak edi. Oddiy bir mavzuni kitobdan topib o’qish uchun, talaba yotoqxonadan chiqib, avtobusga o’tirib, kutubxonaga borib, kitobni topib, mavzuni topib, ko’chirib, o’qishi va o’zlashtirishi kerak edi. Bitta mavzu bo’yicha bitta kitobdan ma’lumot olish uchun kamida yarim kun vaqt ketar edi. Agar bir nechta kitobdan topish kerak bo’lsa bir necha kun vaqt ham ketishi mumkin edi. Hozir bunga ehtiyoj yo’q. Amaliyotga qattiq bog’liq bo’lmagan (misol IT kabi) istalgan sohadagi bakalavr dasturini olsak, shu sohadagi bilim va ko’nikmalarni 4 yilda emas, balki 1 yilda o’rganish mumkin.
Bu uchun o’rganish bilimini o’rganish kerak. Menimcha muammo ham shunda aslida. Biz farzandlarimizga o’rganish bilimini bera olishimiz kerak.
Bek Olimjon

IT bo'yicha bilimlar olishni, ayniqsa dasturlashni tekinga o'rganish mumkin ekanligini qaytarishdan charchamasam kerak 😁
Ayrimlarni xabari bor, ko'plab universitetlar mana shu sohadagi kurslarini tekinga internetga joylab qo'ygan. Bu haqida avvalroq MIT va Harvard misolida ham yozgan edim.
Har safar shu mavzuni ko'targanimda qayerdan topsa bo'ladi shunday kurslarni degan savol qaytalanadi (chunki ko'pchilik Googledan foydalanishni bilmaydi).
Bitta Dhawal Shah nomli odam (savob ishlarni qiladi bu brat) ana shunday fanlarni/kurslarni ro'yhatini tayyorlapti. Qizig'i shuki butun dunyodagi universitetlar tomonidan taqdim etilgan ana shunday tekin kurslar soni 860 dan ortiq ekan. Bu ro'yhatda kompyuterga oid har qanday fan bor. Oddiy sayt tayyorlashdan tortib to kriptografiyayu xaker bo'lishgacha.
Afsuski bu ro'yhatni ko'rgan odamlarni 99% qismi "zo'r, qiziq ekan, lekin menga emas bu, men buni eplay olmayman baribir" deyishadi. 1% odam qandaydir foyda olishga harakat qiladi. Ana shu 1% odamni 1% nimadir o'rganishni boshlaydi.
Agar siz o'sha 1% ichida bo'lsangiz, balki sizga foydasi tegar
https://www.freecodecamp.org/news/free-online-programming-cs-courses/

2023 uchun maqsadlar katta edi, lekin harakatimiz shunga yarashami?
sarhisob qilish vaqti hozir. Chunki vaqt o’tib bormoqda
2023-yilni 4% qismi o’tib bo’ldi
█░░░░░░░░░░░░░░░░░░░░░░░░ 4%
aniq maqsad + jamlangan diqqat + har kunlik mehnat + vaqt = muvaffaqiyat
..biz havas qiladigan, muvaffaqiyatli deb hisoblagan insonlarning ko’pi buni allaqachon tushunib yetgan…
…bir kinoda eshitgan edim ”agar bu yerdan faqatgina o’liklar chiqadigan bo’lsa, unda siz ham o’likka aylaning”…
…ijtimoiy tarmoqlardan, 6 yildan keyingi umrimiz uchun foydasi bo’lmagan ishlardan voz kechish kerak…
…keyingi 6 oyda ”yo’qolib” qolish kerak. Maqsad sari mehnat qilish zarur. Yo’qolib qolganingizni ko’pchilik sezmaydi, ammo 6 oyda ko’p sohalarda katta natijaga erishsa bo’ladi…
…6 oydan keyin qayerda eding deb so’rashsa, mana senga natija deyish mazasini ko’pchiligimiz tushunmaymiz…

O’tgan kuni 6 oyga yo’qolib qolish haqida yozgan edim.
Odam 12 oyda qanchalik natijaga erishish mumkinligi haqida bu post.
Bir o’zbek yigit yozyapti:
«Assalomu aleykum aka yaxshimisz? Man rovno 1yil oldin maslahat so'rab yozgandim szga, Akfa bn Germany tanlovi o'rtasida.. Germanyga keldim Studienkolleg degan podkursini tamomladim va univerga topshirdim. Bugun javobi kelibdi Uni Münsterdan... Qabul qilinibman... Shu joyda szga rahmat aytmoqchiman, har doimgide biza yoshlarga motivation berasiz.. Endi silani ortiladan yurib yaxshi specialist bo'lish nasib qisin! Charitega ham topshirdim javobi kechro kelarkan.. Endi chance Münsterga bo'gan ekan. Germany tarafga kesez bir suhbatizni olaylik😊»
Bir yil davomida maqsadidan qaytmasdan, qiyinchilikka chidab, o’ziga ishonchni yo’qotmay, har kuni mehnat qilish orqali odam o’z kelajagini qanchalik o’zgartirishi mumkin.
Bu yigit o’zi va o’zidan keyin keladigan avlodlar kelajagini butunlay o’zgarishiga sabab bo’la olganiga men ishonaman.
Bu yigitda endi Germaniyadagi zo’r universitetda tekinga o’qishi, top-3 da klinikalarda oylik olgan holda mutaxassis bo’lish imkoni bor.
Kimlardir haligacha bir qarorga kela olmagan. Komfort zonasidan chiqishni hohlamaydi. O’zini ozgina qiynashni hohlamaydi. Til o’rganishni esa 3 yildan beri dushanbadan boshlamoqchi bo’ladi.
Vaqt tez o’tadi, umr bir pastda tugaydi. Biz bilan esa afsuslarimiz qoladi. Kimlargadir havas qilib o’tiraveramiz.

Hali ham dolzarb…
https://telegra.ph/INGLIZ-YOKI-RUS-TILI-tibbiyot-instituti-talabasi-uchun-qaysi-tilni-o%CA%BBrganish-muhimroq-01-04

Telegraph
INGLIZ YOKI RUS TILI: tibbiyot instituti talabasi uchun qaysi tilni oʻrganish muhimroq?
Tibbiyot institutini endi boshlagan yoki oʻqiyotgan talabalar koʻp savollar berishadi. Bunday savollar ichida tez-tez takrorlanib turadigan savollardan biri «Men qaysi tilni oʻrganganim yaxshiroq; rus yoki ingliz tili?». Bu savolga hayotiy tajribamdan kelib…
Hozir osh zirvagini qilyatib xayol surib qoldim…
Bundan 1,5 yil avval USMLE haqida video qilgan edim. Videoda men yetkazmoqchi bo’lgan asosiy ma’lumot bu USMLE yo’lini tanlashda hayotga real qarash va prioritetlarni aniqlab olish muhim ekanligi edi. Bu video chet elda shifokor bo’lish uchun AQSh yaxshimi yoki Yevropa degan debatga aylangan edi. Bu haqida savollar ko’p beriladi. Kimdir Amerika zo’r desa, kimdir Yevropa zo’r dedi.
Aslida o’zi bizga nima muhim?
Fikrimcha ko’pchilik uchun hayotda erishish kerak bo’lgan eng muhim yutuqlar ro’yhati boshida moliyaviy stabillikka erishish turadi. Bu ota bo’lib oila boshlig’i sifatida oilasini boqa olish, ota-onasiga yordam berish, oilasi ta’minotini joyiga qo’yish degani. Ona sifatida esa karyeraga katta fokus qilgan holdayam, farzandlari uchun vaqt ajrata olish imkoni degani.
”Men John Hopkinsda eng zo’r neyroxirurg bo’laman” yoki ”Men Amerikadagi eng zo’r kardiologga shogirdga tushaman” degan orzular albatta yaxshi, ammo hayotga real qarash zarur degan fikrdaman. Agar siz uchun John Hopkinsda ishlashdan boshqa muhimroq orzu bo’lmasa, bu uchun bir necha yilni qurbon qilishga tayyor bo’lsangiz, oila sizni qo’llasa demak siz bunga albatta harakat qilishingiz zarur.
Shu bilan bir narsani aslo yoddan chiqarmaslik kerak. Hech bir inson o’lim to’shagida yotganda qiladigan afsusi ”nega ko’proq ishlamadim” bo’lmaydi.
Agar karyera muhim bo’lmasa, unda nima muhim?
Har bir inson 18 va 35 yosh orasida imkon qadar karyera va ijtimoiy kapitalni yaxshilab qurishi, oila ta’minotini qilib bera oladigan darajada stabillikka erishishi va undan keyin o’z ustida yanada ishlab moliyaviy erkinlikka erishishga harakat qilishi muhim. Oilasiga, yaqinlariga yordam berishi, undan ortsa jamiyatga yordam berishi muhim degan fikrdaman. Dunyoda katta o’zgarishlar qiladigan odamlar 8 dan 5 gacha ishlaydigan, ishdan kelib televizorni yotvolib ko’radigan, o’z ustida ishlashga harakat qilmaydiganlar emas, balki moliyaviy erkinlikka erishgan insonlar.
Kuzatuvchilarim asosiy qismi tibbiyot sohasidagilar bo’lgani uchun buni yozishni muhim deb o’ylayman. Har qaysi sohada vijdon qiynalmagan holatda moliyaviy stabillikka erishish, keyinchalik moliyaviy erkinlikka erishish mumkin. Bu yo’lda geografik chegaralar to’siq bo’la olmaydi. Yagona to’siqlar - odam o’ziga bo’lgan shubha, komfort zonadan chiqib keta olmaslik, qiyinchilikka tik qaray olmaslik, harakat qilishni hohlamaslik va hokazolar.
Jamiyat uchun foydali bo’lish muhim. Oila muhim. Salomatlik muhim. Moliyaviy stabillikka erishish muhim. Kun oxirida, yil oxirida, umr oxirida o’tgan vaqt uchun vijdon qiynalmasligi muhim. Ruhiy hotirjamlik muhim.
Muammo aslida bizga nima muhim ekanligini to’liq tushunib yeta olmasligimizda…
Bek Olimjon
19.02.2023, Oslo

Inson butun xayoti davomida hohlaydigan va ortidan quvadigan hissiyot bu erkinlik hissi.
Asosan 3 xil turdagi erkinlik bor:
- moddiy erkinlik
- jismoniy erkinlik
- ruhiy erkinlik
Moddiy muammolaridan erkin bo’lishi uchun pul topishga harakat qiladi.
Pul topadi, uni esa kasallikdan xolis bo’lish uchun sarflaydi, jismoniy erkinlikka erishish uchun.
Boylik topadi, ruh qiynashni boshlaydi, keyin ruhiy erkinlikka erishish uchun harakat qilishga tushadi.
Endi erishdim deganda umr tugayotgan bo’ladi.
…
Boy bo’lish ruhiy erkinlikka erishishni kafolatlamaydi, ammo moddiy qiyinchilik baxtsizlik asosiy sabablaridan biri. Moddiy qiyinchilik ruhiy hotirjamlikka erishishga to’sqinlik qiladi.
Xo’sh, nima qilish kerak?
Tafakkur qilish kerak, kelajakda ruh qiynamaydigan yo’l bilan moddiyatga erishish kerak.
Bu yo’lda salomatlikni unutmaslik kerak.