Telegram Web Link
Qachon o'zgaramiz bilasizmi?
Biz unga qalbimizdan xos o'rin bergan, osoyishta makon hadya qilgan kishilarimiz yuzimizga ursa o'zgaramiz.
Faqat o'zgaribgina qolmay, yuz yilga qariymiz..!


©️Dostoyevskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yolgʻiz qolsangiz mayli, lekin qalbsiz qolmang! Yolgʻiz qolsangiz, qalb bor yupatadigan. Qalbsiz qolsangiz, hech narsa qolmaydi...

©️Shuhrat Orif

Telegram | Instagram | Audiokitob
U kitob oʻqiydi va oʻzining kichik dunyosida tinchgina baxt topadi. U kabi qizlar dunyoni oʻzgartiradi.

©️Robert Dreyk

Telegram | Instagram | Audiokitob
Pora - haqi bo'lmagan ishni bajarish uchun ishning boshida turgan rahbarlarni harom yo'lga, g'ayri qonuniy yo'lga boshlash, to'g'ri yo'ldan ko'z yumish, nohaqlik qilishi uchun beriladigan pul yoki boshqa biron narsa. Natijada har ikki tomon harom ishga qo'l urgan bo'ladi.

©️Tohir Malik
(Halol nima-yu... Harom nima?) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alvido Ramazon

Alvido ey nuri Rahmon alvido,
Alvido ey koni irfon alvido,
Alvido ey quti iymon alvido,
Alvido ey mohi Qur'on alvido.

Chun hiloling yerga nur sochgan zamon,
Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon,
Barcha dillarga yetib amnu amon,
Chin ibodat bo'ldi har on, alvido.

Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur,
Barcha jannat boblari lang ochilur,
Yetti do'zaxning eshigi yopilur,
Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido.

Kim qudumingdan agar masrur o'lur,
Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur,
Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur,
Xushxabardir anga rizvon, alvido.

Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila,
Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila,
Kim bularni aylasa iymon ila,
Marhabo der anga Rayyon, alvido.

Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz,
Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz,
Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz,
Ayladi maqbul Mannon, alvido.

Poklagaymiz senda mulku molimiz,
Tark etarmiz senda qiylu qolimiz,
Sen­la sof o'lgay hama ahvolimiz,
Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido.

Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi,
Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi,
Tiklanar ham senda tanning sog'ligi,
Sen o'zingsan dori darmon, alvido.

Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo,
Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo,
Sen shafoatxohimiz kelsa jazo,
Do'zax o'tidin­da qalqon alvido.

Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun,
Zotan ummat umri ermasdi uzun,
Sen bila armonlari ketdi butun,
To'ldirurlar senda xirmon, alvido.

Xullas, etsam bir umr vasfing agar,
Ayta olgum minggidin birrin magar,
Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar,
Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido,

YO Ilohiy, fazlu lutf aylab ato,
Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo,
Ham umid aylar Hasan kelsa qazo,
Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido.


🌙🥰🧺 @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alvido ramazon
@Elektron_Kutubxona
Alvido, Ramazon, alvido, siyom!

📚📖@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazonni kuzatish
@Elektron_Kutubxona
O‘ttiz kunduzimga sabr yog‘di, hay,
O‘ttiz tunim ichra qadr yog‘di, hay,
Sabrim qadrlagan Ramazonimni
Yig‘lab kuzataymi, kulib kuzatay?

🥰📕@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xayr ramazon-Sardor Rahimxon

@Kutubxona_Elektron
🫴Fayzli kechalar bizni tark etmoqda..

🧺📚@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANA KЕL, EY RAMAZON!

Bilmam, ko‘ngillardan ketdimi g‘ubor,
Sening poyoningda ming nadomat bor.
Oylarning sultoni mohi Ramazaon,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ketding bu, da’volar chiqmadi tetik,
Bizni g‘olib etdi yuz minglab hadik.
Afsusda turibmiz har doimgidek,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ro‘zalar tilgamas, dilgadir ta’sir,
Taroveh ko‘ngilga bo‘lganda og‘ir.
Shamoldan tez kelib ketding-ku axir,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Qalbni toat uchun yana ochmadik,
O‘n bir oy sanqigan dardni yengmadik.
Onadan tug‘ilgan kabi chiqmadik,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Qachon bu telba dil Haqni ham anglar?!
Mog‘or bosgan ichdan ketarmi changlar?!
Ortingdan "Al-firoq" sadosi yangrar,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Faqat Robb ta’olodon so‘rabon najot,
Bizni manzil sari yo‘llar chin qanot.
O‘n bir oy ichida topmasak vafot,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Men ham saodatga yetarman bir kun,
Qalbimda yemirilar Ilohiy tugun,
Shaytonni zanjirband etmaklik uchun,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Mo‘minlar ayyomin hisoblab bo‘lgach,
Farz debon, Makkaga qilgusilar haj.
Shundan so‘ng boshlanar jami kulfat, ranj,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ramazon, biz seni yaxshi ko‘ramiz,
Yana o‘kinch bilan xorg‘in yuramiz.
Alloh nasib qilsa, kutib turamiz,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!


©️Xayrulla Hamidov

🌙🌑📖📚@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰Sizga ham bizga ham ISLOM muborak!
Qalbimiz bahori Qur'on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi...
Bayramlar sayyidi Hayit muborak!!!
♥️♥️
Allohning rahmati bir sizga bo'lsin,
Umringiz Islomning nuriga to'lsin,
Shukurkim yetkazdi ulug' kunlarga,
Ushbu Ayyomingiz muborak bo'lsin!
😘😘😘
Jannat yo'lingizda bir darak bo'lsin,
Shafoat elchisi taborak bo'lsin,
Arafa kuningiz xayrli o'tib,
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin
🥰🥰
Dunyo bir bog'dir mevasi inson,
Insonning mag'izi etiqod iymon.
Iymonga quvvatdir xur-u salovat,
Axli islom shodligi "HAYIT" muborak!
🥰🥰
Ushbu kun Allohning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo'lsin eng ezgu tilak,
Aziz musulmonlar Hayit muborak
😘🥰🥰
➥Barchani tabriklaymiz🥰
🤎 @Elektron_Kutubxona 🔝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar taqdiringiz sizni kuldirmasa, demak siz uning hazilini tushunmagansiz.

©️Gregori Devid Roberts
(Shantaram) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'nglimga xush yoqdi yomg'irli kunlar,
Har bir tomchisida farishta bo'yi.
Yomg'ir oraladim - o'radi munglar,
Hech kimsa sezmadi - yig'ladim to'yib...


©️Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zi odamlar Jannat bogʻi yerda  deganini eshitganman, lekin bunga ishonmayman. Yerda boʻlsa ham hech kim unga kirolmaydi. Ayniqsa, chayqovchilar.

©️Abdurazzoq Gurna (Jannat) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Erkak kishi yolg‘iz muhabbatga suyanib yashay olmaydi. U azbaroyi boshqa odamni deb yashashga qodir.

©️Erix Mariya Remark
(Uch og‘ayni) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Seni qamab qoʻyishlari, zanjirband qilishlari, har qanday istaklaringni haqorat qilishlari mumkin, lekin ozodligingni tortib olish qoʻllaridan kelmaydi.

©️Abdurazzoq Gurna (Jannat) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson odatda taltaygan bola kabi oʻylamay gapiradi. Biroq sal qiyinchilikka uchrab qolsa bormi, dunyodagi eng qadrli kimsa kabi hamma unga achinib qarashini xohlaydi.

©️Rizvon Oqlon (Uzoq tuzoqlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, g'oyalarni jim.
O'rtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.

Oqillar yo'lini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlug' holdir.
O'rtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni o'zidan pastlarga qoldir!


©️Xayrulla Hamidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Top-toza tomchi butun boshli ummondan a’lodir.

©️Mikoil Adiguzel (Katta Shahzoda) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
2025/07/05 15:47:18
Back to Top
HTML Embed Code: