Telegram Web Link
Siz go'zallikni yoqtirishingiz mumkin, lekin siz faqat qalbga oshiq bo'la olasiz!!

©️Uilyam Shekspir

Telegram | Instagram | Audiokitob
Baxtsizligimga qaramay, hali ham sevgi hissini tuya olayotganim uchun minnatdor bo‘lishim kerakmi yoki la’nat aytishim?

©️Frans Kafka

Telegram | Instagram | Audiokitob
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib qoldi, — der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.


Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor,
Seni visol bog‘larida kutmagan.


Kechalaring osudadir, bir odam —
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
«Yosh Verter»ni o‘qib bir kun meni ham —
Sevarmikan kimdir deya o‘ylading.

Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.

Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...

Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orziqib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.


©️Erkin Vohidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Topsang yaxshi turmush o'rtoq,
Yaxshi bo'lar turmush, o'rtoq...


©️Xayrulla Hamidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muvaffaqiyatli insonlarda doim shu ikkisi bor: tabassum va xotirjamlik.
Muammolarni hal qilish uchun tabassum qil. Muammolarning oldini olish uchun xotirjam bo'l.


©️Stiv Jobs

Telegram | Instagram | Audiokitob
Xiyobon bag'riga otilding gulday
Va o'zing nogahon gul bo'lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko'ngilday
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog'ning o'zi...
Balki, o'xshashi yo'q ilohiy gulsan.
Sendadir sevgilim, qalbimning ko'zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.


©️Ramz Bobojon

Telegram | Instagram | Audiokitob
Negadir taqdir ikkinchi imkoniyat berishga majbur deya o‘ylay boshlaysan. Lekin yanglishasan, bekor gap. Taqdir hech kimga hech narsa berishga majbur emas.

©️Erix Mariya Remark
(Lissabondagi tun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbatni hech narsadan yaratib boʻlmaydi. Faqat Xudo yoʻqdan bor qilguvchidir.

©️Fyodor Dostoyevskiy (Aka-uka Karamazovlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hamma narsani tarbiyalash kerak. Odamlarni,buyumlarni, hodisalarni. Lekin eng oldin odamlarni. Odamlar ichidan eng oldin ota-onalar va pedagoglarni tarbiyalash zarur.

©️Anton Makarenko

Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamning qanday yolg'on gapirayotganini kuzatib o'tirishning o'zi qiziq.

©️Fyodor Dostoyevskiy (Telba) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Orzu-umid o‘lmasin zinhor!
Duo qilgin o‘ksimay sen ham.
Qorlar erib kelmoqda bahor,
Yur men bilan, ichaylik zam-zam.


©️Mahbubiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyoda bezaklar, niqoblar koʻp, oʻyin hech qachon tugamaydi. Yalangʻoch panjaralarni koʻrib qoʻrqib ketgan kishi turli dekoratsiyalardagi sahna koʻrinishlarini tasavvur qilib koʻrish mumkin. Tristan va Izolda hech qachon oʻlmagan. Romeo va Juletta ham, Gamlet ham, Faust ham oʻlmagan.

©️Abdulla Qahhor

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yoshlardagi arzon oliyjanoblik hamisha yengiltak boʻladi. Hatto hayotini ham arzon-garovga berib yuborishi mumkin— chunki qoni qaynab, kuchi oshib- toshib yotibdi, koʻngli goʻzallikka jon-jahdi bilan intiladi! Qani, ogʻir, sokin, jarangsiz, hashamsiz, gʻiybatlarga toʻla, zarracha shuhrat keltirmaydigan, ammo qurbonlik talab etuvchi oliyjanoblik jasoratini olaylik-chi. Xoʻsh, bu jasoratni tatib koʻring-chi, yoʻq-yoʻq, rad etasiz. —Yer yuzidagi barchadan nomusliroq boʻlganingiz holda jamoatga ablah sifatida koʻringan odam, qayerdasiz, —deyishga haqlimanmi?!

©️Fyodor Dostoyevskiy (Maʼsuma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar hayot abadiy bo‘lganda, unga toqat qilib bo‘lmasdi.

©️Erix Mariya Remark
(Lissabondagi tun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
U yerda Xudo va Shayton ayovsiz jang qiladi. Bu jang maydoni INSON QALBIDIR.

©️Fyodor Dostoyevskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Abadiy yoshlik siri - unutishda. Kishi faqat xotiralar orqaligina qariydi. Ba'zida unutib turish ham foydali.

©️Erix Mariya Remark

Telegram | Instagram | Audiokitob
Men uchun haqiqiy sevgi — sening borligingdir. Sening yoningda o‘zimni topaman, ammo ayni vaqtda yo‘qotaman ham.

©️Frans Kafka (Milenaga maktublar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI MUBORAK BO’lSIN!

Sizlar borsiz so'zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da'vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.


🌷Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz onalar, opa-singillar!🎉🎉

Hurmat bilan: @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faqat ishq...
Faqat ishq...
Boshqasi sarob,
Boshqasi shamolning oniy suroni...


©️Shavkat Rahmon

Telegram | Instagram | Audiokitob
Endi siz yo'qsiz, osmonda, falakda charaqlagan yulduzlardek charaqlab yurakni yoritib, to'lqinlantirib turgan edingiz. Endi so'ndingiz, orzular. Endi siz yo'qsiz. Sizni o'ylagan qiz ham endi yo'q.

©️O'lmas Umarbekov (
Fotima va Zuhra) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
2025/07/07 06:08:33
Back to Top
HTML Embed Code: