Telegram Web Link
#XizmatSafari #Vazir #Qashqadaryo

Vazir: Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari Qashqadaryoning barqaror rivojlanishida faol ishtirokchiga aylanishi kerak!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatidagi oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashib, ular oldiga aniq vazifalarni belgilab berdi. Uchrashuvda taʼlim va ilm-fanning hududni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishdagi roli, bu boradagi aniq chora-tadbirlar va istiqbolli yoʻnalishlar keng muhokama qilindi.

Yirik korxonalar va iqtisodiyotning drayver sohalari bilan “taʼlim – fan – innovatsiya” integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish kerakligi qayd etildi. Yigʻilishda, shuningdek, Qarshi va Nishon tuman hokimlari oʻrinbosarlarining innovatsion rivojlanish boʻyicha hisobotlari eshitilib, kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62881

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥95👍3🤔1
#TalabaEkspo_2025 #Samarqand #taqdirlash

"TalabaExpo – 2025": Samarqandda bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida Samarqand davlat, Samarqand davlat tibbiyot, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis hamda Samarqand davlat chet tillar institutlari bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari, yaqinlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Diplomlar bitiruvchilarga oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Ushbu unutilmas lahzalar yoshlar hayotida muhim burilish nuqtasiga, ularning yangi hayot yo‘lidagi ilk rasmiy qadami sifatida yodda qoldi.

Marosim davomida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostida o‘tkazilgan turli intellektual tanlovlar – “Quvnoqlar va zukkolar”, “Notiqlik san’ati”, “Ma’rifat maydoni” kabi musobaqalar hamda fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan iqtidorli yoshlar taqdirlandi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirilib, ularning yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
17🔥4👍3
#XalqaroHamkorlik #Germaniya

Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha Istaklar bayoni imzolandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Saksoniya Anxalt federal oʻlkasi parlamenti raisi Gunnar Shelenberger bilan uchrashdi. Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida ikki tomon oʻrtasida Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha Istaklar bayoni (Letter of Intent) imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62885

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
8👏5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2025 #Samarqand #sharhsiz

Samarqand shahrida oʻtayotgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasining birinchi kunidan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍104🔥2
2025/07/14 22:08:49
Back to Top
HTML Embed Code: