Telegram Web Link
#Qabul_2025

Vazir test sinovlariga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi


14-iyuldan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha hududlarda oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.


Ushbu muhim jarayonga tayyorgarlikni o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahridagi bir qator test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarga tashrif buyurdi.

Vazir quyidagi joylarda tayyorgarlik holatini shaxsan ko‘zdan kechirdi:

📍 "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasi
📍 "Yoshlik" sport majmuasi
📍 O‘zbekiston Milliy universiteti sport zali


Toshkent shahrida 115 800 nafardan ortiq abituriyent test jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari sinovlarni adolatli, shaffof va xavfsiz o‘tkazishga qaratilgan. Vazir tashrif davomida binolarning texnik va sanitar holati, abituriyentlar uchun qulayliklar, xavfsizlik choralari bilan tanishdi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

❗️Eslatma: Abituriyentlar test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari shart.

Abituriyentlarimizga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
150🔥12👍5👏5
Joriy yilning iyul oyida Toshkent va Farg‘ona hududlarida ayrim fuqarolar, jumladan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar tomonidan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy, pora evaziga kiritib qo‘yishga urinish holatlari aniqlanib, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.


Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakatlar bo‘lib, bunday noqonuniy urinishlar butun oliy ta’lim tizimiga dog‘ tushiradi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori bo‘lib, ta’lim sohasida bunday jirkanch holatlarga mutlaqo toqat qilmaydi. Ayniqsa, bunday holatlar davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan halollik va adolat tamoyillariga zid bo‘lib, jamiyatda ishonchsizlikni yuzaga keltirish xavfini tug‘diradi.

Hurmatli o‘qituvchilar va soha vakillari!
Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas. Har bir pedagog bu muqaddas kasb ortida yurt kelajagi, inson taqdiri turganini chuqur his qilishi kerak.

Oliy ta’lim tizimidagi har bir rahbar va xodim korrupsiyaga qarshi shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada faqat qonun doirasida faoliyat yuritishi shart.

Barcha abituriyentlarga shuni qat’iy bildiraman: hech kimning sizni pora evaziga oliygohga kiritishga haqqi yo‘q! Siz faqat o‘z bilimingiz orqali adolatli tanlov asosida talaba bo‘lishingiz mumkin.

Vazirlik barcha ta’lim muassasalarida ochiqlik, shaffoflik va adolatli raqobat muhitini mustahkamlash, bu kabi holatlarga barham berish yo‘lida ish olib boradi.
Huquqbuzarlikka qo‘l urgan shaxslar qonun oldida javob beradi va ularga muqarrar jazo qo‘llaniladi.

Q.Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
40👍26🔥20😁12👏7
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!

Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.

Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.

Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.

Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥10963👍47👏14😁12
2025/07/13 21:02:24
Back to Top
HTML Embed Code: