Telegram Web Link
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

👨🏻‍🎓 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

📱 Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

🔹 55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
🔹 35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
🔹 33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ Test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi

📹 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazildi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ldi.

🖥 Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalaridan foydalanildi. Buning natijasida boshqa bir shaxslarning abituriyentlarning o‘rniga test sinovlariga kirishining oldi olindi.

🔖 Oldingi yillarda kimyoviy elementlar davriy jadvali va fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” berilgan bo‘lsa, joriy yilda ular bilan birga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berildi.

📋 Shuningdek, abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida kimyo, fizika va matematika fanlarida har bir test topshirig‘idan so‘ng misol ishlash uchun ma’lum miqdorda joy qoldirildi. Natijada abituriyentlarga hisob-kitob talab etiladigan misollarni test topshiriqlari kitobining oxiriga ko‘chirib, ishlash o‘rniga shu yerning o‘zida ishlash imkoniyati yaratildi.

Joriy yilda yaratilgan qulayliklardan yana biri ilk bor eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar uchun test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

🔸 39 962 nafari — davlat granti;
🔸 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

👨🏻‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

🔸 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar3,2 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari1,9 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar379 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Talabalik - oltin davrim!

Bu gaplarni har kun eshitamiz:
👨‍🎓 Kirsam maylimi?
👨‍🏫 Kimni darsi?
🤔 Qanaqa ekan?
💸 Olarkanmi?
🖊 Kimmi ruchkasi bor?
📝 Manga ham ber yozishga?
📆 Bugun sana nechchi?
😴 Tur uxlama
🕖 Soat Nechi bo'ldi?
📲 Telefoningni berib tur.
💳 Stipendiya tushibdimi?
💵 Staristaga pul berdingmi?
💵 Kantrakt masalasi bo'yicha yuribdi
📚 Mexanika? Bu endi bitta alohida dunyo
😜 Tankasi borlar beshga yopadi
😐 Bu sessiyadan o'qiyman
🤨 O'rtoq man ham stipendiyani kutib yuribman ilojim yo'q
😔Uni darsiga kirmaylik
Raport yozolmaydi o'ziga minus keladi...


📩 Barcha talabalarga yuboramiz.

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
Odam tanasini institutga oʻxshatganimizda qanday boʻlardi

Talabalar - eritrotsitlar(juda koʻp ular)😁😁😁

Zam Dekanlar - qon(hamma ishni ular bitiradi...)😉😉😉

Dekanlar - Jigar (hech kim bilan ishi yoʻq, tepaga qonni toza qilib oboradi doim)😎😎😎

Oʻqituvchilar - Qoʻl-oyoq (ular boʻlmasa bilim olinmaydi)😘😘😘

Prorektorlar - Koʻr ichak(borligi nima yoʻqligi nima)😂😂😂

Rektor - " " (oʻzingiz tushundingiz a)

#hazil

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring😁)

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
#Talaba

U ertalabdan kechgacha telegramda o'tirib IELTSdan 9 olishni o'ylardi🤣

Instagram va Tik-Tok dan video yuklovchi bot:👉
@IzlangBot

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
​​​​Juda ko‘p kitob o‘qishning 4 usuli

Kitob o‘qish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday bo‘lsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Agar kitob yoqmasa, o‘qimang

Siz ham qiyinchiliklar oldida bo‘yin egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yoqmagan bo‘lsa, o‘qimang va buning uchun o‘zingizni ayblashni bas qiling.

Har bir bo‘sh daqiqadan foydalaning

Yozuvchi Stiven King muallif sifatida o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qishda deb biladi va sizga ham kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa, yozuvchi bo‘lishni xohlasangiz. Uning o‘zi uydan kitobsiz chiqmaydi va hamma joyda o‘qiydi.
Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.

Rejalaringiz haqida gapirmang

Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qo‘ying, lekin bu haqda boshqalarga aytmang.

Qog‘oz kitoblarni o‘qing

Qog‘oz kitoblarni o‘qish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob o‘qishda biz ko‘pincha internetga kiramiz va o‘qishni tashlashga majbur bo‘lamiz.
Qog‘oz kitoblarni esa qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi

Tarix
va geografiya fanlaridan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

🗺 Geografiya fanidan:

🔹 test spetsifikatsiyasi;
🔹 namunaviy test topshiriqlari;

🏛 Tarix fanidan:

🔹 test spetsifikatsiyasi;
🔹 namunaviy test topshiriqlari.

📆 Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor 2023-yil 21-may kuni o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-mayga qadar my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
⚡️ IELTS imtihonida yaxshi natija qayd etganlar imtihon pulini onlayn qaytarib olishlari mumkin

Xorijiy tillar bo‘yicha jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilishi haqida avval ma’lumot bergandim (1, 2). Hujjat topshirish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Endi Xalq banki bilan hamkorlikda yoshlar uchun yana bir qulaylik ishga tushirildi. Bu haqda Alisher Sa'dullayev xabar bermoqda

Imtihon xarajatlari kompensatsiyasi uchun tasdiqnoma olgan yoshlar endi Xazna mobil ilovasi orqali imtihon pullarini onlayn qaytarib olishi mumkin. Buning uchun hech qayerga borish shart emas, ovoragarchilikka esa hojat yo‘q — barchasi onlayn.

Yuklab oling: iOS | Android

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
​​Ota-ona farzandlarining ko‘z o‘ngida hadeb televizor ko‘rib o‘tiravermay, kitob o‘qib tursa, bolalar ham kitobxon bo‘ladi

Ularga qilinadigan sovg‘alar ichida ham albatta kitob, daftar-qalamlar bo‘lishi kerak. Ularni o‘zlari uchun kiyim tanlashga o‘rgatganimiz kabi kitob olishga ham o‘rgatishimiz darkor. To‘y-ma’raka, bordi-keldilarga qunt qilganimiz kabi bolalarga ham kitob xususida va’dalar berib, ularni amalga oshirishimiz kerak. Ota-ona har kuni ma’lum paytda oila davrasida kitob o‘qishni yo‘lga qo‘yishi lozim.

Bolalarga o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni tayinlab berib, keyin undan imtihon olib, kundaligiga baho qo‘yib, muvaffaqiyatlari bilan qutlab, sovg‘alar ulashish juda ham muhim.

Bularning barchasida izchillik talab qilinadi.

© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
Bugungi testdan avval shu duolarni o'qing va yodlab oling!

🤲 “Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin”.
(Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh)


🤲“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”.
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.


🤲“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”.
Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.


🤲“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

Ha aytgancha, avgust oyida imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta “Oyatal kursi” o‘qiladi.

O'ylaymizki, siz uchun foydali bo'ladi. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!↗️

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

📎 Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

📎 Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

📎 Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

📎 Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

📎 Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KITOB – qisqa mitrajli film

Beextiyor bizni fikrlashga undaydigan film. Bizga behisob bilimlar bergan, dunyo kashfiyoti hisoblangan kitoblarni biz qay darajada e'zozlayapmiz?

@DTMAXBOROTI 👇🏼👇🏼

https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
https://www.tg-me.com/+yP4aGBt9LyA3ODFi
⚡️Milliy sertifikat imtihoni 14-mayga koʻchirildi

💻 Roʻyxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari referendum sabab 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

👉 @DTMAXBOROTI
2025/07/01 06:19:05
Back to Top
HTML Embed Code: