Telegram Web Link
Do’stim: o’gil tishiga breket qo’yganmiz, qiyshiq tishini to’g’rilash uchun

Men: tomog’i ham o’griydimi?

Do’stim: Ha, anginasi bor

Men: burnini tuzatish kerak. Breket bu asoratni to’g’rilaydi, qiyshiq tishga sabab bo’lgan muammoni emas.

Dos’tim: …


Shu joyda o’smirlarda tishlar qiyshayishini tushuntirishga harakat qildim. Keyin fikrlarni sizlar bilan ham bo’lishay dedim.


Tishlar qiyshayishiga sabab bir nechta. Tish duxtirlar (hammasi ham emas) asosiy sababni ”jag’lar yetarlicha katta emas, tishlarga yetarlicha joy yo’q” deb tushuntirishadi. Bu eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri.

Bola va o’smirlarda jag’lar to’g’ri o’sishini belgilab beradigan muhim omil bu burun bo’shlig’ini yetarlicha keng bo’lishi. Agar burun bo’shlig’i keng bo’lmasa jag’lar ham kichkina bo’ladi.

Endi burun bo’shlig’i yetarlicha keng bo’lishi uchun u ishlashi kerak. U qachon ishlaydi? Qachonki u orqali havo qiynalmasdan o’tsa.

Shuning uchun ham burundan nafas olish juda muhim. Agar bola burun orqali nafas olmasa burun bo’shlig’i yetarlicha kengaymaydi, bu esa jag’ni kichkina bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa tishlar qiyshayishiga.

Qiyshiq tishni to’g’rilashdan oldin, burun ichidan qiyshiq emasmikin deb tekshirish kerak.


Do’stim o’g’lida nega tomoq o’g’riydi? Sabab burundan to’liq nafas ola olmaydi, og’izdan oladi. Tomoq quriydi va yallig’lanadi.


Muammoning asl sababini o’rganishga harakat qilish, bir xatoni qaytarmaslikka yordam beradi.

Kelganda yozib qo’yay dedimda 👃

Balki foydasi tegar…

Bek Olimjon
05.12.24
Bergen, Norvegiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shoshilish hissi

O’zbekistonda 25 yoshgacha bo’lgan aholi soni: 14,2 million

Norvegiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya. Bu 4 ta davlat jami aholisi 14,2 million

Siz 20-25 yoshdasiz: raqobatni his qilyapsizmi?

Kelajagingiz haqida qayg’urish vaqti allaqachon kelgan


Shoshilish zarur!

Iqtisodiy raqobatda yutib chiqishning sinalgan va eng samarali usuli bu bilim olish orqali.

Jamiyat uchun kerakli bilimlar o’rganish uchun birinchi qadam bu til o’rganish.

Faqat o’zbek tilidagi ma’lumotlar bilan raqobatda ishtirok etish qiyin, azizlar!

Til o’rganish bu safarning boshi, manzil emas.


Bek Olimjon
06.12.24
Oslo, Norvegiya
O’zbekiston chet elga talaba yuborish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda ekan. Xitoy va Hindistondan keyingi o’rinda. (1)

Agar bu ko’rsatkich har bir davlat aholisiga nisbatan qaralsa O’zbekiston 1-o’rinda bo’ladi.

Men 2010-yilda Shvetsiyaga o’qishga kelganimda ota-onam juda ko’pchilik qiladigan xatoni qilishmagan.

Mendan uyga pul yuborishimni hech ham so’rashmagan. Shu sabab menda uyga pul yuborish bosimi bo’lmagan. Natijada vaqtimni o’qishga qarata olganman.

Bu juda muhim.

Bolasini chetga o’qishga yuborayotganlardan iltimos qilib so’rar edim:
«Bolangiz o’qigani ketgan bo’lsa undan pul yuborishini emas, mutaxassis bo’lishini talab eting»

Agar pul jo’nat desangiz hozir 1-2 yil mayda ishlarda ishlab 10-15 ming dollar topadi, o’qishni tugatib tuzuk ish topa olmay yo qaytib ketishga majbur bo’ladi yoki illegal bo’lib yashirinib yuradigan bo’ladi.

Rivojlangan davlatlarda mutaxassisga ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Mutaxassis bo’lsin, pul uni ketidan quvadi.

Shunda sizga o’sha mashina ham bo’ladi, uy ham bo’ladi, to’y ham bo’ladi.

Shularga qo’shilib o’z atrofidagilirini oyoqqa turishiga yordam beradi. Jamiyatga yordam beradi.

Haqqingizga duo olib keluvchi bo’ladi.

Faqat sizdan farzandga bo’lgan ishonch, ruhiy ”podderjka” va ozgina sabr kerak xolos.

Bek Olimjon
07.12.2024
Norvegiya
Inson mazmunli hayot kechirishi uchun nimalar muhim?


• hayotda biz ta’sir qila olmaydigan omillar ko’pligini tan olish (faith)

• jamiyat uchun foydali sohani tanlash (market economy)

• imkon qadar ko’p odamga foydasi tegadigan maqsad qo’yish (scalability)

• maqsad sari muntazam harakat (consistency)

• kelajakda afsuslanishga sabab bo’ladigan xato qilmaslik (moral compass)



Mana shularni qilsak biz kelajakda baribir boy bo’lamiz.

Eng muhimi - o’limdan oldin afsuslanadigan xato qilmasligimiz!

Bek Olimjon
06.09.24
Toshkent
ChatGPT yoki Grokdan savol so’rash oddiy holatga aylanib qoldi.

Ammo men kecha bir narsani o’ylab qoldim. AI dan biz savol so’ragan sarimiz uning bilimi ortib boradi. Bizdan ham savol so’rashsa fikrlaymiz va bilim ortadi.

Oddiy misol, bizga ustozlar o’rgatadi, tushunganimizni bilish uchun mavzu bo’yicha savol berishadi.

Kecha undan savol so’rash o’rniga u mendan savol berishini so’radim.

Natija juda qiziq bo’ldi.

Mana bunday deb yozdim:

Mendan (X mavzuni) to’liq tushunib yetmagunimcha savol berishdan to’xtama.

X mavzu bu men o’rganishni xohlagan har qanday mavzu.

Misol uchun
Mendan inflyatsiyani to’liq tushunib yetmagunimcha savol berishdan to’xtama.

Natija quyidagicha bo’ldi.

Dastlab inflyatsiya bo’yicha eng oddiy savollardan birini berdi. Bilimimni tekshirish uchun. Undan keyin javobimga qarab murakkablashib ketaverdi. Har bir tushuncha ortidan bilganimni tekshirish uchun savol so’radi. Agar tushunmadim desam bir qadam ortga qaytib, ”non-chaynab” bergandek qilib tushuntirishga harakat qildi. O’sha mavzudagi muhim tushunchalarni birma-bir aytib bo’lganidan keyin ”qanchalik tushunding?” deb savol berdi.

Eng qizig’i men gapni boshqa tomonga burmoqchi bo’lib mavzuga mutloq aloqasi yo’q narsa haqida yozib ham ko’rdim.

Javobi esa: ”mavzudan chetlashmaylik” bo’ldi 😁

O’zbek tilida ham sinab ko’rdim, Grokda ham ChatGPT da ham. Ingliz tilidagi sifat 10 chandon ortiq.

Autodidaktika bilan ishlay oladigan odamlar endi x10 tezlikda harakatlana oladilar.

Kelajak naqadar go’zal. AI juda ko’p ishlarimizni yengillashtiradi, samaradorlikni oshiradi.

Hammaga xayrli haftalar tilayman azizlar!

Bek Olimjon
09.12.24
Norvegiya
Inson yashash sharoiti yaxshilangan sari, imkoniyatlari oshgan sari, biznesi rivojlangani sari o’zini tushkun yoki yolg’iz his qilishi bor narsa.

Buni muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan chin dildan suhbat qurganingizda his qilasiz.

Buning asosiy sabablaridan biri barcha fokusini ”menga” qaratilganligi.

Inson to’liq hotirjamlikni his qilishi uchun taslim bo’lishi muhim. ”Men, mening biznesim, mening mashinam, mening uyim…” degan sari hotirjamlik yo’qolib boradi.

Inson mendan chetlashsa, o’zidan kattaroq maqsad qilsa hotirjamlikka erishishi ilmiy isbotlangan (1)


Mendan ko’ra kattaroq maqsad muhim.

Balki u oiladir, balki u jamiyatdir, balki u ilm-fandir yoki sport, balki yanada muhimroq maqsad…

Shunda atrofdagilar bilan o’zini solishtirishga ehtiyoj qolmaydi.

Boshqalar nima deydi kabi savollar yo’qoladi.

Mendan kattaroq bo’lish kerak.

Bek Olimjon
11.12.24
Norvegiya
O’zbek jamiyatida iqtisodiy o’sish kuzatilmoqda.

Bu yaxshi.

Ammo

Boylik bizni ko’proq kasal bo’lishimizga sabab bo’lmoqdami?

Jamiyatlardagi iqtisodiy rivojlanish aholi semirishiga sabab bo’lishi isbotlangan. Ayniqsa yosh bolalarda .*

Nega unday?

Ayrim sabablari:

- Odamlarda pul ko’payishi ko’p kaloriyali ovqatlar, fast-fudlar ko’p yeyishga sabab bo’ladi

- Iqtisodiy rivojlanishda odamlarda kam harakatlanishni kuzatish mumkin. Bu ofislarda ko’proq ishlash, mashinada ko’p vaqt o’tkazish va hok

- Pul ko’payishi bilan ko’chada ovqat yeyishimiz ortib boradi. Ko’cha ovqatlari odatda kaloriyasi yuqoriroq, ”baquvvat” bo’ladi. Ko’chaga chiqqani erinsak, ”dostavka” qilamiz, bitta kolasi bilan yonida.


18-64 yoshdagilar yarmida ortiqcha vazn, 20% da esa semizlik bor .**

O’zbekiston yurak qon-tomir kasalliklaridan o’lim bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa chiqqan .***


Pulimiz ko’paysayu, ammo ertaga uni rohatini ko’rish uchun salomatlik bo’lmasa…

Pulimiz ko’paysayu, yegan ovqatimiz sabab o’lib ketsak…

Pulimiz ko’paysayu, harakatsizligimiz sabab o’lib ketsak…


70 yoshga kirganda yugurib kelayotgan nabirani bir ko’tarib, osmonga otib, qaytib ushlab oladigan avlod bo’lishimiz kerak.


Salomatlik muhimroq… puldan ko’ra…


Bek Olimjon
13.12.2024
Norvegiya
Compounding kuchi haqida

Har qanday rivojlanmoqchi bo’lgan odam, ayniqsa boy bo’lmoqchi bo’lgan odam compounding nima ekanligini yaxshi tushunishi shart deb hisoblayman.

Compounding bu odatda investitsiyaga nisbatan ishlatiladigan atama. Sodda qilib aytganda foiz ustiga foiz. (Investitsiyada foiz so’zini eshitiboq hukm chiqarishga shoshilmang)

Compounding mohiyatini tushuntirish uchun bir hikoya.

Bir tabib bir shox hayotini saqlab qoladi

Shox xohlaganingni so’ra, saltanatimdagi boylikdan beraman deydi.

Tabib shoxdan guruch so’raydi.

Talabi shaxmat doskasidagi birinchi katakka 1 dona guruchdan boshlab, har bir katakda guruch sonini 2 baravarga oshirib borishini so’raydi. Shaxmat doskasida 64 ta katak bor. Birinchi katakka 1 dona guruch donasi, ikkinchi katakka 2 dona, uchinchi katakka 4 ta, to’rtinchi katakka 8 ta, beshinchi katakka 16 ta va hok. 64 ta bo’lguncha davom etadi shu jarayon.

Insoniyat taraqqiyoti iqtisodiy rivojlanish ustiga qurilgan. Odamlar doim qandaydir foydali narsa yaratishga harakat qiladi, nimalarnidir ixtiro qiladi. Natijada qiymati oshib boraveradi.

Insoniyat tarixida iqtisodiy o’sish har doim bo’lgan va bu to’xtovsiz jarayon. Orada moliyaviy inqirozlar bo’ladi, shunga qaramay o’sish davom etadi. Bu insoniyat tabiati.

Oxirgi 100 yil ichida AQShdagi top 500 (S&P 500)ta kompaniyalar qiymati yiliga o’rtacha 10-11% dan oshib borgan. Inflyatsiya inobatga olinsa yillik natija 7% atrofida.

Compounding effektni bilim olishda ham ko’rish mumkin. Boshlanishiga biror mavzuda kichkina bilim olamiz, unga 2 ta bilim qo’shilib 3 ta bilimni hosil qiladi, uchtaga yana bitta qo’shilib 5 yoki 6 tani hosil qiladi.

Buni salomatlikda ham ko’rish mumkin. Hozir 1km yugura olmaydigan odam kuniga 1km dan yugurishni odat qilsa 1 oydan keyin 10km yugura oladigan bo’ladi.

Compoundingni farzand tarbiyasida, oiladagi rishtalarda, xullas hayotning boshqa jabhalarida ham ko’rishimiz mumkin.

Guruch va shaxmat hikoyasini vizual ko’rmoqchi bo’lganlar uchun https://youtu.be/k1s-1Jg3C6Q?si=s9SLABP69rm3cDPN

Hammaga salomatlik tilab.

Bek Olimjon
10.05.24
Mallorca, Ispaniya
Balki siz uchun ham tanish holatdir…

«Bek aka,

meni yoshim 21 da, men zo’r xxx bo’lmoqchiman, yyy ga erishmoqchiman (xxx - mutaxassislik nomi, yyy - maqsad nomi). Maqsadim aniq, yo’ldan qaytgim yo’q, mehnatdan qochmayman, ammo nima qilishni bilmayman, ishni nimadan boshlashni bilmayman.

Shunga sizdan iltimos, menga aniq yo’l xaritasi chizib bering, aniq reja tuzib bering va men shuni bajaray»

Bizga aniq reja tuzib berishlarini xohlaymiz va shunga amal qilsagu maqsadimizga erishsak.

Aslidachi?
- maqsadga kimnidir tuzib bergan rejasi orqali erishilmaydi

- o’zingiz yoki boshqa biror odam bilan chuqur suhbat qilish orqali ich-ichingizdan anglab yetgan xulosalaringiz maqsad sari undaydi

- biror bir maqsadga erishishda hech qachon bitta yagona yo’l mavjud emas. Har doim bir nechta yo’llar mavjud

- Federer, Djokovic, Nadal - tennisdagi 3 buyuk. Tutgan yo’li, o’yin stili 3 xil, erishgani o’xshash. Hammasi tennis bo’yicha jahon chempioni. UFCda Habib kurash orqali chempion bo’ldi, Pereira esa kikbokschi

Katta Chimyon cho’qqisiga chiqishda bir nechta yo’llar bor. Cho’qqi esa bitta.

Yagona yo’l yo’q, bir nechta yo’l bor. O’z yo’limizni qidirib topishimiz kerak xolos.

Ba’zan yo’q joydan o’z yo’limizni qurishimiz kerak.

Boshqalar yura olishi uchun.


Bek Olimjon
14.06.24
Femundsmarka
Maqsad - salomatlikda top 10%

2-qism

Qon tahlillari (60 xildan ortiq)

Tibbiyotdagi eng katta yutuqlardan biri bu organizmning hozirgi holati qanday ekanligini o’rgana olish imkoniyati. Bu maqsadga erishishda bizga turli xil tahlillar yordam beradi. Qon tahlillari ana shulardan biri.

Men yilda 2 marta turli tahlillariga qon topshiraman.

Bundan maqsad qaysi a’zolar optimal ishlamayotganini aniqlash va tizim ertaroq ishdan chiqmay turib o’z vaqtida to’g’rilash. Bu huddi har 5000km da mashina moyini almashtirishdek gap. Agar moy almashtirishga e’tiborsiz yuraversak motor qisib qolish xavfi bor.

Juda ko’p tanishlarim mashinasi moyini almashtirishni hech qachon esidan chiqarmaydi, ammo o’zini hali biror marta tekshirtirmagan.

Quyidagi testlar (tarjima 100% to’g’ri bo’lmasligi mumkin, hammasini ham o’zbekcha nomini bilmayman).

• Gemoglobin
• Leykotsit va farqi bilan (neytrofil, limfotsit, monotsit, eozonofil, bazofil)
• Trombotsit
• Eritrtotsit
• Gematokrit
• O’rtacha korpuskular hajm (MCV)
• O’rtacha korpuskular gemoglobin (MCH)
• Ferritin
• Temir
• Temir bog’lash qobiliyai
• Transferrin Saturatsiyasi
• Vitamin B12
• Folat
• Plazma Homosistein
• Metilmalon kislota
• Natriy
• Kaliy
• Xlorid
• Kalsiy
• Fosfat (inorganik)
• Magneziy
• Kreatinin
• Estimated Glomerular Filtration Rate (eGFR)
• Urea
• siydik kislota
• Bilirubin
• Aspartat Aminotransferaza (ASAT)
• Alanin Aminotransferaze (ALAT)
• Lactat Degidrogenaza (LD)
• Glyukoza
• Gemoglobin A1c (HbA1c)
• C-peptid
• Trigliseridlar
• Xolesterin
• Yuqori dispersiyali lipoprotein (HDL)
• Past dispersiyali lipoprotein
• Yuqori dispersiyasi xolesterin
• Apolipoprotein A (APO-A)
• Apolipoprotein B (APO-B)
• Apolipoprotein A/B nisbati (APOA/APOB)
• Lipoprotein @ (Lp-a)
• Zardobdagi to’liq protein
• Prostata-maxsus anitgeni
• Tiroidea stimullovchi gormon
• T3
• T4
• Kortisol
• SHBG (Sex hormone binding globulin)
• Vitamin D
• Insulin
• DHEA-S
• C reaktiv protein
• Eritrotsitlar cho’kish tezligi
• Ruh
• Mis
• Testosteron

Shu o’rinda muhim izohlar:

Bu postni o’qib, men ham shularni qilishim kerak deyish bu xato bo’ladi.

Unday qilmaslikni tavsiya etaman. Nega?

• Tahlilga qon topshirish alohida narsa, ularni to’g’ri talqin qila olish muhim. Men natijalarni mustaqil talqin qila olaman. Kerakli ma’lumotni qayerdan topishni bilaman

• Organizmdagi turli sistemalar qanday ishlashini tushuna olish muhim. Biror tahlil normadan past yoki ortiqcha chiqdi degani bu har doim ham kasallik belgisi emas. Misol uchun Kreatinin buyrak faoliyatiga baho berishda ishlatiladi va har doim boshqa tahlillar va tahlil olingan shaxs tana tuzilishidan kelib chiqib baho beriladi. Alohida olinishi befoyda tahlil. Misol vazni yengil sog’lom ayol kishida kreatinin past bo’lishi tabiiy holat, yoki muskuli ko’p erkak kishida kreatinin baland bo’lishi tabiiy holat. Yana bir misol, umumiy xolesterinni aniqlash foydali ma’lumot bermaydi. Hattoki katta av kichik dispersiyali turlariga ajratilgan holda aniqlash ham kerakli darajada aniq ma’lumot bermaydi (hatto hozirgi tibbiyotda bu yurak qon-tomir kasalliklari diagnostikasida keng tarqalgan standart test hisoblansada)

• Bu tahlillardan ayrimlarini hayot davomida bir marta qilish yetarli

• Bunday keng ko’lamdagi tahlil arzon emas. Pul sarflashdan oldin olingan natija shunga arziydimi degan savol muhim

• Nega bu darajada ko’p tahlil, shuncha narsa kerakmi deyishingiz mumkin va bu o’rinli savol bo’ladi. Rostdan ham bular mendek sog’lom inson uchun o’ta zarur tahlillar emas. Ammo men uchun barchasi muhim. Har biri maxsus ma’lumot beradi menga. Bularni qilishda menda imkon bor. Bularni o’rganish men uchun ilm sifatida juda qiziq. Bu ilmni boshqalarga yordam berishda foydasi tegishiga aminman.

Keyingi post yurak faoliyatini bevosita baholash uchun qaysi tekshiruvlar qilganim/qilishim haqida bo’ladi.

Barchaga salomatlik tilayman azizlar!

Bek Olimjon
25.12.24
Norvegiya
Maqsad - salomatlikda top 10%

3-qism

Bundan oldingi postda qon tahlillari haqida yozgan edim. Ular asosan umumiy qon tahlili, jigar, buyrak faoliyatini belgilovchi testlar, diabet kasalligi uchun testlar, endokrin tizimi uchun (qalqonsimon bez, testosteron va hok), vitamin va elektrolitlar bo’yicha edi. Yurak qon-tomir kasalliklari uchun spesifik testlar bor edi.

Bularni aniqlash orqali organizm qayerda ekanligini aniqlab oldim. Endigi navbat yurak qanday ishlayotganini aniqlash edi. Yodingizda bo’lsa men mentor bilan ishlashni boshlagan edim. Oldinda yurakka yaxshigina ”nagruzka” beradigan jismoniy mashqlar bor edi oldinda. Bunda yurak faoliyati qanchalik ishlayotganini aniqlab olish muhim edi.

Bu uchun qaysi testlar o’tkazildi?
1. Elektrokardiogramma
2. Yurak exokardiografiyasi
3. Uyqu arteriyalari ultratovush tekshiruvi
4. Ergometrik velosipedda yuklama testi

Elektrokardiogramma

Bu yurak qisqarishida buzilishlar bo’lsa, bir xilda qisqarmasa, yurak mushaklarida shikastlanish bo’lsa aniqlab berish imkonini beradi.

Yurak exokardiografiyasi

Bu tekshiruv yurak o’lchamlarini olish, uning qisqarish faoliyati, har bir qisqarishda qancha miqdorda qon chiqarayotgani, yurakdagi nuqsonlar, kengayish, torayish kabi o’zgarishlarni aniqlashda yordam beradi.

Uyqu arteriyalari ultratovush tekshiruvi

Uyqu arteriyalarida torayish bor yoki yo’qligini aniqlash imkonini beruvchi oddiy tekshiruv. Odatda yurak exokardiografiyasi bilan birga qilinadi

Ergometrik velosipedda yuklama test

Agar yuqoridagi testlar bemor tinch yotganda bajarilsa bu test bemor yuragiga yuklama bergan holda bajariladi. Yurak signallarini aniqlovchi elektrodlar ulanadi va bemor velosiped haydaydi. Velosipeddagi og’irlik muntazam ravishda orttirib boriladi, maqsad yurakka kuch berish orqali undagi o’zgarishlarni aniqlash. Misol uchun bemor yuragida bir toraygan tomir bor, lekin qon o’tib turipti va kuch kelmagan vaqtda qon yetkazib bera olyapti. Kuch kelganda qonga bo’lgan ehtiyoj oshib ketadi va ana shu tor tomirdan o’tayotgan qon/kislorod yetarli bo’lmasligi mumkin. Qo’pol qilib aytganda ”yashirin” o’zgarishlarni aniqlashda yordam beradi. Undan tashqari qon bosimi ham o’lchab boriladi va organizmni jismoniy zo’riqishdagi stresga qon bosimidagi javobi aniqlab boriladi. Bu test insondagi maksimal yurak urishi (maksimum pulsni) aniqlashda ham yordam beradi.

Hozirgacha 1-qismda eng dastlabki tekshiruvlar (bo’y, vazn, qon bosimi va hok), 2-qismda qon tahlillari va 3-qismda yurak faoliyatini aniqlovchi tekshiruvlar qildik. Hammasi normada bo’lgani uchun endi jismoniy holatni aniqlovchi maxsus testlarga o’tish mumkin.

Keyingi postda organizm kislorod o’zlashtira olish qobiliyati haqida gaplashamiz. (Yuqorida aytib o’tilgan tekshiruvlar jarayonidagi rasmlarni izohlarga qo’yib qo’ydim). Ushbu postlarga aloqador maslahatlaringiz bo’lsa yozing.

Barchaga salomatlik tilayman, azizlar!

Bek Olimjon
26.12.24
Norvegiya
Maqsad - salomatlikda top 10%

4-qism, sportdagi maxsus testlardan biri VO2 max test haqida

Bu test kislorodni o’zlashtira olish testi deyiladi. V - hajm, O2 - kislorod, Max - maksimum. Maksimum kislorod hajmi. Bu test bir minutda necha litr kislorod qabul qila olyapman degan savolga javob beradi.

Og’izdagi maska nafas paytida qancha kislorod kirayotgani va qancha qaytib chiqayotganini o’lchaydi va organizm qancha kislorod olayotganini hisoblab beradi. Bu umumiy miqdorda litrda belgilanadi. Hisob va solishtirish oson bo’lishi uchun har bir minutda bir kg tana vazniga necha ml O2 to’g’ri kelishini hisoblab beradi. Buni ml/kg/minda o’lchanadi.

Misol uchun meni yoshimdagi (30-39 yosh) erkaklar uchun dunyodagi eng baland VO2 max bu 90 atrofida bo’lsa, bu yoshdagilar 90% qismida 55 dan past. Agar 35 yoshli erkak kishi 55 VO2 maxga ega bo’lsa bu juda-juda sog’lom hisoblanadi. Top 10% da degani bo’ladi. Bunday inson surunkali kasalliklardan o’lish ehtimoli bir necha baravarga kam.

Test maxsus uskuna talab etadi, jismonan ancha qiyin. Sababi odam nafas olishi qiyinlashib yugura olmay qolguncha ”bosiladi”. Avval sekinroq tezlikda boshlab, har bir yoki ikki minutda tezlik oshirib boriladi. Davomiyligi 15 minutdan 60+ minutgacha davom etishi mumkin (tanlangan usulga qarab). Test yakunida yugurayotgan odam ko’zi tinib, nafas yetmay yiqilib tushadigan darajaga keladi 😁

Uzoq muddatli salomatlik uchun VO2 max eng muhim omil hisoblanadi. Uzoq muddat chidamlilik talab etiladigan sportlarda natijani belgilab beruvchi muhim omillardan biri.

Yoshlikda aerobik sportlar (yugurish, suzish, velosiped va hok) bilan shug’ullangan insonlarda balandroq bo’ladi. Yaxshi yangilik shuki buni kattaroq yoshda ham (30 dan keyin) oshirish mumkin, faqat ko’proq mehnat talab etiladi.

Bu testni men yil boshida bir marta o’tkazib boryapman. Rasm 2024 dan.

Bu postda VO2 max haqidagi info huddi dengizdan tomchidek. Maxsus qiziquvchilar uchun chuqurlashish mumkin 🙂

Bek Olimjon
27.12.24
Norvegiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Norvegiyada men yashaydigan mahallada turk do’koni bor.

Meva-sabzavotlarni o’sha joydan olaman. Egasi bilan salom-alik bor.

Hozir gaplashib qoldim.

«Biror o’zbek tanishing bo’lsa ayt, menga ishchi kerak do’konga»

«Bir Bahodir degan o’zbek yigit bor edi, Alloh rozi bo’lsin, biz bilan 5 yil ishladi, halol, toza, insofli bola edi. 2-3 ta tilni o’rgandi. Zehni o’tkir bola edi. Uyiga qaytib ketdi, uylandi, ota-onam oldiga qaytaman dedi»

«O’zbeklar mehnatkash, yaxshi ishlaydi, toza, e’tiqodli bo’ladi. Tanishlaring bo’lsa aytgin iltimos» deydi.

«Xo’p aytaman taniganlarga, ammo bu atrofda yashovchi o’zbeklar ofis ishida ishlaydi» dedim.

Mana shunday hodisalar insonni hursand qiladi.

Bek Olimjon
27.12.24
Norvegiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqsad - salomatlikda top 10%

5-qism

Bugungi post tanada qancha yog’ bor ekanligini o’lchash haqida.

Inson tanasida qancha yog’ borligini o’lchash bir necha usullari bor. Eng oddiy va arzoni teri ostidagi yog’ qatlami qalinligini o’lchash. Oddiy chimchilab ko’rish va ana shu chichmilashdagi qalinlikni o’lchash. Buni caliper method deyiladi. Kamchiligi aniqlik darajasi yuqori emas.

Yana bir keng tarqalgan usul bioimpedance method deyiladi. U tana bir qismidan (misol qo’l yoki oyoqdan) past elektr toki yuboradi va tananing ana shu elektr toki o’tkazish vaqtiga qarab tahminiy natija beradi. Yog’ to’qimasi muskulga nisbatan elektrni sekinroq o’tkazadi. Bu usuldan foydalanuvchi tarozilar keng tarqalgan. Kamchiligi aniqlik darajasi yuqori emas. Inson qancha suyuqlik ichganligiga qarab natija farq qiladi.

Eng ishonarli usul bu DXA-scan usuli (videodagi). U rentgen kabi ishlaydi. Tanada necha kg suyak, yog’ va boshqa to’qimalar borligini hisoblab beradi. Suyak zichligini aniqlovchi eng ishonchli tekshiruv. Kamchiligi aniq muskul vaznini aniqlab bera olmaydi. Muskul vaznini umumiy tana vaznidan yog’+suyak+boshqa to’qimalar (ichak, jigar…) ayirish orqali aniqlash mumkin.

DXA-scan yana bir foydasi tana bir kunda hech narsa qilmagandagi energiyaga bo’lgan ehtiyojni aniqlab beradi. Buni resting metabolic rate deyiladi. Bu kundalik energiya ehtiyojimizni aniqlashga yordam beradi. Yurish, tualetga borish, gapirish kabilar qo’shimcha energiya talab etadi.

Video men DXA-scan tekshiruviga borganimda olgan edim.

Men ilmiy yondashganim va aniqlik kerak bo’lgani uchun mana shunday tekshiruvlardan foydalanaman.

O’lchay olmasang, rivojlana olmaysan!

Bek Olimjon
28.12.24
Norvegiya
Maqsad - salomatlikda top 10%

6-qism

Qondagi glyukozani doimiy o’lchab turadigan sensor. Buni continous glucose monitor (CGM) deyiladi.

Aksar ovqatlar qondagi qand (glyukoza) miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Keragidan oshiqcha glyukoza mushak, jigarda saqlanadi, kerak bo’lgan paytda tezda energiya sifatida ishlatish uchun. Jigar va mushakka sig’magani yog’ga aylanadi. Juda oddiy qilib aytganda semirish asosida glyukoza ko’p yeyishimiz yotadi.

Glyukoza bu faqat shirinlik emas. Non, osh, manti, salad, dimlamadan tortib kolayu chipsgacha.


Turli ovqatlar qondagi glyukoza oshishiga turlicha ta’sir qiladi. Misol oppoq non glyukozani ancha yuqoriga ko’tarsa, qora non undan pastroq darajaga ko’taradi.

Men javob izlagan asosan 2 savol bor edi:
1) Qaysi ovqatlar glyukozani birdaniga oshishiga yoki baland bo’lishiga sabab bo’lmoqda?
2) Men mashg’ul bo’lgan sport turlari qondagi glyukozaga qanday ta’sir qilmoqda?


1-savol orqali glyukoza balandligini oldini olish maqsad qilgan bo’lsam, 2-savol orqali nima qilsam glyukoza tushib ketmaydi degan info olish bo’ldi.

Apparat tangadek keladi va teriga yopishib turadi tunu-kun. Sensori bor, teri ostida kirib turadi va har bir daqiqada to’qimalararo suyuqlikdagi glyukoza miqdorini telefonga uzatib turadi.


Natijalar qiziq bo’ldi. Ayrimlari

- Men odatda yeydigan ovqatlar deyarli barchasi glyukozani unchalik oshirmas ekan, bundan osh, xurmo, oq non va shirinliklar mustasno

- Uzoq muddatli mashg’ulot davomida qorin ochligini his qilgan vaqtim allaqachon kech bo’lar ekan. Shunga xohlamasamda majburan yeydigan bo’ldim (agar mashg’ulot 3 soatdan oshadigan bo’lsa)

- Qondagi glyukozani tushirish eng tez yo’li bu yugurish bo’ldi

- Stres glyukozani oshishiga sabab bo’lar ekan

- Go’sht yoki yog’ glyukozani o’zgartirmadi (sababi glyukoza yo’q tarkibida), ammo protein kukunlari glyukozani oshirishini ko’rib hayron qoldim



Bu apparat umri 2 hafta. Undan keyin almashtirish kerak. Menga 2 haftalik ma’lumot keraklidan oshiqcha info berdi.

Bek Olimjon
30.12.24
Norvegiya
Oftalmologiyani o’rganayotganlar uchun OCT diagnostikasi bo’yicha o’zbek tilidagi video darslar jamlanmasi.


Bu OCT kursi bu juda keng qo’llaniladigan diagnostik usul asosi, ishlatilishi va turli xil ko’z kasalliklarida qanday ko’rinishi haqida. Darslar OCT rasmlarni qanday qilib talqin qilish va tashxis qo’yishni o’rgatadi.

Fikr va savollar bo’lsa video ostidagi izohlarda yozishingiz mumkin.


Balki foydasi tegar…

https://www.youtube.com/playlist?list=PLhPAlhM1eKzfmTc29BFef5DAiryALpkJN
Bu yil boshida meni juda hursand qilgan manzaralardan biri jamiyatimizda sportga bo'lgan munosabat muxlislikdan havaskorlikka o'tayotganligi. Biz zo'r muxlismiz. Futbol, boks, UFC va hok.

Yugurish haqida gapirsang atrofdagilar "nima ma'no shunda?" deb hayron bo'lishar edi.

Hozir esa yugurish ommalashmoqda. Bu ajoyib. Ayniqsa o'zbek jamiyati uchun juda muhim sport turi. Eng foydali va eng arzon sport turi 😄

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda rasmlarga ko'zim tushdi. Do'stlarimiz va'da rasmini qo'yishgan.

"Men 2025 yilda XXXX km yuguraman!" degan. Kimdir 2000km, kimdir 2025km yugurmoqchi.

Qanday ajoyib!

1-yanvar kunligini inobatga olganda bu tushunsa bo'ladigan, har yili qaytalanadigan fenomen aslida.

Ammo, ichimizda qat'iyati kuchlilar ko'p. Qilishim kerak deb oxirigacha borishga harakat qilishlari mumkin. Bu post shu insonlar uchun.

Sport bilan shug'ullanishda ilmiy dalillarga asoslangan yondashuv zarur.

Har qaysi sportda, ayniqsa yugurish sportida e'tibor berish kerak bo'lgan 3 ta eng muhim omil bor.

1. davomiylik (continuity)
2. bosqichma-bosqichlilik (gradualness)
3. modulyatsiya (modulation)

Davomiylik tushunarli.

Ikkinchi omilga e'tibor berishimiz zarur. Bosqichli yondashuv.

Bu degani yugurish umumiy soatini yoki masofasini sekinlik bilan oshirib borish kerak. Misol 2024 da jami 50km yugurgan odam, 2025 da 1000km yuguraman deb harakat qilishi mag'lubiyatni deyarli kafolatlaydi. Eng achinarlisi o’sha inson shikastlanishini aniq kafolatlaydi. Shikast - ko’p narsaga nuqta qo’yadi.

Modulyatsiya esa mashg'ulot hajmi va og'irligini o'zgartirib turish. Misol 8 hafta davomida haftasiga 50km yugurish bo'lsa, keyingi 4 hafta davomida haftasiga 20km reja qilish mumkin.

Shunda mashg'ulotlar rejasi huddi to'lqin (modulyatsiya) ko'rinishiga ega bo'ladi. Modulyatsiya mashg'ulot sikllaridan iborat bo'ladi. Mayli, mashg’ulot rejasidagi makro, mezo va mikrosikllar haqida boshqa post haqida yozarman.

Bu postdan olish kerak bo'lgan umumiy xulosa - status o'yinlarini o'ynamagan holda sekinlik, bosqichma-bosqich holda, davomiylik bilan mashg'ulot soatlarini oshirib borish.

Yiliga necha soat yugurishni reja qilish mumkin?

Adabiyotlarda boshlang’ich darajadagi yuguruvchi (beginner) uchun yillik soatlar hajmi 300 soat atrofida deyiladi. Shikast olmagan holda, o’ta sekin yugurish tavsiya etiladi.

Qanchalik sekin?
Hotirjam gaplashib keta oladigan darajada. Hansirab qolibyaptimi, demak tez yuguryapsiz.

Bundan sekin yugurib bo’lmaydi deysizmi? Unda yurishdan boshlash kerak.

O'zingizni ehtiyot qiling azizlar!

Bek Olimjon
03.01.2025
Norvegiya
2025/10/22 02:49:48
Back to Top
HTML Embed Code: