Telegram Web Link
“Bir yoqlarga ketmaymizmi?” – dedi ayol.
“Qayoqqa?”
“Bi-i-ir yoqlarga…”
“Bir yoqlar qaysi tarafda? – dedi erkak.
– Nomi bormi bir yoqlarning?
U yoqlarga qanday borsa bo‘ladi?”
“Bilmayman, – dedi ayol.
– Faqat bir yoqlarga ketgim kelgani-kelgan"


©️Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar ikki marta oʼladi: birinchisi – nafas olishni toʼxtatganida, ikkinchisi – oʼz ismi bilan oxirgi marta chaqirilganida.

©️Ernest Xeminguey

Telegram | Instagram | Audiokitob
Erkaklar ko'pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbini tushunish qiyin deb, xasrat qiladilar. Nachora, pinhon narsani tushunish hamisha mushkul bo'ladi. Sirli narsani bilish hamisha mashaqqatli bo'ladi. Buning uchun ayol kishi aybdor emas. Qiz bola sirlarini pinhon saqlamay nima qilsin? Aslini olganda, hamma narsaning pinhoni oshkorasidan ko'ra kuchliroq bo'ladi. Balki, shuning uchun ham qiz muhabbati yigit muhabbatidan kuchliroq bo'lsa ajab emas.

©️O'tkir Hoshimov
(Nur borki soya bor) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Pulga erkalatuvchi nom beradigan mamlakatda irqchilik boʻlmaydi.

©️Erix Mariya Remark

Telegram | Instagram | Audiokitob
Lekin eng yomon tomoni shundaki, mening bu soʻzlarim qanchalar eskirib qolgan, bachkana va yengiltak bo'lmasin, baribir ularda haqiqat bor...

©️Fyodor Dostoyevskiy (Qimorboz) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bizda tirikni emas, o‘likni hurmat etarlar.

©️Javlon Jovliyev
(Qo‘rqma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Berkitadigan narsalari boʻlmagan kishilar oʻzlarini baxtli deb bilsalar arziydi.

©️Fyodor Dostoyevskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
- Qanday sezyapsan o'zingni?
- Mana, ko'rib turibsan. Daqiqa sayin o'lim yaqinlashmoqda.

©️Ahmad Lutfiy Qozonchi
(Saodat asri qissalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
- Axir, Shekspir aytgan: "Muqaddas marosimlar tantanali ravishda, to'la-to'kis ado etilmagunicha qizlik tugunini yechmang..."

©️Oldos Haksli
(Ajib yangi dunyo) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlar fikrlash tarzini o'zgartirmasdan, o'z odatlarini o'zgartira olmaydi.

©️Mari Kondo
(Sarishtalik sehri) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Urush - boshqalarning manfaatlari uchun butunlay begunoh odamlarning o'lishidir.

©️Uinston Cherchill

Telegram | Instagram | Audiokitob
Zulm va haqsizlikka qarshi kurash har bir nomusli odamning vazifasi. Mard kishi zulmga nisbatan beparvo qololmaydi!

©️Ahmad Lutfiy Qozonchi
(Saodat asri qissalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyoda oddiy odamlarning ishonchini oqlash (ayniqsa, mana shunday xalqning) va uning muhabbatiga sazovor bo'lishdan koʻra mushkulroq narsa yo'q.

©️Fyodor Dostoyevskiy (Oʻlik uydan maktublar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
To‘yish ham yoqmaydi, och qolish ham, umuman hech nima maʼqul emas hayotda!

©️Javlon Jovliyev
(Qo‘rqma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Men aminman: hayot rostdan ham oʻyin va uni ochkoʻz, surbet odamlar boshqarishadi va gʻolib boʻlishadi, shoʻrlik kaltafahm, kambagʻal, laqma odamlar esa ular uchun xoʻrak boʻladi.

©️Teodor Drayzer (Gʻolib) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot shunday oʻyinki, u aksariyat hollarda belgi qoʻyilgan kartalar va gʻirrom tashlangan soqqalar bilan oʻynaladi.

©️Teodor Drayzer (Gʻolib) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima boʻlganda ham tez-tez tabassum qiladigan ayol bilan baxtli yashash mumkin.

©️Mun Jin Yong (Koreya hikoyalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Qoʻlida miltiq tutgan odamlarning hammasi ham mergan emas.

©️Kang Sok Xi (Koreya hikoyalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot bizni chalgʻitishning doim uddasidan chiqqan.

©️Alisher Fayzullayev (Ajdar sayyorasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Qoʻyilmagan qadam hozircha sizniki, lekin qadam bosganingiz zahoti hodisa ishtirokchisiga aylanasiz!

©️Shahzod Shomansurov (Kungaboqar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
2025/07/02 04:23:17
Back to Top
HTML Embed Code: