Telegram Web Link
#dayjest #kasbiy_ijodiy_imtihon #4_kun

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda. Imtihon jarayonlari bilan OTMlar rasmiy kanallarida kuzatib boring.


✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;

✔️Urganch davlat pedagogika instituti;

✔️Namangan davlat texnika universiteti;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

✔️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

✔️Andijon davlat universiteti;

✔️Urganch davlat universiteti;

✔️Samarqand davlat pedagogika instituti;

✔️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

✔️Milliy rassomlik va dizayn instituti;

✔️Samarqand davlat chet tillar instituti;

✔️Navoiy davlat universiteti;

✔️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

✔️Qo‘qon davlat universiteti;

✔️Termiz davlat universiteti;

✔️O’zbekiston milliy pedagogika universiteti;

✔️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

✔️Farg’ona davlat universiteti;

✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;

✔️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✔️Nukus davlat pedagogika instituti;

✔️Namangan davlat universiteti;

✔️Qarshi davlat universiteti;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

✔️Buxoro davlat pedagogika instituti;

✔️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

✔️Buxoro davlat universiteti;

✔️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✔️O‘zDSMI Nukus filiali;

✔️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

✔️Milliy rassomlik va dizayn instituti;

✔️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

✔️Termiz davlat pedagogika instituti;

✔️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

✔️O‘zDJTSU Nukus filiali.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍7🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍15🔥3😁1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Hurmatli abituriyentlar!


Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍3🔥1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:

👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) ASLINI va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍2🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Mustaqilligimizning 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida keng nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.


📌 Qarorga muvofiq:

➡️Bayram “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan g‘oya asosida yuqori saviyada nishonlanadi;
➡️ Maxsus Respublika komissiyasi tashkil etiladi va har bir hududda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;
➡️Tadbirlar doirasida adabiy-badiiy kechalar, ochiq muloqotlar, targ‘ibot ishlari, sport va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi;
➡️ Ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, yoshlar, fan, sport, armiya va xalqaro hamkorlik sohalaridagi yutuqlar asosiy mazmun sifatida ilgari suriladi.
➡️“Ona diyor – ranglar jilosi”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori saviyada o‘tkaziladi.

📌 Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng ko‘lamda o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🔥2🎉1
#Abituriyentga_qulaylik

Kirish imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun sinov (diagnostik) testlari ishga tushirildi


2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar diqaatiga!

Endilikda kirish imtihonlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test savollari asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi.

📚 Sinov testlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Tarix
– Matematika
– Fizika
– Biologiya
– Kimyo
– Geografiya
– Ona tili va adabiyot
– Chet tili
– Davlat va huquq asoslari
– Majburiy fanlar


Testlarni yechish orqali o‘z bilim darajangizni baholab borishingiz, qaysi fanlarda kuchli yoki zaif ekanligingizni aniqlashingiz mumkin.

🔗 Ishtirok etish uchun havola:
https://my.uzbmb.uz/service/43

📊 Test natijalari yechilgan zahoti onlayn ko‘rinishda chiqadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
9👍5🔥4
3️⃣3️⃣3️⃣ #Data_Science

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Uchinchi bosqich talabalari diqqatiga! Raqamli savodxonlik va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishni istagan yoshlarga noyob imkoniyat!

🎯Sun’iy intellekt asosida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘rganayotgan yo‘nalishingiz bo‘yicha professional mutaxassisga aylanish va kelajakda yuqori daromadga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ushbu kurs aynan siz uchun.

🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

Tanlov g‘oliblari uchun yaratilgan shart-sharoitlar:
– Toshkent shahrida bir o‘quv yili davomida tahsil olish (akademik mobillik);
– Har oy 1 320 000 so‘m miqdorida rag‘bat puli;
– O‘qish davomida issiq ovqat bilan ta’minlash;
– Noutbuk, internet, darslik va amaliy mashg‘ulotlar.


O‘quv dasturining asosiy yo‘nalishlari:
– Python, R, SQL, Power BI, mashinaviy o‘qitish va sun’iy intellekt asoslari;
– Startaplar va real muammolar uchun IT yechimlar ishlab chiqish.


Hujjat topshirish muddati:

2025-yil 10-avgust soat 23:59 gacha
Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi: www.dscience.uz


Talab etiladigan hujjatlar (PDF formatda):
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
– Transkript (GPA ko‘rsatkichi bilan);
– Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqidagi ma’lumotnoma (Hemisdan);
– Motivatsion xat (kamida 2 sahifa);
– Sertifikatlar, tavsiyanomalar (agar mavjud bo‘lsa);
– Portfolio.


Tanlov bosqichlari:

✔️Hujjatlarni baholash (onlayn);
✔️IQ testi (xorijiy tashkilot platformasi orqali);
✔️Informatika va matematika fanlari bo‘yicha imtihon (oflayn);
✔️Suhbat va taqdimot (oflayn).


Baholash mezonlari bilan tanishing:
https://telegra.ph/Baholash-mezonlari-05-22

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telefon: +998 97 177 20 22

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7🔥3
4️⃣4️⃣4️⃣ #Brifing

Bugun, soat 14:50 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalari hamda litseylarga qabul jarayonlarini tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumot beriladi.

📹 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Xitoy: zamonaviy texnik oliy ta’lim infratuzilmasi yo‘lga qo‘yiladi


Joriy yilning 10-iyul kuni Xitoyning Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.

Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong provintsiyasi hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.

Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.

Laboratoriyada universitet talabalari hamda texnikum o‘quvchilari kasbiy amaliyot va stajirovka o'tash imkoniyatliga ega boladilar yaratadi.

Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston oliy texnik ta’lim tizimini xalqaro talablarga moslashtirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri sanaladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1311🔥1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

◾️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.

🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.

🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.

🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.

Batafsil videolavhada

👉 Matn shaklida o‘qish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29👍16😱9👏4🔥1
2025/07/13 13:32:52
Back to Top
HTML Embed Code: