#Qurolli_kuchlar #Bitiruv_marosimi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
21-iyun kuni Qurolli kuchlar akademiyasida yosh ofitserlarning tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, Vatan himoyasini o‘zining muqaddas burchi deb bilgan yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi va ularning sadoqati hamda fidoyiligini e’tirof etdi.
Marosim yakunida Mudofaa vazirligi tizimidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishdagi faoliyati uchun Qo‘ng‘irotboy Sharipov I darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori J.Tavakalov, Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Ilhomov Mudofaa vazirligining esdalik belgilari bilan taqdirlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍15❤4🔥3
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
Prezident topshiriqlari: Har bir xodim o‘z faoliyatida natijadorlikka intilishi zarur
16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning holati hamda aholining dolzarb muammolari chuqur tahlil qilindi. Ushbu yig‘ilishda ilgari surilgan vazifalarning mazmun-mohiyati va ularning dolzarb ahamiyatini vazirlik xodimlariga yetkazish maqsadida o‘quv-amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshqarib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari, boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish va fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan samarali islohotlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tamoyillarni ishtirokchilarga atroflicha tushuntirib berdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63010

❤19👍7🔥1
#Qabul2025 #Matbuot_anjumani
O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida oliy ta’limda boshlangan yangi islohotlar, qabul tartibidagi o‘zgarishlar, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlashda xalqaro yondashuvlar, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan amaliy ta’lim va talabalar hayotiga oid asosiy yangiliklar yoritildi.
Ushbu matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan jurnalistlar hamda blogerlar ham ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarini mas’ullarga yo’llab, ularga atroflicha javob oldilar.
Batafsil 👉 https://tkti.uz/uz/news/detail/ozbekilliamakazidashkent-kimyo/
👉 In English
👉 На русском
👉 Video

❤17🔥4👍3😱1