Telegram Web Link
#Tayinlov

Nukus davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Alisher Ubbiyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huziridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2917🤔6🔥1🎉1
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍14🔥1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 13-iyul kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2
Xorazm oliygohlarida “Dolzarb 90 kun” doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi

Joriy yil 11-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Urganch davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida keng qamrovli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida “Zakovat”, shaxmat-shashka, kitobxonlik, hunarmandchilik, IT, chet tillari, rassomchilik, arxitektura kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mashg‘ulotlarning borishi va unda talabalarning ishtiroki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Raximov tomonidan o’rganildi.

Shuningdek, oliygohlar talabalari va hudud yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va g‘oyalari tinglandi. Zamonaviy kasb-hunarlarga qiziqishni oshirish, texnologiya va san’at sohalarida salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Dolzarb 90 kun” tashabbuslari doirasida hududlarda olib borilayotgan bunday tadbir va musobaqalar yoshlar uchun har tomonlama manfaatli va samarali kechmoqda.

#Dolzarb90kun

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
11👍4🔥4👏2🎉1
#Dolzarb_90kun #Ijodiy_Imtihonlar

“Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Aziz Rizayev Buxoro davlat texnika universitetida o‘tkazilayotgan ijodiy imtihonlar va “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Maslahatchi tomonidan universitetda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy va sport yo‘nalishlaridagi faoliyatga e'tibor qaratildi. Bugungi kunda universitetda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan 50 ga yaqin fan va sport to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklar orqali talabalar qamrovi kengayib bormoqda.

Shuningdek, Aziz Rizayev Buxoro viloyatdagi oliy va kasbiy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’til vaqtida yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
10👍109😱2🔥1
2025/07/12 18:00:34
Back to Top
HTML Embed Code: