Istatillo gost jamlanma (1).docx
416 KB
Я делюсь с вами файлом Istatillo gost jamlanma
👍21
Bu testlardan ham tushishi mumkin bu yil marhamat tayyorgarligilarni koʼrilar
🔥4👍21
⭐️"Pediatriya va Shoshilinch holatlarda bolalarda birinchi yordam" online kursimizni
Self-study(mustaqil oʼrganmoqchi) boʼlganlar hohlagan vaqtilarda
@pediatriya_manager yozib sotib olishingiz mumkin.

Yopiq kanal aʼzoligi doimiy aʼzolik 300.000 ming soʼm!

Kurs haqida batafsil maʼlumot olish va kursni tamomlaganlar fikrlari bilan tanishishingiz mumkin!

🤩 https://www.tg-me.com/pediatriya_feedback


Siz kutgan tibbiy blog:

@DrJasurbek_blog ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Havo harorati +9, suv harorati +10, shamol+yomg'ir, loy+qor!

1,9km suzish, 10 gradusda
105km velikda shu havoda
21km yugurish

Bu ekstremal triatlon!

Bu postda "men buni uddaladim" degan joyi bo'lishi kerak edi.

Ammo, yo'q, men buni uddalay olmadim! Suzish qismida taslim bo'ldim. DNF deydi buni, did not finish!

Sababi nima edi?
- ruhan tayyor emasligim? (duxim yetmadimi?)
- jismonan tayyor emas edimmi?
- o'zimga ko'p ishonganmidim?

Bir dunyo savollar. Bularga javob topish uchun qaytishda 7 soatlik rulda yolg'iz vaqtim bor edi.

Bunday "mag'lubiyatdan" keyin emotsiyaga berilgan holda tiniq fikrlay olmaslik ehtimoli juda katta. Shu sabab ham bunday holda qaror qabul qilmaslik kerak.

Ammo men savollarga javob topishim kerak edi.

O'zi nima bo'lgan edi? Suvga tushdim, suzishni boshladim, sovuq his qilganim yo'q, ammo nafas olishni boshqara olmadim. Nafas olishda ritm yo'q, uni to'g'rilash uchun harakat qildim, chalqancha yotdim, harakatdan to'xtab ham ko'rdim. Yo'q, nafas olish juda tez edi, keyin bosh aylanish boshlandi. To'lqin ko'p bo'lgan suvda suzayotgan vaqtda bosh aylanishi bu yaxshi belgi emas. Davom ettirish ahmoqlik edi. Davom ettirish injiqlik. Qaror = taslim bo'lish.

Ammo qaror to'g'ri bo'ldimi? Balki qo'rqoqlik qildim?

Savollar ko'p.

Jismoniy ko'rsatkichlarga qarasam, bu masofani men tugata olishim kerak. Ammo oldin hech qachon triatlon qilmaganman. Ekstremal u yoqda tursin, eng qisqa masofasini ham qilmaganman.

"O'zingga juda yuqori ishonib yuborgansan!" degan fikr va o'zimga bo'lgan shubha paydo bo'lishni boshladi. Ochiq suvdan qo'rqishniku gapirmasa ham bo'ladi.

Bu savollarga tezroq javob topish zarur edi.

Kecha yo'l yurib uyga keldim, oilamni ko'rib hursand bo'ldim. Bugun o'sha masofani bosib o'tishga qaror qildim.

1,9km ochiq suvda, +14 gradus
105km velikda, 700m ko'tarilish
21km yugurish

Yolg'iz, hech qanday tashqi yordamsiz (ovqat va suv o'zim bilan), muxlislaru qarsaklarsiz, finish chizig'i yo'q, medal yo'q.

Maqsad, "o'zi jismonan tayyormiding?" degan savolga javob topish edi.

Bu aslida yaxshi yo'l emas. Closing by simulation deyiladi. Emotsional travmani unutishga simulyatsiya orqali harakat qilish. Xavfi - agar uddasidan chiqa olmasam, shubha yanada ortadi va travma kuchayadi.

Ammo riskni oldim. Sababi tunda tinch uxlashim va oldinga qarab yurishim uchun. Yagona talab past tempda harakat qilish, ya'ni men zona 2 dan oshmasligim zarur edi. Sabab travma oldini olish va ertaga davom eta olish.

Barchasini belgilangan vaqtda bemalol o'ta oldim. Suzishdan keyin velikni mashinadan ol, g'ildiragini qo'y, keyin ol, yana mashinaga sol va hok. Shu kabi ortiqcha harakatlarga vaqt ketgan bo'lsa ham ulgura oldim.

Mental jihatdan ijobiy ta'sir etuvchi omillarni olib tashlash uchun 600m uchburchakni 3+ marta suzish, velikda bir tomon 3,5km bo'lgan yo'lda 15 marta borib kelish, yugurish uchun har doimgi tanish yo'l (asfalt+o'rmon).

Jami vaqt 7 soat 50 minut. T1 ga 17 minut, teshilgan balonni tuzatishga 10+ minut, T2 ga 15 minut. (rasm izohlarda)

Sarflangan kaloriya: 4550kcal
suzish - 550kcal
velik - 2400kcal
yugurish - 1600kcal


Iste'mol qilingan kaloriya: 2587kcal
suzish - 200kcal
velik - 1348kcal
yugurish - 1039kcal

Kaloriya defitsiti: 1963kcal

yo'qotilgan suv - 6,2litr
ichilgan suv - 5,1litr

Kofein: 300mg

Zona 1+2 (asosiy fokus)
suzish: 30+12 min
velik: 75+90 min
yugurish: 74+18 min

Jami vaqt zonalar bo'yicha
Zona 0: 161 min (34%)
Zona 1: 179 min (38%)
Zona 2: 120 min (25%)
Zona 3: 10 min (2%)

Xulosa:
- jismoniy jihatdan tayyor eding

- katta ehtimol bilan sovuq suvga tayyor emas eding!

Taxminiy mexanizm: sovuqda shok+gipotermiya -> taxipnea+panika+giperkapniya -> cho'kish hissi ->taslim bo'lish

Yana bir tahmin: kofein kamaytirish sababi

Umumiy xulosa: oldingdagi vazifani yetarli darajada tahlil qilmagansan va tayyorlanmagansan! O'zingga shubha qilishga asos yo'q. DNF bu mag'lubiyat emas. Bu shunchaki ma'lumot. Uni amalda qo'llash orqali bilim olding. Keyingisi sari!


Bek Olimjon
04.07.25
Eidsvoll,
Norvegya
1
Yangi loyihalarga tayyorgarlik koʼrilar hammani bepul kurslar kutmoqda!
8🔥8👍4🏆1🤗1
Hamma aktiv boʼlib tursin!
🔥18🥰3👏21👍1🤓1
Live stream finished (38 minutes)
2025/07/10 22:45:15

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: