#Rasmiy_munosabat

✍️Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Toshkent shahar Yashnobod tumani Shirinobod mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning balkon qismidan chiqindilarni pastga (uy hovlisiga) tashlanganligi mazmunida xabarlar tarqaldi.

☘️Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Yashnobod tumani bo’limi inspektorlari tomonidan Shirinobod mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan pastga tashlanayotgan chiqindilar bo’yicha mas’ul shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu holat yuzasidan jarimaga tortilishi haqida MCHJ rahbari telefon orqali ogohlantirilib, Yashnobod tuman Ekologiya bo‘limiga borishi haqida tushuntirildi.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

🌐Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
#fuqaro_murojaati

✍️Toshkent shahar Uchtepa tumani 12-mavze 27-uy oldida avtoturargoh tashkil etilganligi oqibatida daraxtlar yo’q qilinayotgani haqida fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan edi.

Ushbu holat Uchtepa tumani inspektorlari tomonidan o'rganilganda, fuqaro S.M belgilanmagan tartibda o’ziga shaxsiy avtoturargoh qilayotgan vaqtida, hududdagi daraxtning ildiz qismiga shikast yetkazgani oqibatida daraxt yon tomonga egilib qolgani ma’lum bo’ldi. Fuqaro S.M ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 79-moddasiga asosan 8.500.000 so’m miqdorida jarima belgilandi va atrofni ko’kalamlashtirish maqsadida daraxt ekishi kerakligi tushuntirildi.

🌳Shuningdek, hududdagi bir tup daraxt aholiga xavf solayotgani bois jamoatchilik fikri bilan ushbu daraxtni zudlik bilan kesish ishlari tashkillashtirildi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Ish eko Uma
#Rasmiy_munosabat

📌Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Shayxontohur tumani Zulfiyaxonim ko'chasida daraxtlar atrofi beton bilan qoplangani haqidagi xabar berilgan edi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Shayxontohur tumani inspektorlari tomonidan ushbu holat bartaraf etildi. Daraxtlar atrofidagi beton qoplamalar olib tashlandi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📍Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Uchtepa tumani 12-mavze 2-uy yon tomonidagi daraxtlarning tag qismi beton qoplamasi bilan qoplanganligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Uchtepa tumani inspektorlari tomonidan bartaraf etildi. Daraxtlar atrofidagi beton qoplamalar olib tashlandi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
#Rasmiy_munosabat

💬 Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bratislava ko'chasidagi Do'stlik bog'i oldidagi, gul bozori joylashgan joyda, quruvchilar o'z devorini ko'chirishga harakat qilmoqda. Ko'p yillik daraxtlar joylashgan maydonni egallab olishmoqda, ular allaqachon ko'p asrlik chinorlarni kesib tashlashga ham ulgurgan ko‘rinadi, nega eko inspektorlarimiz bu holatga jiddiy qarashmaydi?
mazmunida xabar berildi.

Avval xabar berganimizdek, holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani bo’limi tomonidan o’rganilgan. Ushbu joyda sug'orish tizimi shikastlangan va ishlamay qolgan qismini to'g'irlash maqsadida yerning yuza qatlami qazilgan. Daraxtlar atrofiga o'rnatilgan temir qoziqlar olib tashlangan. U yerdagi daraxtlarga shikast yetmagan va qonun buzilish holati aniqlanmagan.

🍀 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/16 12:54:02
Back to Top
HTML Embed Code: