Forwarded from Masofatalim
Toshkent kimyo-texnologiya institutida bugun Qabul 2025ga bag'ishlangan yirik matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

2025-yil 20-iyun kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan jurnalistlar hamda blogerlar ham ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarini mas'ullarga yo'llab, ularga atroflicha javob oldilar.

Matbuot anjumani so'ngida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni har tomonlama yanada rivojlantirish, xususan Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilayotgan islohotlarni xalqimizga sifatli va tezkor yetkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jurnalist va blogerlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil

@masofatalim
MUSTAQILLIK MADANIYATI!

Men biznesimga doim kadrlar qidiraman va bu jarayonda biroz qiyinchiliklarga uchrayman. Bu postning yozilish sababi ham shu. Agar siz marketing ichida bo’lsangiz, bu postni oxirigacha o’qing!

Har bir xodim o‘z ishining egasi bo‘lishi kerak. Agar inson doimo o‘z vazifasi bo‘yicha rahbardan yo‘l ko‘rsatilishini kutsa, savol tug‘iladi: unda nega u bu jamoada?

Mening ish tamoyilim:

Mustaqil fikrlash
Har bir mutaxassis — o‘z sohasida ekspert darajasiga ko’tara olishi kerak. U mustaqil qaror qabul qilishi va buning uchun javobgarlik olishga tayyor bo‘lishi kerak.

Tashabbus va tajriba
Gipotezani o’zingiz ilgari surasiz — o‘zingiz sinaysiz. Vositalarni o‘zingiz tanlaysiz. Natijalarni tahlil qilib, o‘zingiz xulosa chiqarasiz.

Natijaga yo‘naltirilganlik
Agar xodim o‘zgarmasa va harakat qilmasa — demak, u qulaylik zonasida. Qulaylik zonasi esa hech qanday o‘sishga olib bormaydi.

Rahbarning vazifasi
Rahbar hamma uchun qaror qabul qiluvchi emas. U sharoit yaratadi, yo‘l ochadi, yordam beradi. Harakat — sizdan.

Intizom — erkinlikning asosi
Ha, aynan shunday. Intizom — bu yuk emas, nazorat. U sizga vaqtni boshqarish, va’dalarga amal qilish va natijaga yetishish imkonini beradi.

Xulosa: yoki o‘sasiz va javobgarlikni o‘zingizga olasiz, yoki boshqalarning loyihasida oddiy yo‘lovchi bo’lib qolasiz.

Endi bu postning “qaymoq” joyiga yetib keldik — BIZGA QO‘SHILING!

Agar siz:
• o‘z sohangizda yetuk mutaxassis bo‘lsangiz
• mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga odatlangan bo‘lsangiz
• natijaga intilib, doimiy rivojlanishga tayyor bo‘lsangiz
• mas’uliyatdan cho‘chimaydigan bo‘lsangiz —

Demak, biz aynan sizni kutyapmiz.

📱 Bog‘laning

Kuchli jamoa — buyuk natijalarning asosi.
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'qishni ko'chirish bu yil qay tartibda amalga oshiriladi?

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Batafsil videoda 👆

@EgamnazarUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 05:57:04
Back to Top
HTML Embed Code: